Khalq deputatlari Olmaliq shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala kurildi.
Viloyat hokimligi khabariga kura, kun tartibidagi masala buyicha Toshkent viloyati hokimi Rustam Kholmatov maruza qilgan. Viloyat hokimi uz suzida Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yul quyilgan khato-kamchiliklarga tukhtalgan, shuningdek, rahbar odam uz shakhsiy hayotiga ham etiborli bulishi, oilasiga vaqt ajratishi, farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shugullanishi lozimligi khususida suz yuritgan.

«Bugungi kunda muhtaram Yurtboshimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda ochiqlik siyosati joriy etilgan. Hammamiz jamoatchilikning qatiy nazoratidamiz. Shuningdek, ishlayman degan odamga barcha sharoit yaratib berilgan. Mashina, yakhshigina oylik maosh beriladi.
Khabaringiz bor, yaqinda Olmaliq shahri hokimi bilan bogliq holat internetda tarqaldi. Zamon tezkor. Har qanday voqelik tez tarqalyapti. Agar u yomon, nokhush bulsa, eshitib ich-ichingdan ezilasan kishi…
Yakhshi bilasizlarki, yurtimizda kambagallikka qarshi kurash boshlandi. Yurtboshimiz BMT bosh minbaridan turib, kambagallikka qarshi kurash tashabbusini ilgari surdilar. Shunday paytda bu voqea bulib tursa, rahbarning oilasida shunday muhit bulsa, mutlaqo tushunarsiz holatdir.
Shahar hokimi qanday inson bulishi kerak? Rahbarga kup narsa bogliqligini hayot haqiqati tasdiqlaydi. Hokim shu hududning otasi.
Men Usmon Rahimovning hokimlik faoliyati mutlaqo qoniqarsiz, u ishlamadi, demoqchi emasman. Bu urinda gap rahbarning har jihatdan el-yurtga urnak bula olishi haqida ketyapti. Binobarin, muhtaram yurtboshimiz, donishmand khalqimiz rahbarning, uning oilasining kamtarlik fazilatiga qarab baho beradi», degan viloyat hokimi.

Rustam Kholmatov Olmaliq shahar hokimi lavozimiga Qobil Hamdamov nomzodini tavsiya etdi. Yigilish ishtirokchilari ushbu nomzodni qullab-quvvatlashgan.

Qobil Hamdamov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal khujalik masalalari buyicha urinbosari sifatida ishlab kelgan.
Usmon Rahimov 2019 yil avgust oyidan buyon Olmaliq shahri hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Yaqinda shahar hokimining ugli mashinani katta tezlikda haydab, videosini TikTok servisiga yuklagani, shuningdek bir guruh urtoqlari bilan katta yoshli inson va uning uglini dupposlab, bezorilik qilganiga oid voqealar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi.