Главная / Madaniyat / «Oliy talim» ugaymi?

«Oliy talim» ugaymi?

Mustaqillik yillarida barcha sohalarda bulgani kabi talim tizimida ham ijobiy islohotlarga qul urildi. Buni talim tizimini tubdan yakhshilash va rivojlantirish maqsadida Uzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan qabul qilingan va qabul qilinayotgan hujjatlarda ham kurish mumkin.

Har bir soha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi va bunday hujjatlar asosiy dasturilamal bulib khizmat qiladi.

Education concept
Education concept

Yurtimizda talim tizimi Uzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida yul quyilishi bilan bir qatorda, talimning har bir bosqichi tugrisida alohida Nizomlar qabul qilingan. Bunday Nizomlarda talim bosqichini tashkil etish tartiblari belgilangan. Bular quyidagilar:

  1. bogchalar faoliyati – Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat maktabgacha talim muassasasi tugrisida»gi Nizom bilan;
  2. maktablar faoliyati – Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy urta talim tugrisida»gi Nizom bilan;
  3. kollej-liseylar faoliyati – Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 6 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan «Uzbekiston Respublikasida urta makhsus, kasb-hunar talimi tugrisida»gi Nizom bilan;
  4. doktorantura faoliyati – Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan «Oliy uquv yurtidan keyingi talim tugrisida»gi Nizom bilan.

Etibor bergan bulsangiz, yuqoridagi ruykhatda «Oliy talim tugrisida»gi Nizomni qayd etmadik. Chunki bu nizom Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinmagan.

«Oliy talim tugrisida»gi Nizom 2003 yil 9 yanvar kundagi Uzbekiston Respublikasi Oliy va urta makhsus talim vazirining 9-son buyrugi bilan tasdiqlangan.

Ha, tugri, biz vazirlik uzidan-uzi Nizom qabul qilib olgan demoqchi emasmiz. Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-sonli qarorida Oliy va urta makhsus talim vazirligiga oliy talim tizimi uchun normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan «Oliy talim tugrisidagi nizom»ni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirigi yuklatilgan.

Lekin gap masalaning huquqiy tomonidan emas, aksincha ijtimoiy ahamiyatida. Akhir talimning eng muhim bosqichi hisoblangan oliy talimi tizimini tartibga soluvchi, uning asosiy faoliyat yunalishlarini belgilab beruvchi qoidalar vazirlik tomonidan belgilanishi bugungi kun talabiga javob beradimi? Kamida Vazirlar Mahkamasi yoki kerak bulsa Prezident tomonidan tasdiqlanishi maqsadga muvofiq emasmi?

Tasavvur qiling, biror OTM rektori Nizom talablarini buzsa, u nari borsa vazirning buyrugiga rioya qilmagan buladi, kholosmi? Lekin maktab direktori yoki bogcha mudirasi Nizom buyicha kamchilikka yul quysa, u Respublika Bosh vaziri tasdiqlagan hujjatga qarshi borgan buladi. Farqni kuryapsizmi?

Bu masalaning bir tarafi. Tanganing boshqa tomoni ham bor.

Kuni kecha uzining 29 yoshini qarshilagan «Davlat tili haqida»gi Qonunning 8-moddasidaUzbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va elon etilishi belgilab quyilgan.

Nafaqat talim tizimida, balki butun insoniyat olamida misli kurilmagan uzgarishlar yuz berayotgan bir zamonda Uzbekiston Respublikasidagi oliy talim tizimini tartibga soluvchi Nizom qariyb 15 yildirki, faqat rus tilidagi matni bilan yashamoqda. Hanuzgacha «Oliy talim tugrisida»gi Nizomning rasmiy uzbekcha varianti yuq. Shu kungacha Nizomga bir necha bor uzgarish va qushimchalar kiritilgan va usha uzgarishlar ham faqat rus tilida qabul qilinadi.

Endi bunisi necha puldan tushdi? Okhirgi paytlarda ommaviy akhborot vositalarida oliy talim tizimi, undagi kirish imtihonlari haqida kuplab tanqidiy chiqishlar elon qilinmoqda. Oliy talim tizimini tubdan isloh qilish vaqt kelgani, sohada jiddiy choralar kurilishi lozimligi bot-bot takidlanayotgan bir paytda, eng avvalo ishni asosiy hujjatni uzbekchalashtirishdan boshlash lozim.

Yuqoridagilarga kura, «Oliy talim tugrisida»gi Nizomni yangi tahrirda, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan kurinishda va asosiysi uzbek tilida qabul qilinishini taklif qilib qolamiz.

P/S: mabodo haqiqatdan Oliy talim vazirligi «Davlat tili haqida»gi qonunni hurmat qilgan holda normativ-hujjatlarni uzbekchalashtirishga kirishsa, unda 2004 yil 10 mart kuni faqat rus tilida qabul qilingan «Oliy talim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va tulash tartibi tugrisidagi yuriqnoma»ni ham uzbek tilida yangidan qabul qilishlarini surar edik. Yuz minglab talabalarga stipendiya tulash jarayonini tartibga solsayu, lekin uning uzbekcha varianti bulmasa… Galatimasmi?

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …