Главная / Sport / «Old Trafford»da turning markaziy uyini, Rossiyada Shomurodov-Ozmun tuqnashuvi. Haftaning asosiy uyinlari anonsi
<

«Old Trafford»da turning markaziy uyini, Rossiyada Shomurodov-Ozmun tuqnashuvi. Haftaning asosiy uyinlari anonsi

Terma jamoalarning navbatdagi yiginlari, qiziqarli uchrashuvlaridan sung, yana odatdagi klublar futboliga qaytyapmiz. Deyarli har kuni bizni televizor qarshisiga chorlaydigan futbol un kunligini quyidagi qiziqarli uchrashuvlar ochib beradi.

LASIO – ATALANTA (19 oktyabr, 18:00)

Sunggi yillarda ancha barqaror qatnashib, turnir jadvalida yuqori urinlar uchun kurashayotgan bu ikki jamoa bellashuvi ham qiziqish uygotishi tabiiy. «Atalanta» nihoyat, yulduzlarni etishtirib beruvchi maqomidan voz kechib, ancha kuchli va raqobatbardosh jamoaga aylandi va hatto Chempionlar Ligasida qatnashmoqda. Tugri, u erda ishlar durust emas, ikki frontda kurashish bergamoliklarga ogirlik qilmoqda, lekin A Seriyada Gasperini shogirdlari hali ham eng hujumkor uyinni namoyish etmoqda.

«Atalanta» ligada eng kup gol urgan jamoa bulib turibdi, turnir jadvalida ham faqat «Inter» va «Yuventus»dan ortda bormoqda, kholos. Lekin bu shuningdek, hozircha «Atalanta»ga kuchli raqiblar rubaru kelmayotganini ham etiborga olish kerak. Top-raqiblardan faqat «Roma» maglub etildi. Aynan oktyabrning okhiri bergamoliklar uchun sinov buladi. «Lasio»dan tashqari, uch kun utib, «Manchester Siti» mehmoni bulish kerak. Oyning sunggi kunlarida esa, «Napoli» maydoniga safar ham kutib turibdi. Aynan mana shu uyinlar «Atalanta»ning ushbu mavsumdagi maqsadlarini belgilab bersa ajab emas.

«Lasio» esa, doimgidek, uzining barqaror rejimida odimlashda davom etmoqda. Kuchli raqiblar bilan uyinda maglubiyatlar, ammo turnir jadvalining quyi qismidagi jamoalarga qarshi uchrashuvlarda imkon qadar yuz foizlik natijalar «Lasio» doim yuqori urinlarda yurishiga imkon bermoqda. Bu mavsumda ham Rim derbisida durang qayd etildi, «Inter»dan maglubiyatga uchraldi, lekin boshqa uyinlarda ishonchli galabalar bor. Rimliklar oltinchi pogonada borishyapti va etakchilardan u qadar katta farq bilan ortda qolib ketishgani yuq.

Yuqotishlar borasida mehmonlarning holati yomonroq. Utgan mavsum jamoa tupurari, bu yil ham 7 uyinda 6 gol urib, ikki marta raqiblariga golli uzatmani amalga oshirgan kolumbiyalik hujumchi Duan Sapata jarohatlangan va shu oyning okhirigacha «Atalanta»ga yordam bera olmaydi. Aleksandro Gomes va Yosip Ilichich tashabbusni uz quliga olishiga tugri keladi. Mezbonlardan esa Rikardo Kishna safdan chiqqan. Shuningdek, «Bolonya»ga qarshi uyinda maydondan chetlatilgan Lukas Leyvada diskvalifikasiya bor.

A Seriya doirasidagi sunggi turt uyinda «Lasio» galaba qozona olgani yuq, ammo sunggi uzaro uyinni alohida tilga olish lozim. Bu jamoalar utgan mavsumda mamlakat kubogi finalida tuqnash kelgandi va uchrashuv 2:0 hisobida «Lasio»ning galabasi bilan yakunlangan.

ATLETIKO – VALENSIYa (19 oktyabr, 19:00)

Mavsum oldidan tayyorgarlik uyinlari va ilk turlardagi ajoyib natijalardan sung, yangilangan «Atletiko» barchaning etiborini qozongan, ketgan etakchilarning urnini juda qisqa muddatda tuldirib, hatto kuchliroq jamoani qurgandek tasavvur uygotgan Simeone olqishlar tinmasdi. Ammo hammasi bunchalik oson emas ekan. «Atletiko» har qanday yangi jamoa singari, ayniqsa, vaziyatlar yaratishda muammolarga duch kelyapti.

Ilk uch turdagi galabadan sung, Sosedaddagi uyin boy berildi. «Atletiko» sunggi besh uyinda atigi bir marta galaba qozondi, uch uyinda 0:0 hisobi qayd etildi. Yani sunggi besh turda Simeone shogirdlari atigi 2 gol ura olishdi, kholos. Yakhshiyamki turnir jadvalining yuqori qismida barqaror uyin kursatayotgan jamoalar u qadar kup emas, mana shunday holatda ham «Atletiko» 3-pogonani zabt etgan holda, peshqadamdan atigi 3 ochkoga ortda qolayotganiga ishonish qiyin. Madridliklar bir haftada qatorasiga uch uyinni uz maydonlarida utkazadi. Hafta urtasida EChL doirasidagi «Bayer»ga qarshi uyin, keyin esa «Atletik» bilan La Liga uchrashuvi bor. Aynan shu uyinlar «Atletiko» uchun burilish nuqtasi bulsa ajab emas.

«Valensiya», usha biz bilgan beqaror «Valensiya». Londonda «Chelsi» ustidan qozonilgan galaba uz maydonidagi «Ayaks»dan yirik maglubiyat bilan almashib turibdi. La Ligada ham shu ahvol. Goh Bilbaoda ajoyib galabani guvohi bulamiz, goh «Leganes»ga qarshi uchrashuv nursiz durang bilan tugaydi. Ammo yuqorida aytilganidek, Ispaniya chempionatida barqaror jamoaning uzi yuqligi «Valensiya»ni ham atigi 12 ochko bilan bulsada peshqadamlarga yaqin ushlab turibdi. Bu uyindagi galaba bilan Selades shogirdlari «Atletiko»ga etib olishi ham mumkin.

«Valensiya»ning «Atletiko» ustidan safar galabasiga esa, ancha bulib ketdi. Ushanda mezbonlardan golni marhum Khose Reyes urgan, Forlan esa, penaltini aniq amalga oshira olmagan. Shundan ham tasavvur qilavering, ancha buldi. 2011 yil edi. Lekin utgan mavsumdagi uchrashuv juda qiziqarli kechganini eslash mumkin. Korreaning 82-daqiqadagi goli mezbonlarning 3:2 hisobidagi galabasini taminlagandi.

«Atletiko» tarkibida Diego Kosta mashgulotlarga qaytgan bulsa-da, uchrashuvda qanday formada bulishi nomalum. Shuningdek, Vrsalko, Vitolo va Savich ham safda emas. Mehmonlarning yuqotishlari esa, yanada jiddiy. Khose Gayya hali ham tarkibdan chetda. Karlos Soler, Kondogbiya va Gemeyro shugullanishni boshlagan bulishsa-da, dastlabki daqiqalardan jamoaga yordam berishlariga ishonish qiyin.

Aytgancha, har ikki klub ham kelasi haftada EChLda muhim uchrashuvlarda maydonga tushadi. Madridliklarning «Bayer» bilan uyini borligini yuqorida esladik. «Valensiya» esa «Lill» maydoniga safar qiladi.

KRISTAL PELAS – MANChESTER SITI (19 oktyabr, 21:30)

Biz bilgan top-6da hozirda «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» yuq. Ularning urnini esa, «Lester» va «Kristal Pelas» egallab turibdi. «Burgutlar» mavsumni biroz omadsiz boshlagan bulishsa-da, keyingi turlarda uzlariga kelib olishdi va bir qator uyinlarda kutilmagan natijalarni qayd etishdi. Masalan, «Vest Hem» va «Manchester Yunayted» ustidan safardagi galabalarni kupchilik kutmagan bulishi aniq.

Endi esa, Hojson jamoasi oldida haqiqiy sinov kutib turibdi. Keyingi turlarda londonliklar «Arsenal», «Lester», «Chelsi» va «Liverpul» bilan uynaydi. Bunday khavfli yurish esa «Manchester Siti» bilan boshlanadi.

Boshqa tarafdan «Kristal Pelas»ni Pep Gvardiola jamoasi uchun juda noqulay deyish mumkin. Esingizda bulsa, ikki yil oldin «Siti» uzoq vaqt yuqotishsiz borgan, aynan Londondagi uyinda ochko yuqotgandi. Hatto sunggi daqiqalarda mezbonlar penaltini aniq amalga oshirishganda, galaba qozonishlari ham mumkin edi. Utgan yilgi dekabrda esa, galaba ham buldi. Buning ustiga, «Etihad»da. Uyinni juda oson boshlab, hisobda oldinga chiqib olgan mezbonlar, kutilmaganda, uch marta jazolanishgandi.

Shusiz ham, «Manchester Siti» shunday vaziyatga keldiki, ochko yuqotishga haqqi yuq. «Liverpul» bilan farq allaqachon 8 ochkoni tashkil qilmoqda, ayniqsa, «Vulverhempton» bilan uyindagi maglubiyat juda ogriqli buldi. Markaziy himoyachilarning jarohati, shuningdek, Kevin De Bryuyne yuqligi jamoa uyiniga jiddiy tasir utkazmoqda. Kevinning ushbu uyinda ham maydonga tushishi suroq ostida turibdi. Shuningdek, Serkhio Aguero va Kayl Uoker ham kichik jarohatlar tufayli yakhshi sport formasida emas. Mezbonlardan esa, Konnor Uikhem hamda Mamadu Sako hali tuliq mashgulotlarga kirishgani yuq.

Shuningdek, terma jamoalar bilan bogliq tanaffus ham kuproq Pep Gvardiolaga muammolar tugdirishi tabiiy. Chunki «shaharliklar»ning qariyb butun tarkibi uz terma jamoalari bilan safar qilgan bulsa, «Kristal Pelas» bu kunlarda yakhshigina kuch tuplab oldi.

BORUSSIYa D – BORUSSIYa M (19 oktyabr, 21:30)

Ikki «Borussiya» urtasidagi uchrashuv doimo qiziqish bilan kuzatilgan. Hatto jamoalar yulduzlari ham umumiy. Uz vaqtida Marko Roys aynan Menkhengladbakhda tanilib, yakunda Dortmundga utgan bulsa, endilikda khuddi shu yuldan Torgan Azar ham yurdi. Har ikki futbolchi ham dortmundliklar safida sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Etakchi futbolchisini yuqotgan bulishiga qaramasdan, menkhengladbakhliklarning muvaffaqiyatli yurishi diqqatga sazovor. Mavsumni Dortmund yakhshiroq boshlagandi, ammo ayniqsa, sunggi turlarni kuchli utkazayotgan Menkhengladbakh turnir jadvalida peshqadam bulib oldi – 7 uyin, 16 ochko. Dortmund hisobida esa shuncha uyindan keyin 12 ochko bor. Demak, hatto galaba qozongan taqdirda ham, mezbonlar raqibiga etib ololmaydi. Galaba haqida aytilganida ham sabab bor, zero agar kubokni ham qushib hisoblasak, qatorasiga 8 uyindan beri dortmundliklarning quli baland kelmoqda. Menkhengladbakh okhirgi marta 2015 yilning aprelida ustun kelgandi. Shundan buyon Dortmundning tarkibi shu qadar yangilandiki, atigi 4 yil oldin maydonga tushgan jamoadan hech kim qolmadi hisob.

Jarohatlar borasida mehmonlarga havas qilib bulmaydi. Tarkibning 11 futbolchisi turli darajadagi jarohat bilan safdan chiqqan. Ulardan faqat Khulio Vilyalba va Yonas Khoffman mashgulotlarga kirishishdi, ammo qay darajada sport formasida bulishlari malum emas. Jonson, Traore, Bennetts, Shtindl, Ginter, Layner, Zippel, Shtrobl hamda Myuzel tarkibda emas. Mezbonlardan esa, faqat Lukas Pishchek va Pako Alkaserda jarohat bor.

MANChESTER YuNAYTED – LIVERPUL (20 oktyabr, 20:00)

Angliyaning eng mashhur va eng muvaffaqiyatli ikki klubi. Tarkib, uyin sifati va turnir jadvalidagi holat buyicha hozir bu raqiblar deyarli boshqa planetalarda bulishsa-da, qiziqish doirasi va afisha jihatidan hali ham APLning eng katta uyinlaridan biridir.

Sunggi oylar «Liverpul»ning yaqqol favorit ekanini kursatsa-da, bazi statistik faktlar mezbonlarda ham umid uygotadi. Masalan, «Liverpul» «Old Trafford»dagi sunggi galabasini ancha oldin, David Moyes davrida qulga kiritgan. Umuman, Angliyaga kelganidan beri Yurgen Kloppning APLdagi eng noqulay raqibi ham aynan «Manchester Yunayted» sanaladi. Nemis murabbiyi «iblislar»ga qarshi utkazgan 7 uyinining atigi bittasida galaba qozongan. Ikki uyinda maglub bulib, turt uchrashuv durang bilan tugagan. Shuningdek, «Liverpul»ning hujum triosi ham bu raqibga qarshi foyda keltirmasliklari ananaga aylanib ulgurdi. Sadio Mane uzining birinchi golini utgan yili urgan bulsa, Firmino va Saloh hali biror marta De Khea darvozasini ishgol qilishmagan.

Darvoqe, bu anana yana davom etsa kerak, chunki Ispaniya terma jamoasi uyinida jarohat olgan David bu uyinda qatnasha olmaydi. Sulsher yana Pol Pogbaning ham tarkibdan chetda ekanini aytdi. Ammo sunggi uyinlarni utkazib yuborgan Van-Bissaka va Antoni Marsiyal bu safar jamoaga yordam berishlari mumkin. Mehmonlar tomondan ham yakhshi khabarlar bor. Sunggi turda jarohat olib, terma jamoa yiginiga bora olmagan Muhammad Saloh, aytishlaricha, uyinga tayyor buladi. Shuningdek, darvozabon Alison Beker ham aynan «Old Trafford»dagi tuqnashuvda safga qaytishi ancha oldin aytilgandi. Utgan yili Mourinoni istefosiga sabab bulgan ikki golni urgan Jerdan Shakirida jarohat bor, lekin u sog bulganida ham, Klopp uning khizmatlaridan foydalanmasligi haqiqatga yaqinroq edi.

Turnir nuqtayi nazaridan, «Liverpul» uzini khotirjamroq his qilishi aniq, chunki hatto maglubiyat ham jamoani ancha ishonchli peshqadam sifatida qoldiradi. «Manchester Yunayted» esa, «khavfli zona»ga ikki ochkogacha yaqin kelib qolgani bois, yarim hazil tariqasida hatto, Chempionship mavzusi ham kutarilishni boshladi. Aynan ushbu uyindagi yakhshi natija Sulshernin pozisiyasini, unga bulgan ishonch kreditini yakhshilashi shubhasiz.

Jamoalarning «Old Trafford»dagi sunggi uyinida hisob ochilmagandi. Umuman, sunggi olti uzaro uyinning 3tasida 0:0 hisobi qayd etilganini takidlash lozim. Umid qilamizki, bu safargi uyin gollarga boy buladi.

HAFTA IQTIBOSI:

Angliyadagi katta uyin oldidan, odatiy ravishda jurnalistlar turli statistik malumotlarni keltirishdi. Masalan, hozirda tanqidga uchrayotgan va istefo yoqasida turgani aytilayotgan Sulsherning «MYu»dagi dastlabki 29 uyinida Kloppning «Liverpul»dagi dastlabki 29 uyiniga nisbatan 2 ochko kuproq jamgarilgan ekan. Kloppdan shu haqida surashdi:

«Bu vaziyatlarni taqqoslamagan bulardim, chunki men Liverpulga kelganimda, bosim yuq edi, hech kim mendan katta natija kutmas, bu qanday murabbiy bula olishim ham qorongi edi. Sulsherga qiyinroq, chunki Manchesterda u qadar sabr qilishmaydi. Lekin agar Sulsherga nisbatan klub ichkarisida shubha bulsa, notugri qilishyapti. Agar bu gaplar chetdan, masalan, jurnalistlarning fikri bulsa, ahamiyati yuq. Muhimi klub rahbarlari va Vudvord qanday fikrda ekani. Men har qanday murabbiyga uz goyalarini amalga oshirish uchun etarli vaqt berilishi tarafdoriman. Unga qanday maslahat bera olaman? Yuq, Sulsher maslahatimga muhtoj emas, u 15 yil shu klub sistemasida bulgan, hammasini juda yakhshi tushunadi. Eng yomoni kimningdir bunga sabri etmasligi. Menimcha, Sulsher uzini uzi uyidagidek his qilmoqda va vazifa oson emasligini oldindan hamma bilib turgandi».

Bonus. ZENIT – ROSTOV (19 oktyabr, 21:00)

Ayniqsa, rostovliklarning safarda SSKA ustidan ishonchli galabasidan sung, bu uyin atrofidagi ajiotaj ham odatdagidan kattaroq bulmoqda. Turnir jadvalining ikki peshqadam jamoasi uzaro orani ochiq qiladi.

Biz uchun esa, mehmonlar tarkibidagi Eldor Shomurodovni kuzatish qiziqroq. Eldor Rossiya chempionatining chinakam kashfiyotiga aylandi, «Zenit» murabbiyi Sergey Semak ham bu haqida alohida takidladi. Hujumchiga Evropadagi yakhshi takliflar borligi haqida khabarlar paydo bula boshladi, khullas, bundan keyin Shomurodovning har bir goli uning narkhiga narkh qushib boradi, desak khato qilmaymiz. Terma jamoa safidagi ikki uyindan urilgan uch gol esa, hujumchimizning ishonchini yanada oshirganiga shubha yuq.

Ozmun – Shomurodov shaklidagi osiyocha qarama-qarshilik bu uyinga qushimcha bezak bersa, ajab emas.

BOShQA UYINLAR

19 oktyabr. «Eybar» – «BARSELONA» (16:00), «Ausburg» – «BAVARIYa» (18:30), «ChELSI» – «Nyukasl» (19:00), «TOTTENHEM» – «Uotford» (19:00), «NAPOLI» – «Verona» (21:00), «YuVENTUS» – «Bolonya» (23:45), «Malorka» – «REAL» (23:55),

21 oktyabr. «Sheffild» – «ARSENAL» (23:55)

О нас

Яна маълумот

eBuSAuLkGYVF1mb6OA1GmJDzjbCiTTZs

Evro-2020 saralashi. Angliya maglub buldi, Fransiya va Turkiyada qiyin galaba

Evro-2020 saralashi doirasida A, V va N guruhlarida 7-tur uyinlari bulib utdi. A guruhida Angliya …