Главная / Jamiyat / Oqsayotgan ijtimoiy himoya tizimi: khato qaerda?
<

Oqsayotgan ijtimoiy himoya tizimi: khato qaerda?

Pandemiya natijasidagi karantin va iqtisodiy inqiroz, Sardoba fojiasi, Bukhorodagi tabiiy ofat… Bu voqealar zanjiri Uzbekiston oldida anchadan beri kundalang turgan masala – ijtimoiy himoya tizimini samarali tashkil etish muhimligini yana bir karra kursatib berdi.

YOlgiz keksalar, boquvchisini yuqotgan kambagal oilalar, yolgiz onalar, kup bolalari oilalar, nogironligi bulgan shakhslar ijtimoiy himoyaga davogar qatlam hisoblanadi.

Kun.uz mukhbiri Uzbekistonda ijtimoiy himoya tizimini favqulodda va umumiy holatda qanday tashkil etish kerakligi, bu borada qanday khatolarga yul quyilayotgani khususida ekspertlar fikri bilan qiziqdi.

«Ijtimoiy himoya khayriyaga emas, inson huquqlariga asoslanishi kerak»

Dilmurod Yusupov, Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti qoshidagi Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti:

– Uzbekistonda karantin rejimi joriy qilinishidan avval ham ijtimoiy himoya tizimi talabga javob bermasdi. Nogironlik nafaqasi, bolalikdan nogironlik nafaqasi 400 ming sum atrofida. Bu esa yashash kharajatlarini qoplamaydi. Respublikada istemol savatchasi, yashash minimumi tushunchalari hali tuliq shakllanmagani tufayli ijtimoiy nafaqalar yashash kharajatlariga mos kelmaydi.

Nogironlik nafaqasini oluvchilar mustaqil yashay olmaydi, berilayotgan pul dori-darmonning uziga zurga etishi mumkin. Shuning uchun ular oila azolarining yordamiga tayanadi. Ammo karantin davrida kupchilik uz hisobidan tatilga chiqishga majbur buldi, bu ularning oilalari daromadiga ikki hissa tasir qilmay qolmaydi.

Nogironligi bulgan shakhslar bilan ishlash Sogliqni saqlash vazirligi qoshidagi Tibbiy-ijtimoiy khizmatlar agentligi buynida. Nogironlik nafaqasini tayinlovchi tibbiy mehnat ekspertiza komissiyalari ham ularning qoshida. Ammo karantin davrida nogironligi bulgan insonlar TMEKdan qay tartibda qayta utishi mumkinligi, nogironlik muddatini uzaytirish shartlari aytilmadi. Reabilitasiya vositalari (aravacha, eshitish moslamalari kabilar) qanday etkazilishi haqida malumot berilmadi.

Pandemiya davrida nogironligi bulgan, ruykhatdan utgan shakhslarga doimiy oladigan nafaqasidan tashqari shu miqdorda qushimcha bir martalik tulovni qushib berishni taklif qilgandim. Boshqa davlatlarda ijtimoiy nafaqalar karantin davrida oshirib berildi. Lekin bunday yordam Uzbekistonda joriy qilinmadi.

Ijtimoiy taminotga muhtoj aholiga yordam kursatishda kungilli guruhlar – nodavlat-notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalarining ishtiroki bulishi kerak. Ular egiluvchan bulib, faoliyatini vaziyatga davlatdan kura tezroq moslashtira oladi.

YOrdamni tashkil qilishda nogironlar birlashmalari bilan hamkorlik yulga quyilishi kerak edi. Misol uchun, kuz ojizlar jamiyati kuzi ojizlarga  yordam qay shaklda berilishi kerakligini davlat idorasidan kura yakhshiroq biladi.

Ammo Uzbekiston boshqacha yuldan bordi. Kungilli guruhlar yordam kursatishida nokhush holatlar bulayotgani aytilib, ularning faoliyati taqiqlandi. Yagona muvofiqlashtiruvchi markaz tuzildi. Shu orqali yordam berishi tashkil etildi. Ishonch telefoniga tusha olsangiz, yordam keladi. Biroq, bilishim buyicha, nogironligi bulgan odamlarning aksariyati bu raqam bilan boglana olishmagan. Qungiroqlar juda kup bulgani uchun tezda yordam bera olishmadi.

Odamlarning muammosidan kelib chiqib, unga unikal yordam ishlab chiqish uchun vaqt, kuch ketadi. YOrdamlarinng barchasini bitta markaz orqali muvofiqlashtirmasdan, kungilli guruhlar bilan ijtimoiy hamkorlikni yulga quyish kerak edi.

Bu holatlar hukumatga ijtimoiy himoya tizimini yangidan qurish uchun turtki bulishi kerak. Muvofiqlashtiruvchi markaz faoliyatidan ham bilindiki, ehtiyojmandlarning yagona aniq ruykhati ishlab chiqilmagan. Malumotlar bazasi yagona bulishi va u yangilanib turishi kerak. Mahallalarning qulda yuritadigan ruykhatlari talabga javob bermaydi. Ijtimoiy himoyaga muhtojlarning barchasi ham bu ruykhatlarga kiritilmagan.

Takliflar:

– Ijtimoiy himoya masalasiga javobgar yagona organ yuq. Bu funksiya har khil idoralar orasida taqsimlanib ketgan. Sogliqni saqlash vazirligi nogironligi bulgan insonlarga, «Muruvvat» va «Sakhovat» uylariga qaraydi. Khalq talimi vazirligi makhsus maktab internatlari, mehribonlik uylariga javobgar. Mehnat vazirligi nogironligi bulganlarni mehnatga yunaltirish bilan shugullanadi. Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasi nogironlik nafaqalari bilan ishlaydi.

Ijtimoiy himoya buyicha yagona masul organ tashkil qilinishi va tizim bilan bogliq barcha vakolatlar unga berilishi kerak. Mazkur organda ijtimoiy ish bulimi tashkil etilishi, ijtimoiy khodimlar tayyorlash masalasi ham kurilishi darkor.

– Tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyalari faoliyati tuliq isloh qilinishi kerak.

– Ijtimoiy nafaqalar yashash kharajatlariga moslashtirilishi, buning uchun istemol savatchasi, yashash minimumi qonuniy tasdiqlanishi kerak. Nafaqa miqdori yashashning bazaviy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilishi lozim.

– Nogironlikning tibbiy modelidan ijtimoiy modelga utish lozim, yani ijtimoiy himoya khayriyaga emas, inson huquqlariga asoslanishi kerak.

– Davlat «Nogironlar huquqlari tugrisidagi konvensiya»ni ratifikasiya qilishi kerak.

Malumot uchun, BMT 2006 yilda qabul qilgan «Nogironlar huquqlari tugrisida»gi Konvensiyani MDH davlatlari orasida faqatgina Uzbekiston va Tojikiston ratifikasiya qilmagan.

«Khayriya tadbirlarini yagona aksiyaga birlashtirish shaffoflik talablariga javob bermaydi»

Aziza Umarova, davlat boshqaruvini modernizasiyalash buyicha mutakhassis, SmartGov.consulting ijrochi direktori:

– Pandemiya natijasidagi karantinda ham, Sardoba fojiasida ham Uzbekistonda ijtimoiy himoya jarayoni bir khil ssenariy asosida kechdi – davlat mustaqil khayriya tashkilotlarining faoliyatini cheklab quydi, odamlarga voqea joyida bulib, yordam kursatishga rukhsat bermadi. Buning urniga khayriya harakatlarining barchasi bir tom ostida jamlandi. Bunday tizim shaffoflik talablariga javob bermaydi. Mablaglar qaerga va nima maqsadda sarflanayotgani haqida hech kim batafsil bila olmaydi.

Bunday tizimning shaffof ishlamasligini kursatuvchi birinchi signallar allaqachon berilmoqda. Pandemiya davrida aholini qullab-quvvatlash uchun tashkil etilgan jamgarma mablaglari Oqqurgon tuman hokim urinbosari tomonidan talon-toroj qilingani haqidagi khabar ham buni tasdiqlaydi.

Bunday holat boshqa hududlarda ham kuzatilayotgan bulishi mumkin, qancha mablaglar ugirlanayotganini bilmaymiz hatto. Bunday salbiy holat vaqt utishi bilan Sardobaga yordam kursatish jarayonida ham kuzatilishi mumkinligini hech kim istisno etmaydi.

Kungillilarning khayriya, yordam harakatlarini bir joyda jamlashning urniga davlat byudjeti hisobidan kumak tizimi moliyalashtirilishi kerak. Davlat kuchi etmagan urinlardagina fuqarolik jamiyatidan yordam olishi, jamoat tashkilotlari, kungillilarni jalb qilishi, ularga manzilli yordam kursatishlari uchun imkon berishi lozim. Har holda, kungillilar hech qachon yordam uchun yuborilgan narsalarni yomgir ostiga tashlab quyishmagan bulardi, khalqning pulini chuntakka urib qolish haqida uylashmaydi.

Takliflar:

– Ijtimoiy himoya buyicha yagona masul organ tashkil etilishi kerak. U ijtimoiy taminot olishi kerak bulgan fuqarolarning yagona aniq reestriga ega bulishi darkor. Kup bolali oilalardan tortib, yolgiz keksalar, nogironlargacha – barcha malumotlar yagona reestriga kiritib borilishi kerak.

Ijtimoiy taminot tizimining samarasiz ishlash sabablaridan biri –  yordam kimga kuproq kerakligi haqida mahalla ham, bironta davlat organi ham tuliq malumotga ega emas. Har bir davlat organi uzining alohida ruykhatini mustaqil yuritadi, yagona tuliq tizim mavjud emas. Bunday organning yuqligi, ijtimoiy taminot oluvchilarning yagona reestri mavjud emasligi 1197 ishonch qungirogining yakhshi ishlamasligiga ham sabab buldi – haqiqatan yordam muhtoj odamlar har doim ham kerakli yordamni ola bilmadi.

– Masul organ mamlakatda ehtiyojmandlarga ijtimoiy khizmat kursatuvchi ijtimoiy khodimlar tizimini yaratishi kerak. Bu faqatgina pul yordami shaklida emas, inqirozli vaziyatdagi oilalarga patronaj khizmati, yolgiz keksalarni parvarishlash, etimlarning jamiyatga integrasiyalashuviga yordamlashish, mehnat muhojirlarining oilalari bilan ishlash kabilar shaklida bulishi mumkin.

Shuningdek, ehtiyojmandlarni tuliq qamrab olish maqsadida mazkur organ khayriya jamgarmalari va nodavlat-notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikni yulga quyishi kerak. Fuqarolik jamiyati institutlari ehtiyojmand oilalar bilan ishlash uchun hokimiyatlardan ijtimoiy buyurtma qabul qilgan holda, davlat moliyalashtirishiga ega bulishi mumkin.

Yangi islohot utkaza olmasak, hech bulmaganda, 2016 yilgacha mavjud bulgan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini qayta tiklash kerak. 2016 yil mart oyida vazirlikning ijtimoiy himoya vazifasi olib tashlangan, faqatgina mehnat masalalari qoldirilgandi, ammo bu funksiya boshqa masul organga ham berilmadi. Modomiki, khalqaro tajriba asosida, 21-asr talablariga mos keladigan tizimni ishlab chiqa olmasak, eski sovet tizimini qaytaraylik.

«Ijtimoiy taminot tarqatilayotgan oziq-ovqatlar kurinishida emas, aynan naqd pul yordami shaklida bulishi kerak»

Dilsora Komil, jamiyatshunos, Britaniya Kolumbiyasi universiteti PhD nomzodi (Kanada):

– Davlat qonunlarida karantin davrida khalqqa yordam berish bandi kiritilmagan bulsa, davlatning odamlarga yordam berishi shart emas ekan, degan tushunchaning uz khato sanaladi. Chunki salomatlik bilan bogliq holat tufayli mehnatga layoqatsiz bulgan shakhslarga davlat tomonidan nogironlik nafaqalari va malum bir yoshga etgan aholiga qariyalik pensiyalari joriy qilinishi hammaga malum. Bu esa shunday toifadagi shakhslarning mehnatga layoqatsizlik holati davlat tomonidan kurib chiqilgani va davlat taminoti zarur, deb topilganining belgisidir.

Shuningdek, homiladorlik va tugish tatillarini ham, yosh bola parvarishi bilan bandlik holatlari va shu sababli ishlay olmaslik kabi cheklangan imkoniyatlarni davlat tan oladi va bu toifadagilarni iqtisodiy jihatdan qullab-quvvatlash uchun etarli sabab deb biladi.

Karantindagi insonlarni nogiron yoki pensiya yoshidagi, mehnat qilish imkoniyati cheklangan insonlar bilan bir qatorga quyish imkonsiz emas, chunki ularning mehnat faoliyatlarini amalga oshirishga tusqinlik qiladigan ichki siyosiy holat davlat tomonidan majburan urnatilgan.

Ushbu ulchovlar borligini hisobga olgan holda, aholining ishga yaroqli qismiga, huddi ishga yaroqsiz qatlamlari kabi tulanadigan miqdorda ijtimoiy nafaqalar bilan qullab-quvvatlashni joriy etilishi mantiqan tugri bulardi.

Mehnat qonunchiligiga murojaat etilganda ham, majburiy ravishda ishdan bushatilgan ishchilarga belgilangan muddatda, mehnat qonunlariga asosan oylik kirimlarining malum bir qismini, malum bir muddatda talab qilishga haqli buladilar.

Ammo, Uzbekistonda mehnat qonunchiligiga asoslanib ijtimoiy yordam joriy etish juda qiyin. Chunki aholining katta qismi davlat qonunlaridan imtiyoz oladigan rasmiy sektorda mehnat qilmaydi.

Davlat qonunlarida karantin vaqtida aholini ijtimoiy taminoti qonunda kuzda tutilmagan deydigan shakhslar, davlatlar favqulodda holatlarda mavjud qonunlardan hamda kup urganilgan siyosiy va iqtisodiy mantiqdan kelib chiqib qarorlar qabul qilishi lozimligini tushunishlari juda muhim. Demak, siyosiy va huquqiy mantiq karantin tufayli ishsiz qolgan har bir fuqaro davlat qaramogida bulishga haqli ekanini kursatadi.

Takliflar:

– Ijtimoiy taminot tarqatilayotgan oziq-ovqatlar kurinishida emas, aynan naqd pul yordami shaklida bulishi va oziq-ovqat taminoti qushimcha yordam sifatida tarqatilishi mumkin.

– Aholiga berilayotgan yordam masalasida urnatilgan tartiblar talabga javob bermaydi. Bugun Uzbekiston uz fuqarolarining kundalik ehtiyojlarini qoplash uchun iqtisodiy taminot masalasini qonun doirasida qayta kurib chiqishi kerak.

– Taminot shakli va usuli qatiy soddalashtirilishi lozim. Uzbekistonning barcha turdagi boyliklari va boshqa maqsadlarga muljallangan mablaglari bugun khalq ehtiyoji uchun sarflanishi zarur.

О нас

Яна маълумот

uH1YB77CSVKXNoocvl81EUWqU6ggplOb

Uyda davolanayotgan bemorlar uchun makhsus mobil guruhlarning vazifalari belgilandi

2 iyul kuni «Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash va kasallik tarqalishini oldini olish borasida …