Главная / Madaniyat / Odamlar va odamgarchilik

Odamlar va odamgarchilik

odamlarOdamgarchilik, kishilarning bir-birlariga beminnat mehr-oqibat kursatishi khalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Ajdodlarimiz hech kachon birovga kuz-kuz qilish uchun yakhshilik kilishmagan.

“Utkunchilardan biri”

Ulug adibimiz Abdulla Qodiriyning “Utkan kunlar” romanini yaqinda qaytadan uqiyotib, bir jumlaga kelganimda, beikhtiyor sergaklandim. Nega ilgari shu joyiga diqqat qilmagan ekanman. Esingizda bormi, Otabek Toshkentdan uylanib, Margilonga borgan chogida, sokhta khatga ishongan qaynotasi uni uyiga kiritmay, eshik oldidan quvib yuboradi.
U Qutidorning eshigi yonida turgan paytda otini kuchada echiq qoldirgan edi. Majhul kayfiyatda qaytib otga minayotganida ot yurmaydi. Shundagina “…boya yurib ketgan otini utkunchilardan biri boglab ketganini esladi”.
Bir qaraganda oddiy holat: Notanish bir kimsa utib ketayotib, egasi echiq qoldirgan otning qochib ketmasligi uchun uni tolga boglab ketgan. Usha odam ehtimol Otabekni ham, Qutidorni ham tanimagandir. Otabek unga rahmat aytmagan, uz navbatida usha notanish odam bu ishi uchun hech qanday minnatdorchilik kutmagan. Shunisi aniqki, u – uz yurtdoshimiz, millatdoshimiz.

Eshik ortidagi bush chelak

Qadimda dehqonlar polizning atrofini chetan devor bilan urasalar-da, bir chetini atayin buzib quyishgan: utgan-qaytgan kirib shu poliz hosilidan bahramand bulsin uchun. YOkhud, uyda erkak kishi bulmaganda, ayollar suv keltirish uchun tashqari chiqishmagan, balki bush idishlarni darvoza oldiga chiqarib quyishgan. Yulovchilar bu holatni darrov tushunib idishni suvga tulatib ketishgan.
Qizig-a, yulovchilar uzlari tanimagan, bilmagan khonadon bekasi uchun yakhshilik kilib ketishadi. Uy bekasi ham idishi suvga tula turganini kurib, bu ishni kim qilganini bilmasa-da, uning haqiga duo qiladi. Mana sizga odamgarchilikning eng sodda va yorqin ifodasi.

“Ung quling kilgan ishni chap quling sezmasin”

Nega misollarni nuqul tarikhdan qidiryapmiz? Hozir bu fazilatlar kamyob bulib boryaptimi? Yuq. Oqqan ariq oqmay qolmaydi. bu qadriyatlarimizni ezozlab, el-yurtning duosini olib kelayotgan yurtdoshlarimiz kup.
Bir tadbirkorni bilaman. Ishning kuzini biladigan odam. Khayr-sakhovatni uziga pesha kilgani uchunmi, ishi tobora rivoj topib boryapti. Yaqinda shu kishi uzi ukigan maktabni kapital tamirdan chiqarib berdi. Mahallasidagi shifokhonaga har yili katta miqdorda yordam kursatadi. Har yili Navruz, hayit bayramlari arafasida katta tuy berib, tumandagi yigirma-yigirma beshta kam taminlangan oilalarnig bolasini sunnat qildiradi. Boquvchisini yuqotgan, nogiron va keksalar hamisha uning etiborida.
Men uning ezgu ishlari haqida juda kup marotaba maqola yozmoqchi bulib borganman. Har gal meni yuldan qaytaradi:
– Hojati yuk, qilayotgan ishlarimni quz-kuz qilishni yoqtirmayman. Men bu ishlarni birovlarga maqtanish, riyo uchun emas, vijdon amri bilan qilyapman. Iltimos, men haqimda aslo yoza kurmang!

Gusht suyaksiz bulmaydi.

Afsuski, oramizda, birovga oqibat kursatishni istamaydigan, qildek ishini fildek burttirishga intiladigan sokhta “himmat” egalari ham yuq emas. Oddiy misol: miskin qushnisini ikkita non bilan yuqlashga yaramaydigan ayrim boylarimizning tuy-tantanalari qanday utishi ortiqcha tarifu tasvifga muhtoj emas. Sadaqa berish uchun chuntak kovlashga ogrinadigan bunday kishilar tuyu marakalarida etaklab pul sochishlarini yakhshi bilamiz. Qozon-qozon osh damlab, dunyoning etti iqlimidan keltirilgan noz-nematlar bilan dasturkhon bezatishi ham malum.
Falon ming dollarga “khizmat” qiladigan mashhur hofizlarimizning un-un beshtasini qatorlashtirib qushiq ayttirishlari ham bor gap. Bular nimadan dalolat? Albatta, kibr-havo, hoyu havasdan! Bunday dabdabayu asasasani hamma kuradi, el ogzida duv-duv gap buladi. Nochor qushnining uyiga bir kosa osh chiqarganingni kim bilib utiribdi?
Afsuski, idrok va tafakkurini ana shunday takabburona savollar egallagan kimsalarga odamgarchilik va mehr-okibatdan bahs yuritish befoyda. Bunaqa paytda keksalarimiz “uzi insof bersin-da” deb quya qolishadi. Nimayam derdik, elimizning bakhtiga uz amolini faqat ezgulikka, begaraz olijanoblikka bakhshida etgan kishilarimiz omon bulishsin.

 

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …