Главная / Siyosat / Ochilboy Ramatov: Nurafshon shahriga metro qatnovi yulga quyiladi
<

Ochilboy Ramatov: Nurafshon shahriga metro qatnovi yulga quyiladi

Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahri Toshkent shahri bilan metro orqali boglanadi. Bu haqda bosh vazirning birinchi urinbosari Ochilboy Ramatov Toshkent viloyati hokimligi majlislar zalida utkazilgan yigilishda aytib utdi.

19 fevral kuni Nurafshon shahrida – viloyat hokimligi majlislar zalida Uzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sherzod Kudbiev, Bosh vazirning birinchi urinbosari Ochilboy Ramatov, Bosh vazir urinbosari Jamshid Quchqorov ishtirokida yigilish utkazildi.

Yigilishda davlat rahbarining Toshkent viloyatiga utgan yil iyun oyida qilgan tashrifida berilgan topshiriqlarning ijrosini borishi, hududni 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar buyicha dastlab Prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiev suzga chiqib, davlat hokimiyati organlari rahbarlari, eng avvalo, khalq ishonchi va mehrini qozonishi shartligi, bu – ularning faoliyatiga baho berishning eng asosiy mezoni ekanini takidladi. Prezident maslahatchisi, shuningdek, topshiriqlar natijadorligi buyicha boshqa ustivor jihatlarga alohida tukhtaldi.

Yigilishda tashkiliy masala kurildi – Toshkent viloyati hokimiga ikkita yangi urinbosar; Toshkent viloyati Mahalla va oilani qullab-quvvatlash boshqarmasi boshligi, uning urinbosarlari tayinlandi.

Kun tartibidagi masalalar buyicha Bosh vazirning birinchi urinbosari Ochilboy Ramatov nutq suzladi. U davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarning ijrosi yuzasidan hududlar kesimida fikr bildirdi. Viloyatning mamuriy markazi – Nurafshon shahrini zamonaviy shaharsozlik andozalariga mos ravishda barpo etishda yul quyilayotgan kamchiliklar, sustkashliklar, ularning sabablari yuzasidan uz mulohazalarini bayon qildi.

«Yaqin istiqbolda Nurafshon shahriga metro qatnovi yulga quyiladi. Shuningdek, infrastrukturani rivojlantirish masalalari buyicha ayni paytda viloyat hokimligi bilan qatiy ish olib borayapmiz. Ichimlik suvi, yul qurilishi, kommunikasiya va kanalizasiya tarmoqlarini qurish buyicha katta hajmdagi ishlar jadal davom etmoqda», deya Ochilboy Ramatovning suzlarini keltirmoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot khizmati.

Shuningdek, Bosh vazir urinbosari Jamshid Quchqorov suz olib, Uzbekiston milliy iqtisodiyotida Toshkent viloyatining tutgan alohida urni, nufuzi buyicha fikr bildirdi.

«Hech bir mubolagasiz aytish kerakki, mamlakatimizning milliy iqtisodiyoti – Toshkent viloyati iqtisodiyotining rivojlanishida aks etadi. Shu paytgacha davlatimiz rahbarining topshirigi va kursatmalari bilan amalga oshirilgan ishlarning maromi hudud potensialiga nisbatan olganda qoniqarli deb bulmaydi. Yangi tayinlangan rahbarlar viloyat hokimi atrofida mahkam jipslashib, ishni tashkil qilsa, uylaymanki, natija yanada yuksakroq buladi», dedi u.

Kun tartibidagi masalalar buyicha Toshkent viloyati hokimi Rustam Kholmatov fikr bildirib, hududda qonun ustuvorligi, Prezident qaror va farmonlari, topshiriqlarini suzsiz ijro etish buyicha amalga oshirilayotgan ishlar tugrisida gapirdi.

«Prezident maslahatchisi, Bosh vazir urinbosarlari, yangi tashkil etilgan vazirlik rahbarining viloyatimizga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida etibor, munosib baho berayotgani, viloyat hokimligi mamlakatimiz miqyosida eng etuk ijrochi kadrlar bilan kuchaytirilgani ayni muddao buldi. Biz Vatan, davlat rahbari, el-yurt oldida tula masuliyatni uz zimmamizga olib, viloyatni respublikamizdagi eng rivojlangan hududga aylantirish buyicha bor kuch va imkoniyatimizni safarbar etamiz», degan viloyat hokimi.

О нас

Яна маълумот

udV6lq5fNj1QeWONGMFJbEV25B1FlXek

1 apreldan qonunchilikda nimalar uzgaradi?

Toshkentda ikkilamchi bozordan uy olish huquqi, tan olinadigan fuqarolik, adliya tizimiga qaytayotgan «ZAGS», kengaytirilayotgan elektron …