Главная / Madaniyat / OTA-ONANING QADRIGA ETAYLIK

OTA-ONANING QADRIGA ETAYLIK

15373
15373

Alloh taolo Quroni karimni nozil qilib, inson zurriyoti dunyo va okhiratda saodat ahlidan bulishiga chorlovchi talimotlarni mukammal bayon qilgan: “Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat bulgan Kitob (Quron)ni nozil qildik”. (Nahl surasi. 89 oyat).
Har bir ota-ona uz farzandini barcha imkoniyatlarini sarflab ularni tarbiyalaydi va talim beradi. Ayniqsa onalar yosh gudaklari voyaga etgunga qadar kecha va kunduz tinimsiz mashaqqat chekadilar. Demak, har bir farzand buni yakhshi anglashi kerak.
Alloh taolo Quroni karimning yigirmadan ziyod oyatida ota-ona hurmati, ularga yakhshilik qilish va roziliklarini topish muhim amallardan ekanini bayon qilgan: “Biz insonni ota-onasiga yakhshilik qilishga buyurdik…” (Ankabut surasi, 8-oyat). Demak, farzand ota-onasiga yakhshi muomalada, bulishi ularning khizmatida bulishlari lozim buladi. Janob Rasuli akram (sollallohu alayhi va sallam) uz hadislarida ota-onaga yakhshilik qilish haqida shunday deganlar: “Parvardigorning roziligi ota-onaning roziliklariga bogliq. Uning gazabi ham ota-onaning no­roziligiga qarab buladi”, deyiladi. (Tabaroniy ri­voyati).

Farzand quyidagi amallarni bajarishligi zarur:

Avvalo barcha ishlarda ota-onadan maslahat olishlari;

Yakhshi narsalarni uzidan avval ota-onaga taqdim etishi;

Ota-onaning maslahat va nasihatlarini jonu dil bilan qabul qilishi; (Luqmoni hakimdan, siz nega hadeb ugillaringizga nasihat qilaverasiz? deb surashganda, “Keksalarning nasihati yoshlar uchun bogbon niholni tarbiya qilgan kabidir”, deb javob berdilar).

Ota-onaning rukhsatisiz ularning khonasiga kirmaslik;

Ularni oldida baland ovozda gapirmaslik va “uff” demaslik;

Ota-onadan oldin avval taomga qul uzatmaslik;

Ular oldilarida oyoqlarini chuzmaslik, yonboshlamaslik, ulardan yuqorida utirmaslik;

Farzand ota-onaning kungillarini topib roziligini olishi shart;

Ota-onaning oziq-ovqati, kiyim-kechagi va sogligidan uz vaqtida khabar olib turish kerak.

      Uzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 64-66-moddalarida: “Ota-onalar uz farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar” (64-modda), “Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar uz ota-onalari haqida gamkhurlik qilishga majburdirlar” (66-modda), deb yozilgan.

     Haq taolo biz farzandlarga ota-onalarni tez-tez ziyorat qilish, ulardan khabardor bulishi haqlariga duo va istigforlar aytib turishga buyurgan: “Ularga, mehribonlik bilan, khorlik qanotini past tut va (duoda) ayt: “Ey, Rabbim! Meni (ular) gudaklik chogimda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”(Isro surasi , 24 oyat). Boshqa bir oyatda esa: “Ey Rabbimiz! Hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mumin­larni magfirat qilgin!” deydi. (Ibrohim surasi, 41 oyat). Faqih Abu Lays Samarqandiy ota-ona haqqiga nozil bulgan oyatlarning tafsirida aytadilar: “Kim uz ota-onasini besh vaqt namozdan sung duo qilib yursa, demak, u ota-onasi haqlarini ado qilgan buladi”.
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu Paygamba­rimizdan alayhissalom rivoyat qiladi : “Qaysi bir solih farzand uz ota-onasining yuzlariga mehru shafqat nazari ila boqsa, Haq taolo u kishining har bir qilgan nazariga bir haj qilganning savobini bergay. Shunda sahobalar suradilar: “YO Rasululloh, bir kunda yuz marta boqsa ham, yuz hajning savobi yozilaveradimi?” Hazrat: “Albatta, Alloh taolo karami keng, ulug zotdir va ajru savoblarini yakhshi bandalaridan darig tutmagay”, deb javob berdilar.
Abdulloh ibn Umardan (roziyallohu anhu) rivoyat qilinadi: Bir kishi yiglab qolgan ota-onasini tashlab hijrat qilish uchun Nabiyning(sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kelganida, Rasulul­loh (sollallohu alayhi vasallam): “Ularning oldiga qaytgin va ularni qanday yiglatgan bulsang, shunday kuldirgin”, dedilar.
Yana bir hadisi sharifda bir kishi kelib janobi Sarvari olamdan suradi: “Ota-onam vafot etdilar. Endi ularga nima qilsam, zimmamdagi haqlarini ado etgan bulaman?” Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Ota-ona vafot etgach, farzandlarning zimma­lariga vojib ishlar, avvalo, ularga janoza namozi uqish, vaqti-vaqti bilan duoyuistigforlar aytib turish, qilib ketgan barcha vasiyatlarini ijro etish, ularga yaqin bulgan yoru dust, qarindoshlarini izzatu hurmat qilish, ota-ona tarafidan bulgan qavmu qarindoshlarga silai rahm bajo keltirish, qabrlarini ziyorat qilib turish, birovlardan qarz yoki omonat olgan bulishsa, ularni egalariga etkazish”, deb aytgan ekanlar.
Vafot etib ketgan ota-onalarning ruhlari shod buladigan amallarning eng ulugi far­zand­larning solih va qobil bulishlaridir. Agar farzand uzini yomon yullardan, gunoh ishlardan saqlab, rushdu hidoyat, toat-ibodatda yuradigan bulsa, buning savobi­dan uzi va zurriyotlarigina emas, balki utib ketgan ota-onalar ham albatta bahramand bulishadi. Rasuli akram (sollallohu alayhi va sallam) bir hadisi muboraklarida bashorat berib bunday deganlar: «Inson vafot etishi bilan nomai amoliga gunohu savob yozilishi ham tukhtaydi. Ammo uch ish bor, agar mayyit holi hayotlik vaqtida ulardan qaysi birini qilib ketgan bulsa, undan hosil buladigan sa­vob­lardan mayyitning nomai amoliga yozilib tura­veradi. Bular sadaqai joriya, foydali ilm va solih farzanddir» (Muttafaqun alayh).
Farzand zimmasida, ayniqsa, onaning haqqi ulugdir. Chunki ona farzandini tuqqiz oy qornida kuta­rib yuradi, tugilgach, bor mehri, kuch-quvvatini bagish­lab, uni boqadi, kechalari necha bor bedor bulib, taomlantiradi, oq yuvib, oq taraydi, shodligida sevinadi, gamga botsa, baravar qayguradi, quying-chi, butun borligini farzan­diga bakh­shida qiladi. Shunday bulgach, farzand bir umr ham ona haqqini ado qilaolmaydi.
Bir kuni kelib kechagina navqironlik va baquv­vatlikdan masrur yurgan ota keksayib, qaddi dol buladi. Farzandlar otala­riga chiroyli muomala qilishlari, qullaridan kelganicha yordam berishlari kerak buladi.
Ammo ayrim yoshlar bugungi kunda otalariga qupol, yomon muomalada buladiganlar, iltimoslarini baja­rish­ni “esdan chiqarib” quyadiganlar ham bor. Ularning dilini ogritadigan, uzining yomon khulqi bilan el orasida otasini qiladigan, hatto otaga qul kutarishgacha boradigan nobakor farzandlar ham uchrab turishi sir emas. Eng achinarlisi, bazi noqobil ugil-qizlar boylik va imkoniyatlari bulgani holda, otalari keksayib qolganlarida ularni ezozlab parvarishlash urniga yo qarovsiz tashlab quyishadi, yoki qariyalar uyiga junatishadi. Ayrim farzandlar kek­saygan otalarining duolarini olish urniga, aksin­cha, diydoriga zor qiladilar. Bu borada Rasu­lulloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: “Otalaringizni hurmatlab, ularga yakhshilik qilinglar, farzandlaringiz sizlarga ham yakhshilik qilishadi …”.
Solih ajdodlarimiz otalarga hurmat-ehtirom kursatishda, ularni rozi qilib, farzandlik burchla­rini sharaf bilan utashda avlodlarga ibrat va namuna bulishgan. Umar ibn Zar (r.h) aytadi: “Agar kunduzi yursam, uglim odob yuzasidan ortimda kelar, kechasi esa menga biron ozor etishidan qurqib oldimda borar, mendan yuqo­rida bulmaslik uchun hatto men turgan uy tomiga ham chiqmas edi”.
Imom Tovus (r.h)aytadi: “Turt toifa insonlarni hur­mat qilish sunnatdir: olimni, oqsoqolni, sultonni va otani. Kishining ota ismini aytib chaqirishi qupol­likdir». Azizlar, barcha ulug yoshdagi nuroniy otakhon va onakhonlarimizni doimo duolarini olishga, khizmatlarida qoim turishga kharakat qilaylik.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …