Главная / Madaniyat / OQIBAT YODNOMASI

OQIBAT YODNOMASI

kacheliInsonning qadr-qimmati nimada? Buni tuliq tariflashga urinsangiz, gapni odam bolasi boshqa makhluqotlardan mohiyatan nimasi bilan farq qilishidan boshlashga tugri keladi. Insonda shuur degan narsa bor. Arabcha bu suz anglash, sezish, fahmlash, kechinma, his-tuygu, aql, idrok demak. Boshqa jonzotlarda esa shuur yo yuq, yo sust rivojlangan buladi. Demak, inson – shuuri bilan: his-tuygulari, olijanob qalbi, yuksak ongi, sezim va kechinmalari bilan insondir.
Bundan esa shunday khulosa chiqarish mumkin: qalbi hassos, ezgulikni qadrlaydigan, guzallikka oshufta odam tuqimtabiat, dunyoga faqat semirish uchun kelgan, uz manfaatidan boshqa narsani uylamaydigan kaslardan juda-juda yuksakda turadi. Bu dunyo aslida shunday odamlar bilan obod. Asl insonlarning shuuri rang-barang tuygular manbai, aql-idrok parvozi, olijanoblik va yakhshilik bulogidir. Khotiralar esa umringning eng laziz damlari, shuuring chaqnagan damlar haqidagi esdaliklar bulib, khotira boyligi shuurning yorqinligiga dalolatdir.
Ammo afsuski, bolalik va yoshlik yillarida dunyoni ezguliklarga tulib-toshgan mavo deb bilgan aksar olijanob odamlarda ham bu khislatlar keyinroq kamaya boradi, eng nekbin kishilar ham hayotdagi qabohatlarga duch kela-kela, pirovardida ojizligiga iqror bulib, qolmishiga uning alami kuchayib, birqadar loqayd yoki injiq, kajbahs kishiga aylanib qoladi.
Insonda bunga qarshi birdan-bir immunitet, menimcha, khotira. Khotira borki, odam uzligini unutmaydi, sobit tura oladi, yakhshiyu yomon kunlaridan saboq chiqaradi, iymoni komillashaveradi. YOshlik-navqironlik damlarida kishi asosan uzi duch kelayotgan odamlar, voqea-hodisalar ichida bulib, taassurotiga turtki berayotgan manbalar girdobida charkh ursa, yoshi uta borgach voqelikdan chetlashishga, utmishini eslab, undan uzgacha saboqlar chiqarishga, ibrat olishga mayl kurgazar ekan, ortidan kelayotgan avlod – bola-chaqasi, yaqin kishilari, dildoshlarini turmushning turli «musht»laridan ogoh etishga, uzi bilgan haqiqatlarni anglatishga taraddudlanib qolarkan.
Filjumla, khotira kitoblari mana shu tariqa yuzaga keladi. Keyingi un yilliklarda necha unlab khotiranomalar nashr etildi. Ular ichida tarikhning turli davrlariga oid: II Jahon urushi veteranlari haqida, sal keyingi avlod – bolaligi ayni urush yillariga tugri kelib, zur qiyinchiliklarga bardosh berib oyoqqa turgan shonli otalarimiz tugrisida, hatto yaqin utmishda Gdlyan-Ivanovlar qutqusiga dosh berib, buhton talotuplaridan omon utgan ogalarimiz haqida, uz kasbini bir umr ardoqlab, shu soha (masalan, uqituvchilik)ning qattiq noniga qanoat qilib, bir umr halol-pok yashab utgan kishilar haqida talay yodnomalar bosilib chiqdi.
Albatta, bu kitoblarning barchasi saviya jihatdan birday emas. Chunonchi, ular orasida allaqaysi bir restoranga «shef» bulib yoki biron omborga mudir bulib utgan kishilar tugrisidagi «ejod» namunalari anchagina: quli uzun farzandi buyurtmasiga kura quli kaltaroq biron qalamkash tomonidan badiiy tuqimalarga ruju quyib bitilgan, qolmishiga bu azizlarning Yaltayu Sochilarda tushgan anvoyi suratlari tiqishtirilgan bunday yodnomalar asosan qarindosh-urug orasida tarqatishga, tanish-bilishlarga, mahalla-kuyga sovga qilish maqsadida yozilgan buladi va bu muddaoni tamomila uddalaydi. Ammo gap boshqa yoqda.
Andijonning Buz tumanida Tuychiboy Mamasoliev degan bir ijodkor yashar ekan. Tunov kuni u kishining «Yaqinlarim» degan mujaz bir kitobi tasodifan qulimga tegdi. Dastavval, boyagiday nashrlardan biridir-da, degan mulohaza sabab, khushlamaygina varaqlab kurdim. Keyin… shungib ketdim. Yuq, ushbu nashr yuksak badiiy bir asar ham, ilmiy kashfiyotlarga boy risola ham emas. Bor-yugi, bir khotiranoma. Ammo meni rom etgan jihati uning samimiyligi buldi. Muallif hech bir ohanjama qushmay, badiiy tuqimalar bilan bezamay, bolaligi utgan davr manzarasini chizadi, ota-onalari, ustozlari, quni-qushnilari haqida suzlaydi. Andijonning bir puchmogida kamtarona yashab, dunyoga tuymay utgan, ammo dunyoning turli qiyinchiliklaridan tuyib ketgan yaqinlarining – bu yorug jahondagi eng olijanob, eng halim kishilarning qiyofasini khoksorlik bilan yaratadi.
Muallifning bolaligi utgan asrning elliginchi yillariga tugri kelgan. Bu davrda, garchi urush qasirgalari tingan bulsa ham, muhtojlik, etishmovchilik hali odamlarni giribonidan bugib turar, maktabga qatnayotgan bolasiga bitta etik olib berishday arzimas narsa butun oila uchun zur muammo edi. Uzbekka khos fidoyilik, uzi emay-ichmay, bolasiga ilinish, farzand uchun har qanday mashaqqatlarni buyinga olish lavhalarini hayajonsiz va shunday ajdodlarimizdan fakhrlanmay uqib bulmaydi.
Ota, kuzi ogrib, Margilonda davolanib qaytib kelgan. Oila azolarining sevinchi ichiga sigmaydi. Kechki payt osh tula lagan endi dasturkhonga quyilgan paytda darvoza sharaqlab ochilib, kolkhoz raisi va brigadir bostirib kirib kelishadi. «Qaysi gurda eding, ishga chiqmayapsan?» deb udagaylaydi rais uy egasini bola-chaqasi oldida haqorat qilib. «Kasal edim, davolanib keldim, rais buva, mana dukhturning qogozi…» deydi ota shamgin holda. Spravkani yirtib erga otgan rais unga bir musht tushirib, «Qani, oldimga tush!» deya, och-nahor, kasal odamni sudraganday qilib opchiqib ketadi. «Dadam qurqib, ularning oldiga tushdi, – deb yozadi muallif. – Opalarim yiglab ergashishdi. Anchadan sung qaytishib, «Dadam sushilkada pakhta qurityapti», deb bizni tinchlantirishdi. Dasturkhondagi osh zaharga aylandi. Qornimiz och bulsa-da, taomga qul uzatmadik…».
Nazarimda, yuqoridagi ayanchli lavhada utgan asrning boshlarida tugilgan, zurlik bilan kolkhozga tortilgan, uz boshiga tushmagan bulsa-da, quloq qilingan, qatagonga uchraganlarning mudhish taqdiriga guvoh bulgan, hali urush, hali undan keyingi tiklanish qiyinchiliklari ichra kun kurgan jabrdiyda uzbekning bir kharakteri chizib kursatilgan. Albatta, farzandning unib-usishida onaning urni beqiyos. «Azizlarim» kitobida muallif onaizorini qumsab eslaydi, uning sodda-samimiyligini, barchaga birday mehribonligini unlab sahifalarda ibrat maqomida vasf etadi. Bu tabiiy, zero farzandning onaga soginchi cheksiz. Ammo kimning qandayligini uzgalarning unga munosabati aniqroq kursatadi. Shu nuqtai nazardan, bir lavhani etiboringizga havola qilsak:

«…Toshkentga borganimda ustozning uyiga utdim. Meni kurib khursand buldi. Utirishimiz bilan, odatga kura, onamni suradi:

– Onang yakhshimi, sogliqlari joyidami?

Nima deb javob qilishimni bilmay qoldim. Ustoz ahvolimni kurib, darhol sezdi:

– Onang utdilarmi?

Indamay bosh qimirlatdim. Ikkalamiz ham jim qoldik. Sekin bildirmay Tohir akaga qaradim. Kuzlari bir nuqtada. Meni kurmaydi, kuzlaridan yosh tomayapti».

     Toshkenti azimda, dorilfununda ishlaydigan bir olim Andijonning uzoq qishlogidagi bir kampirning vafotidan qaygurib kuz yoshi tukishi uz-uzidan bulmaydi. Bu, kim bulmasin, har bir odamning samimiy mehrga, oqibatga talpinishini, ustoz bu mehrni ana usha sodda qishloq ayoli siymosida topganini kursatadi.
Yana nima desak?.. Muallif eng yaqin jigarlarining mehribonligini, shuningdek bir mahallada birga yashab, qarindoshlardan-da yaqinroq bulib ketgan quni-qushnilarining eng insoniy, asl uzbekona, ibratli ishlarini qalamga oladi, qalbiga behad yaqin tuygularni tafsillaydi.
Yakhshi qushiq. U qanaqa buladi? Khonandalar bor – ovozi kuchli, shirali, har qanaqa talabga javob beradi, oktavalarni istaganicha chuza oladi. Bor ovozini quyib qich-qirganida konsert zalidagi billur qandillarga larza tushadi. Hamma olqishlaydi… Men sanatshunos emasman, balki yakhshi qushiq shunday bulishi kerakdir. Ammo menga, past yo baland ovozda aytadimi, tovushi shiralimi yo shirasiz, bu uncha muhim emasday tuyiladi. Qushiq kuylanganda khonandaning kimligini unutsang, uzingni ham unutsang, qushiq ohanrabosi seni, khayollaringni uzoq-uzoqlarga olib ketsa, kunglingda qachonlardir jilva qilgan, endi unuti¬layozgan tuygularingni yodingga solsa, tugagach, sochilgan khayollaringni jamlab, atrofga nazar solsang, bir qatra bulsa ham olijanobroq, nekbinroq bulib qolsang, qushiq khayoli seni kun buyi, kunlar buyi tark etmasa. Men uchun eng alo qushiq – shu. Khonandaning ovozi yakhshi bulgani durust, ammo qalbi, samimiyati muhim…
500 nuskhada chop etilgan, yupqagina bu kitobni uqir ekanman, khayolan bolaligim kuchalarida eldim, yugurdim, unutilayozgan hissiyotlar tagin yodimga tushdi, kunglim bir qadar yorishdi. Asarning yutugi shunda emasmi?
Khotira kitoblari… Ular nafaqat soginch tuygulari ifodasi, balki avvalo ibrat sahifalaridir. YOzilgan, bosilib chiqayotgan har bir yodnomada, Tuychiboy akaning yodnomasidagi kabi, ota-ona, boshqa yaqinlarimizning ana shunday munavvar hayot yullari yoritilsa, ularning jamuljamidan zahmatkash, samimiy uzbek khalqining mentaliteti bor buyi bilan yuz kursatgan bular edi. Va bu yoshlarni ajdodlarimizning eng olijanob udumlari va tutumlarini ezozlash ruhida kamol toptirishga khizmat qilishi shubhasiz.

Zuhriddin ISOMIDDINOV

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …