Главная / Madaniyat / OILA SAODATI HAQIDAGI HADISI ShARIFLARDAN NAMUNALAR

OILA SAODATI HAQIDAGI HADISI ShARIFLARDAN NAMUNALAR

1. Amr ibn Ahvas al-Jushamiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vidolashuv hajida Allohga hamdu sano aytganlaridan sung odamlarga quyidagicha vaz-nasihat qildilar: “Ogoh bulinglar, ayollar haqidagi vasiyatimga amal qilib, ularga yakhshi muomalada bulinglar. Albatta, ayollar sizlarning asirlaringizdir. Bundan boshqa narsaga ega emassiz. Faqatgina ochiq-oydin fohishalik qilishsagina bunday emas. Agar itoatsizlik qilishsa, yotoqni tark eting. (Yani, ular bilan bir joyda yotmang. Shunda ham sizlarga buysunmasalar) ogritmaydigan qilib uringlar. Ammo itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yul akhtarmanglar. Ogoh bulinglar, sizlarning ayollar zimmasida haqlaringiz bor. Va ayollaringizning sizlarning zimmangizda haqlari bor. Sizlarning ular zimmasidagi haqlaringiz yotar eringizga sizlar yomon kurgan kishining qadamini etkazmaslik va yomon kurgan kishingizni uyingizga kirishiga izn bermasligidir. Ogoh buling, ayollarning sizlar zimmangizdagi haqlari yakhshi libos va yakhshi taom bilan taminlamogingizdir» (Imom Termiziy).

2. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Mumin kishi mumina ayoldan nafrat qilmasin. Agar bir khulqini yomon kurib qolsa, boshqa bir khulqidan mamnun bulib qolar”, dedilar yoki bundan boshqacharoq bir suz aytdilar»(Imom Muslim).

3. Muoviya ibn Hayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men: “Ey Allohning rasuli, bizlarning zimmamizdagi khotinlarimizning haqlari nima?” desam, u zot (sollallohu alayhi va sallam): “Uzing ovqatlanganda unga ham edirmoging, uzing libos kiyganingda uni ham kiyintirmoqliging va yuziga urmasliging. Alloh seni qabih etsin, deb sukmasliging hamda uyingdan tashqari joyda arazlashmasliging”, dedilar» (Abu Dovud).

4. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Muminlarning imon jihatidan komilrogi khulqi yakhshi bulganlaridir. Sizlarning yakhshilaringiz ayollar bilan yakhshi bulganlaringizdir”, dedilar» (Imom Termiziy).

5. Abdulloh ibn Amr ibn Os (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Dunyo uzi bir matodir. Uning eng yakhshi matosi soliha ayoldir”,dedilar» (Imom Muslim).

6. Ibn Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Barchangiz qul ostingizdagilarga homiy va ularga masuldirsiz. Boshliq khodimlarga homiydir. Kishi oila azolariga homiydir. Khotin ham erining uyiga va bolalariga homiydir. Barchangiz homiy va qul ostingizdagilardan masuldirsiz”, dedilar» (Muttafaqun alayh).

7. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Agar kishining kishiga sajda qilishi mumkin bulganida, khotinlarni erlariga sajda qilishga buyurgan bular edim”, dedilar» (Imom Termiziy).

8. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Ayolga eri safarga ketmagan bulsa, erining iznisiz (nafl) ruza tutmoqligi hamda uyga biror kishining kirishiga rukhsat bermoqligi halol bulmaydi”, dedilar» (Muttafaqun alayh).

9. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Agar kishi khotinini tushagiga chaqirsa-yu, khotini kelmasa va eri undan norozi bulib kechani utkazsa, farishtalar tong otguncha u khotinga lanat aytib chiqishadi”, dedilar» (Muttafaqun alayh).

10. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Bir dinor Alloh yulida infoq qilding. Bir dinor qul ozod qilish uchun infoq qilding. Bir dinor miskinga infoq qilding. Va bir dinor uz ahlingga infoq qilding. Bularning ichida eng savobi ulugi uz ahlingga infoq qilganingdir”, dedilar» (Imom Muslim).

11. Sad ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Biror narsani infoq qilib Allohning roziligini talab qilsang, savobga erishasan. Hattoki, khotiningning ogziga solgan luqmangga ham savob olasan”, dedilar» (Muttafaqun alayh).

12. Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Men: “Ey Allohning rasuli, avvalgi erim Abu Salamadan bulgan bolalarimga molimdan infoq qilsam, savob buladimi? Ularni unday yoki bunday (qarovsiz) qoldirmayman. Chunki ular ham bolalarim-ku!” desam, u zot (sollallohu alayhi va sallam): “Ha, ularga qilgan infoqingda ham ajr bordir”, dedilar» (Muttafaqun alayh).

13. Abu Masud Badriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Agar kishi Allohning roziligi uchun ahli ayoliga biror narsani infoq qilsa, usha narsasi u uchun sadaqa buladi”, dedilar» (Muttafaqun alayh).

14. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Yuqoridagi pastki quldan yakhshidir. (yani, ehson qiluvchi qul tilanchi quldan yakhshidir). Sadaqa berishni avval qaramogingdagilardan boshlagin! Sadaqalarning eng yakhshisi uzing va oilang ehtiyojlarini qondiradigan narsalarni qoldirib qilgan sadaqangdir. Kimki tilanchilikdan saqlanib uzini tiysa, Alloh ham uni tilanchilikdan ofiyatda qilib quyadi. Kimki (berganiga qanoat qilib) uzini behojat qilsa, Alloh ham uni behojat, badavlat qilib quyadi”, dedilar» (Imom Bukhoriy).

15. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Khotinlarning eng yakhshisi qaraganingda kuzingni quvontiradigan, buyurganingda itoat etadigan, yuqligingda iffatini hamda molingni sen uchun asragan ayoldir” (Ibn Abi Hotim).

16. Qays ibn Sad (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Hayraga borib ularning Mirzabonga sajda qilayotganlarini kurdim. Uzimcha: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bundoq qilishga haqliroqlar”, dedim.Nabiy (sollallohu alayhi vasallam) oldilariga kelib, buni u zotga aytdim. Shunda u zot: “Aytgin-chi, bir qabrning oldidan utsang, unga sajda qilar edingmi?” dedilar. “Yuq”, dedim. “Undoq qilmanglar! Agar birovning birovga sajda qilishga amr qilgudek bulsam, khotinlarni erlariga sajda qilishlariga amr qilgan bulur edim. Alloh ularga ayollari ustidan bergan haqning sababidan”, dedilar»(Abu Dovud, Termiziy va Hokim).

17. Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Qay bir khotin bu dunyoda eriga ozor bersa, albatta, uning huri iyndan bulgan khotini “Unga ozor berma! Alloh halok qilsin seni! U sening oldingda kelgindi bulib turibdi, kholos. Yaqinda seni tark etib biz tomon junaydi”, deydilar”, deganlar»(Imom Termiziy).

18.Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Paygambar (sollallohu alayhi va salam):“Qay bir khotin ulsayu, eri undan rozi bulsa, u jannatga kiradi”, dedilar»(Termiziy, Hokim).

19. Anas ibn Molik(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Paygambar (sollallohu alayhi va sallam) aytdilar: “Agar khotin besh vaqt namozini uqisa, ramazon oyi ruzasini tutsa, avratini saqlasa va eriga itoat qilsa, jannat eshigining khohlaganidan kiradi»(Tabaroniy).

20. Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Paygambar (sollallohu alayhi vasallam): “Biringiz uz ahliga yaqinlik qilishni iroda qilgan paytida, “Bismillahi. Ey bor Khudoyo, bizdan shaytonni chetda qilgin, shaytonni bizni rizqlantirgan narsangdan chetda qilgin”, desa, albatta, agar ushandan ularga farzand beriladigan bulsa, unga shayton abadiy zarar etkaza olmaydi» (Beshovlari rivoyat qilishgan).

21. Ibn Umar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Paygambar (sollallohu alayhi va sallam): “Yalangoch bulishdan saqlaninglar. Chunki siz bilan qazoi hojat va er kishi uz ahliga borgan paytdan boshqa vaqtda hech ajralmaydigan shakhslar buladi. Bas, ulardan hayo qilinglar va ularni ikrom etinglar”, dedilar» (Imom Termiziy).

22. Savbon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Paygambar (sollallohu alayhi va sallam): “Qay bir ayol uzrli sababsiz eridan taloq qilishni surasa, unga jannatning hidi ham harom buladi”, dedilar» (Sunan egalari rivoyat qilgan).

23. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Paygambar (sollallohu alayhi va sallam: “Hech bir ayol uz singlisining tovogini bush qoldirib, uzi nikohlanib olish uchun uning talogini suramasin. Albatta, unga ham taqdir qilingani bulur», dedilar» (Turtovlari rivoyat qilishgan).

24. Abu Said (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Qiyomat kuni Allohning nazdida martabasi eng yomon odam, ayoliga yaqinlik qilib, ayoli unga yaqin bulganidan keyin sirini odamlarga yoyib yuradigan kishidir”,dedilar» (Imom Muslim, Imom Ahmad).

Munira ABUBAKIROVA
Uzbekiston musulmonlari idorasi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …