nogironVazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi «Nogironligi bulgan shakhslarni statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish tugrisida»gi 210-son qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Norma.

Hujjatda nogironligi bulgan shakhslarni hisobga olish tizimi etarli darajada ishlab chiqilmaganligi qayd etilgan. Shuningdek nogironligi bulgan shakhslarga uz vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam kursatish uchun ularning ijtimoiy ahvolini monitoring qilishda kamchiliklar mavjud.

Shu munosabat bilan endi Davstatqum davlat statistika hisoboti asosida quyidagilar tugrisidagi malumotlarni shakllantiradi:

• nogironligi bulgan shakhslar soni;
• imkoniyati cheklangan (nogironligi bulgan) uquvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega maktabgacha talim va umumtalim muassasalari;
• reabilitasiya markazlari faoliyati.

Nogironligi bulgan shakhslarning hayot faoliyatini aks ettiruvchi qushimcha statistik kursatkichlar ruykhati tasdiqlandi. Ular 2018 yil hisobot davridan boshlab tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi hamda Davstatqum tomonidan jamlanadi.

Kursatkichlar quyidagi malumotlarni uz ichiga oladi:

• imkoniyati cheklangan (nogironligi bulgan) uquvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega oliy talim muassasalari – malumotlar hisobotning 4-ta’lim shakliga kiritiladi;
• nogironligi bulgan shakhslar foydalanishi uchun qulay jamoat yulovchi transporti (avtobuslar) soni;
• surdo tarjima bilan yoki utuvchi yozuvlar bilan birga olib borilayotgan telekursatuvlar soni;
• imkoniyati cheklangan shakhslar uchun qushimcha qulayliklar bilan taminlangan davlat tashkilotlarining veb-saytlari soni (kontrastni qushish, shriftni kattalashtirish, ovoz jurligi funksiyalari va boshqalar);
• ABKMga murojaat qilgan nogironligi bulgan shakhslardan ishga joylashtirilganlar soni;
• tumanlar va shaharlar buyicha nogironligi bulgan shakhslarni ishga joylashtirish uchun ish urinlarini zakhiraga olish;
• uy-joy bilan taminlangan, shuningdek yashash sharoitlari yakhshilanishiga muhtoj bulgan nogironligi bulgan shakhslar soni – hisobotning yangi 2-uy-joy shakli joriy etilmoqda (masullar – tuman va shahar hokimliklari);
• fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan moddiy yordam olgan nogironligi bulgan shakhslar soni –malumotlar 1-NNT shakliga mahalla ilovasiga kiritiladi;
• sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun murojaat qilgan, shuningdek bunday yullanmalar olgan nogironligi bulgan shakhslar soni;
• tashkilotlarga tegishli bulgan panduslar bilan jihozlangan binolar soni – malumotlar hisobotning 1-korxona, 1-KB, 1-notijorat, 1-NNT shakllariga kiritiladi.

Hujjat 26.03.2018 yildan kuchga kirdi.