Главная / Siyosat / Nima uchun tabiiy gaz, neft va kumir zakhirasiga ega Uzbekiston AES qurilishiga oid qaror qabul qildi?
<

Nima uchun tabiiy gaz, neft va kumir zakhirasiga ega Uzbekiston AES qurilishiga oid qaror qabul qildi?

Uzbekistonda olib borilgan tadqiqotlar yangi quvvat qurilishlarisiz aholining elektr energiyasiga nisbatan usib borayotgan ehtiyojini qondirib bulmasligini kursatdi. Kun.uz mukhbiri “Uzatom” agentligi bosh direktori Jurabek Mirzamahmudovning 16 may kuni Khalqaro energetika konferensiyasi doirasida bergan malumotiga asoslanib, shu haqida khabar berdi.

“Uzbekistonda atom elektr stansiyasini qurish qaroriga birdaniga kelingani yuq, uni qabul qilishda barcha shart-sharoitlar – iqtisodiyot rivoji, tekhprognozlar, yangi stansiyalarning qurilishi, elektr etkazib beruvchi liniyalar modernizasiyasi va energiya muvozanati uchun elektr energiyaning boshqa manbalari, khususan quyosh energiyasi, gidroenergiyani ham jalb qilish kabi jihatlar inobatga olingan. Barcha tadqiqotlar sezilarli yangi quvvat qurilishlarisiz aholining usib borayotgan ehtiyojini qondirib bulmasligini kursatgan. Variantlar urganib chiqilib, “3+” avlodiga mansub ikki blokli AES qurishga doir qaror qabul qilingan. Tanlov strategik hamkorlarimiz – “Rosatom” davlat korporasiyasi foydasiga hal buldi. Bunda khavfsizlik, sifat va muddatlar kabi jihatlarga ustuvorlik berildi”, – dedi Mirzamahmudov.

Foto: “Uzatom” agentligi

Shuningdek, “Uzatom” agentligi bosh direktori bugunga qadar amalga oshirilgan ishlarga tukhtalib utdi. Uning suzlariga kura, Rossiya va Uzbekiston urtasida hukumatlararo kelishuv imzolangandan keyin AES qurilishi uchun salohiyatli maydonni izlash ishlari boshlab yuborilgan. Bunda maydonning AES qurilishi uchun ekologik, iqtisodiy va tekhnik jihatdan optimal muvofiq kelishi hisobga olinmoqda.

“Kuni kecha tadqiqotlarning dastlabki bosqichi yakunlandi. Endi “Rosatom” davlat korporasiyasi vakillari bilan salohiyatli maydonda yanada chuqur muhandislik tadqiqotlarini utkazishga kirishamiz. Tanlangan maydonda atrof-muhitga tasir bahosini ishlab chiqa boshladik. Khalqaro talab va AEKhA tavsiyalariga muvofiq tegishli ekspertiza va jamoatchilik eshituvi yulga quyiladi”, – takidladi u.

Tadbirda takidlanishicha, loyiha amalga oshishini tezlashtirish maqsadida Rossiya Federasiyasining qonun-qoidalaridan maksmal foydalanishga doir qaror qabul qilingan va bunday yondashuv AEKhA ekspertlari tomonidan ham qullab-quvvatlandi.

“Shu bilan bir qatorda biz uzimizning normativ bazamizni ishlab chiqa boshladik, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanishga oid qonun shular jumlasidandir. Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi eshituvidan utgan va yaqin kunlarda muhokamalar davomi uchun ikkinchi eshituvga quyiladi”, – deya malum qildi Mirzamahmudov.

Bundan tashqari, “Uzatom” agentligi kadrlarni tayyorlash ustida ish olib bormoqda. “Uzatom” agentligi tashkil etilganining ertasiga Prezident tomonidan Uzbekistonda RFning “MIFI” universiteti filialini ochishga doir hujjat imzolandi. Joriy yilda ilk 100 talabani qabul qilish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

“Fursatdan foydalanib, sohaga qiziqishi bulgan abiturientlar va ularning ota-onalarini universitetga hujjat topshirishga chorlab qolamiz. Yaqin kunlarda qabulga doir batafsil malumot taqdim etiladi”, – dedi u.

Takidlash joizki, 15 may kuni “Rosatom” davlat korporasiyasining bosh direktori Aleksey Likhachyov va Energetika vaziri Alisher Sultonov tomonidan atom energetikasini rivojlantirishga doir “yul kharitasi” imzolandi.

Shuningdek, “Uzatom” agentligi binosida atom energetikasini rivojlantirishga yunaltirilgan Akhborot markazi ishga tushirildi, unda istagan kishi atom energetikasiga oid khabardorligini oshirishi mumkin.

Bundan avval Kun.uz’da Uzbekistonda shunday markazlar faoliyatini yulga quyish qanchalik muhimligiga oid maqola taqdim etilgan edi.

О нас

Яна маълумот

jvRrKedBrsxl-vE4EWw5kdQ79j3YVqHE

Milliy gvardiya tungi vaqtda ham makhsus-taktik mashgulotlar utkazayotganini malum qildi

Uzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tezkor harakatlanuvchi bulinmalarining yuqori jangovar shaylik holatini mustahkamlash va takomillashtirish maqsadida …