Главная / Madaniyat / Nasihat Sheri

Nasihat Sheri

Ayo farzandlarim, sizga nasihat, Qilay, hozir tirikman bir vasiyat.
Khudoning birligin dil birla iqror, Eting tasdiq tilni siz anga yor.
Rosulullohni paygambarligin – It]hi, Butun insonlara rahbarligini.
Bilib chindin, buling toza musulmon, Haqiqatda erur bu asli iymon.
Musulmonlig turur besh vaqt namozda, Muni tark etmangiz hech qishu yozda.
Uqing doim, uqishdan asli qolmang, Bilim istab yurishdin hech tolmang.
Ikki dunyoda nodonlik zarardur, Jaholat ichra kup khavfu khatardur.
Jahon obod erur bu ilm birlan, Taraqqiy bulgay ushbu ilm birlan.
Bilimlik tobqusi har vaqt izzat, Bilimsiz kurgusi har vaqt mehnat .
Uzingizni tuting pokizayu pok, Sira bulmang kiru iflosu nopok.
Hasad qilmang birov boy bulsa hargiz, Berur Haq sizga ham, chindan tilarsiz.
Hamisha uylamasdan suzni aytmang, Suz aytib tugri, andin sungra qaytmang.
Jahonda bulmangiz hargiz dilozor, “Dilozordan Khudo ham khalq bezor”.
Falakdan etsa kulfat yo mashaqqat, Juda ortuqcha chekmang anga diqqat.
Kelur har kimga gohi-gohda qaygu, Qilinsa sabr, kelgay sungra kulgu.
Qiling har ishni doim maslahatlig, Bulur ul ish, albatta, manfaatlig.
Butam, hoyu havaslarga berilmang, Bekorga maqtanib, hargiz kerilmang.
Iloj aylab, birovdan qarz olmang, Uzingizni khijolat ichra solmang.
Ogizga olmangiz zinhor ichimlik, Yana sassiq, harom, har khil chekimlik.
Kishi aybin yoping mumkin qadar siz, Chiqarsiz, ehtimol, andin batar siz.
Mazah aylab birovni kulgu qilmang. Khaloyiq ichra uzni tulku qilmang.
Toping dunyoni, sarf aylang eriga, Hisob tong-la berursiz har biriga.
Ulimni kuzni oldida tuting siz, Hayotingizda ogohlik kuting siz.
Qiling oto-ononi yakhshi izzat, Tugishganlarni ham goyatda hurmat.
Qarindosh, yoru dustu oshnoni, Suyung siz, bulmasa ham oshu noni.
Topib imkon qiling elga muruvvat. Qilur el sizga ham dildan muhabbat.
Amonat olsangiz qilmang khiyonat, Khiyonatchi kishiga etgay ofat.
Qilib aldamchilik yolgon gapurmang, El ichra etiboringizni keturmang.
Birovga qilsangiz vada mabodo, Vafo qilmay ani qoldurmang aslo.
Salom aylang, yuluqsa ahli islom, Salom ila bulur ezozu ikrom.
Gapurgan chogda suzni chuzmangiz hech, Suzingiz ravnaqin ketkuzmangiz hech.
Birovlar birla aslo gina tutmang, Qilur kim yakhshilik, oni unutmang.
Turing qarshi, qaerda bulsa bidat, Qabul aylang, har ishki bulsa sunnat.
Kishini haqqini eb ketmang aslo, Haqiqat bulsa suz, berkitmang aslo.
Uchib ketmang birov tarif etarkan, Buling vazmin, agar hovluqturarkan.
Agar bir kimsa sizga bulsa mehmon, Qabul aylang ochiq yuz birla ul on.
Qiling imkoniyat boricha hurmat, Surishtirmay oningdin dinu millat.
Birovni aylamang giybat, shikoyat, Erur bu ish shariatda jinoyat.
Gunohkor bulsangiz bilmay banogoh, YOnub ul onda deng: “astagfirulloh”.
Surang Allohdin insof ila tavfiq, Uzingizni qiling taftishu tahqiq.
Talabni har qachon Allohga ayting, Tilashdan uzgadan, albatta, qayting.
Kuring uz aybingizni har qachon siz, Nazar solmang birov aybiga hargiz.
Buling obru topar uchun hayolig, Hayosizlig emasmu bevafolig.
Kerak dushmanga ham yakhshi gapurmoq, Bu yul birla borib, ishni biturmoq.
Tiriklik ichra yalqovlik yomondur, Iki dunyo uchun ham kup ziyondur.
Itoat aylangiz amri Khudoga, Amal aylang hadisu Mustafoga.
Yana kim bulsa elga hukm etuvchi, Buling albatta siz amrin tutuvchi.
Mudom avlodingizni yulga soling, Alarga tugrilikdur deng kamoling.
Nasihat aylangiz doim alarga, Bering ogohlik nafu2 zararga.
Khususan, urgating dinu diyonat, Alarni ungmasun’ jahlu zalolat.
Topib tavfiq2 tugri yulga tushsin, Shariatni ipin mahkam tutishsin.
Buni, Mahjur, ezdim uqilur deb, Mening uchun duo shoyad qilur deb.

Muallif: MAHJURIY

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …