Главная / Jamiyat / Namunaviy uylar haqida qashqadaryoliklar hikoyasi – Chiroqchi va Guzor tumanlari misolida
<

Namunaviy uylar haqida qashqadaryoliklar hikoyasi – Chiroqchi va Guzor tumanlari misolida

Kun.uz tahririyatiga Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi va Guzor tumanlarida 2017 yilda qurilgan namunali uylarda istiqomat qilib kelayotgan fuqarolardan murojaat kelib tushdi. Tahririyat mukhbirlari arznomani joyiga borib urganish maqsadida ushbu viloyatga khizmat safari uyushtirdi.

Chiroqchi tumanidagi yangi namunali uylar qurilgan kuchaga kirib borar ekanmiz, erga asfalt yotqizilmaganiga guvoh buldik. YOmgir yogganligi sababli tuplanib qolgan suv va loyni kechib utishimizga tugri keldi. Vaholanki, bu hududda fuqarolar istiqomat qilishni boshlaganiga 2 yildan oshgan.

Biz bilan suhbatlashgan fuqarolar tez-tez uchib tursa-da, elektr energiyasi va suv taminoti mavjudligini bildirishdi. Ammo fuqarolarning hukumatdan bir iltimosi, gaz muammosini hal qilish masalasidir. Ularga kura, kuchib kelgan yillari boriga shukur qilib, imkoni borlar utin-kumir, imkoni yuqlar elektr pechkalar bilan uylarini qizdirishgan. 2018-2019 yil qish mavsumida elektr energiyasi tez-tez uzilmoqda. Shu boisdan ham, uyning barcha khonalarini elektr yordamida isitish mumkin bulmayapti. Buning oqibatida yosh bolali, qariya va nogironlar istiqomat qiluvchi oilalar bir khonaga qamalib qolishga majbur bulmoqda.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Bizda ikki oyda bir marotaba 20 ming sumdan gaz balonimizni tuldirib beradi. Lekin u ikki oyga etmaydi, uni pechkaga ishlatadigan bulsak, uch kunga ham etmaydi. Biz tejab-tergab faqat ovqat uchun ishlatamiz, shunda ham etmaydi. Sung uzimiz erkin narkhda 15 litrini 45 ming sumga tuldiramiz yoki 55 ming sumdan gaz balonni almashtiramiz. 20 yil kvartirada yashab, qiynalsak ham ishlab, tulovini qilib, yakhshi umidlarda shu uyni olgan edik. Endi gazdan qiynalmaymiz, yangi uyda yashaymiz, deb kuchib keldik. Kumir yordamida isiyotgan pechkadan chiqayotgan tutundan hozir bu uylarni yangi demaysiz»,- deydi namunali uylarda istiqomat qiluvchi ayol.

Namunaviy loyiha asosida qurilgan uy deganda, aksariyat fuqarolar issiq, gazlashtirilgan, har tomonlama «namuna» qilib kursatsa buladigan uy tushuniladi, odatda. Ammo, bu umidlar puchga chiqib buldi, deydi aholi. Endilikda, tuman gaz taminoti bu uylarga quvurda gaz berilmasligini aytmoqda.

Usha gaz kelmaydigan uylarning yonginasida esa, metan zapravkasi ishlab turibdi. Sal nariroqda zamonaviy issiqkhona kurilgan, u ham gazda ishlaydi. «Kishiga alam qiladigani shuki, uylarimizning yonginasidan quvurlar orqali issiqkhonaga zangori olov olib utilgan. Nahotki inson qadri bir issiqkhonacha bulmasa?», – deya savol bilan murojaat qilishadi fuqarolar.

Guzor tumanidagi vaziyat bundan ham qiziq. Yangi qurilgan namunali uylarga gaz hisoblagichlar urnatilgan, lekin gazdan darak yuq. Namunali uylar qurilgan hududdan 500 metrlar chamasi uzoqroqdan gaz koni topilgan bulib, ushbu uylar yonginasidan gazni qayta ishlash uchun olib utiladi. Namunali uylarga kuchib kelish bakhtiga muyassar bulganlarning aytishicha, «ularning uylari gaz bilan taminlanmagan bulsalar-da, gaz hidi hidlab turamiz», – deyishdi «Buyuk karvon» massivi aholisi.

Arzon narkhlarda etkazib berilayotgan «Angren kumiri» esa juda sifatsiz, foydalanish uchun yaroqsiz chiqmoqda. YOnayotgan olovga kumirni solsangiz, olov ustiga tuproq sochganday uni uchirishga khizmat qilmoqda, bunga uzimiz ham guvoh buldik. Bir qop kumirning yarmidan ortigini tuproq demaslikning iloji yuq. Kumir sotish punktida vagonlarda keltirilgan kumirlar simturlar orqali elakdan utkazilib, saralanib sotilishi malum buldi.

Tuman markazidan uncha uzoq bulmagan bu erda ham yullar asfalt qilinmagan. «Qishloqqurilishinvest»ning massivdagi qurilishni nazorat qiluvchi mutakhassisiga (ism-sharifini yozmaslikni iltimos qildi) kura, asfalt yotqizish uchun 2 yil belgilangan. Birinchi yilda shagal yotqiziladi, ikkinchi yili asfalt. Massivgacha keladigan yullarda esa, seryogin kunlarda urdak boqsa buladi, desak mubolaga qilmagan bulamiz.

Khullas, «namuna»li uylarda ahvol shunday. Takidlaash urinliki, Kun.uz sayti tahririyatiga respublika buylab qurilayotgan «namuna»li uylarda istiqomat qiluvchi aholidan turli mazmunda shikoyatlar kelib tushmoqda. Ularning aksariyati yul va infratuzilmalar risoladagidek emasligi haqidadir. Shu boisdan ham mazkur soha mutasaddilari yuqoridagi muammolarga etibor qaratishlari darkor.

Kun.uz sayti, uz navbatida, «namuna»li uylarning ahvolini urganishda davom etadi.

О нас

Яна маълумот

Geap_VsdEDHIpsA_T9qiIQGx6QemKION

IIBB avtomobil raqamini parda bilan tusgan haydovchini topdi va jarimaga tortdi

Facebook ijtimoiy tarmogidagi ikkita guruhda bir vaqtning uzida Nexia rusumli avtomobil haqida khabar elon qilindi. …