Ikki rakatli sunnat namozlari uqish tartibi:
1. Kaba tomonga yuzlanib «Bomdod (yoki peshin, shom, khufton) namozining ikki rakat sunnatini kholis Alloh uchun uqishga niyat qildim» mazmunida niyat qilinadi.
2. Ikki qul kaftini qiblaga qarata kutarib, bosh barmoq quloq yumshogiga tekkiziladi va «Allohu akbar», deya takbir aytish bilan namoz boshlanadi.
3. Qullarni qovushtirgan holda kindik ostida tutib «Sano» («Subhanaka allohumma…») uqiladi.
4. Taavvuz («Auzu billahi…»), basmala («Bismillah…») bilan Fotiha surasi, keyin taavvuz va basmala aytmay zam qilib (qushib) birorta sura uqiladi.
5. «Allohu akbar» deb egilib rukuga boriladi, bunda uch marta «Subhana robbiyal-aziym» (Ulug Robbim pokdir), deyiladi.
6. Belni tiklayotib «Samiallohu liman hamidah» (Uziga hamd aytgan kishini Alloh eshitadi), deyiladi. Tula tiklanib bulgach «Robbana lakal hamd» (Robbim, maqtov faqat Sengadir), deyiladi.
(Jamoat bilan namoz uqilganda imom avvalgi duo bilan kifoyalanadi, iqtido qiluvchi (ergashuvchi) keyingisining uzini aytadi)
7. «Allohu akbar» deb erga avval tizzalar, keyin kaftlar, sung burun va peshona quyilib, sajda qilinadi. Bunda tirsaklar erga va biqinlarga tekkizilmaydi, barcha azolar, khususan, oyoq barmoqlari iloji boricha qiblaga yuzlantiriladi. Sajdada uch marta «Subhana Robbiyal-alo» (Oliy Robbim pokdir), deyiladi.
8. «Allohu akbar» deb sajdadan bosh kutariladi va chap oyoqni tushab, ung oyoq kiftini tik qilib, barmoqlar qiblaga yuzlantirilgan, ikki qul kafti uchi tizza barobariga quyilgan holda utiriladi.
9. «Allohu akbar» deb ikkinchi marta yuqoridagi kabi sajda qilinadi.
10. «Allohu akbar», deb hech narsaga suyanmay ikkinchi rakatni uqish uchun urindan turiladi.
11. Ikkinchi rakatda ham «Bismillah…» bilan Fotiha surasi, orqasidan Qurondan bilganicha biror sura yoki uzunroq oyat uqiladi.
12. Birinchi rakatdagiga ukhshash ruku, sajdalar qilinadi.
13. Sajdadan sung ung oyogini tiklab, chap oyogi ustiga utiradi va avval «Tashahhud» («Attahiyyat…»), ortidan ikki salovot («Allohumma solli ala…» va «Allohumma barik ala…»), keyin duolar («Robbana…») uqib, avval ung elkaga, keyin chap elkaga «Assalomu alaykum va rahmatulloh», deb salom beradi, shu bilan ikki rakat namoz yakunlanadi. Ikki rakatli farz namozlari uqish tartibi ham bundan farqlanmaydi.
1. “Turt rakatli peshin namozi sunnatini kholis Alloh uchun uqishga niyat qildim” mazmunida niyat qilinadi.
2. Qullar kaftini qiblaga qaratib takbir (“Allohu akbar”) aytiladi.
3. Qullar boglanib, Fotiha va ortidan biror sura qushib uqiladi.
4. Takbir bilan rukuga borib, uch marta “Subhana Robbiyal aziym” deyiladi.
5. Tiklanib “Samiallohu liman hamidah”, “Robbana lakal hamd” deyiladi.
6. Takbirlar bilan ikki marta sajda qilib, har birida “Subhana Robbiyal ala” deyiladi.
7. Yana takbir bilan tiklanib, yuqoridagi tartibda ikkinchi rakat ham ado etiladi.
8. Ikkinchi rakat sajdasidan sung faqat “Tashahhud” (“Attahiyat”) uqib, takbir bilan uchinchi rakatga turiladi.
9. Uchinchi rakatda ham Fotiha, biror sura qiroat qilinadi.
10. Takbir bilan rukuga boriladi, ikki marta sajda qilinadi.
11. Takbir bilan turtinchi rakatga turiladi, Fotiha, biror sura qiroat qilinadi.
12. Takbir bilan ruku va ikki marta sajda qilinadi.
13. Keyin chap oyoq ustiga utirib, ung oyoqni bosh barmogiga tiklagan holda “qadai okhir”da “Tashahhud”, salovotlar, duolar uqib, ikki tomonga salom beriladi.
1. Avvalgi ikki rakat yuqorida bayon etilgan ikki rakatli namoz uqish tartibiga kura ado etiladi.
2. Ikkinchi rakatdan sung “qadai ulo”da faqat «Tashahhud» uqiladi va uchinchi rakatga «Allohu akbar» deb turiladi.
3. Uchinchi rakatda «Bismillah…» bilan Fotiha surasining uzi uqiladi, sungra yuqoridagidek ruku va sajda qilinadi.
4. “Qadai okhir”da utirib, «Tashahhud», salovotlar va duolarni uqigach, salom berib namoz yakunlanadi.
Turt rakatli farz namozlarini uqish tartibi:
“Turt rakatli peshin (yoki asr, khufton) namozlari farzini kholis Alloh uchun uqishga niyat qildim” mazmunida niyat qilinadi.
2. Takbir bilan namozga kirishiladi.
3. Qullarni kindik ostiga boglab, Fotiha va biror sura qiroat qilinadi.
4. Takbir bilan rukuga boriladi.
5. Takbir bilan tiklanib, sungra yana takbir bilan ikki marta sajda qilinadi.
6. Ikkinchi rakatga turib, uni ham shu yusinda bajariladi.
7. “Qadai ulo”da faqat “Tashahhud” uqib, takbir bilan uchinchi rakatga turiladi.
8. Uchinchi rakatda faqat Fotiha surasining uzi qiroat qilinadi va yana takbir bilan ruku va ikki sajda qilinadi.
9. Takbir bilan turtinchi rakatga turib, bunda ham faqat Fotiha surasining uzi uqiladi.
10. Takbir bilan ruku va ikki sajda qilinadi.
11. “Qadai okhir”da “Tashahhud”, salovotlar, duolar uqib, ikki tomonga salom berib, namoz yakunlanadi.
Turt rakatli sunnat namozlari ham turt rakatli farz namozlari kabi ado etiladi. Faqat turt rakatli sunnat namozlarida uchinchi va turtinchi rakatlarda Fotihadan sung biror sura zam qilinadi (qushib uqiladi).
YaNA MALUMOT
Ayol kishi uychi kiyimda namoz uqishi
Bismillahir rohmanir rohiym
Allohning Uzigagina hamdlar, Uning paygambari Muhammad ibn Abdullohga, u zotning oilasi va sahobalariga salavotu salomlar bulsin.
Sung …
Bugungi kunda kupchilik ayollarni namoz uqishganida uychi kiyim, ishton, lozim, khalat yoki shu kabi tor, kalta kiyimlarda namoz uqiyotganlarini guvohi bulamiz. Bunday kiyimlarda uqilgan namoz qabul buladimi yoki yuqmi degan savol kupchilik musulmonlarni, khususan muslima opa-singillarimizni qiziqtirsa ajab emas.
Avvalo shuni eslab utishimiz lozimki, Alloh taolo namoz uqishga taraddud kurayotganlarga ziynatlanishini amr qildi. Alloh taolo aytadi:
«Ey Odam bolalari, har bir sajda chogida ziynatlaningiz, hamda (khohlaganingizcha) eb-ichaveringlar, faqat isrof qilmanglar. Zotan, U isrof qilguvchi kimsalarni sevmas» (Arof: 31).
Shunday qilib, kimki namoz uqimoqchi bulsa, ushanga namoz uchun ziynatlanishi buyurilgan. Kupchilik musulmonlar esa ushbu buyruqqa khilof ravishda tungi pijamasida yoki ish kiyimida namoz uqiydi va uzini namoz uchun ziynatlamaydi. Alloh esa guzaldir va guzallikni yakhshi kuradi.
Ulamolarning fikricha ziynatlanishlikning eng oz miqdori, bu avratni yopishlikdir. Shundan kelib chiqib ular aytishdiki, avratni yopish namozni qabul bulishidagi muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Kimki avratini yopmasa, namozi qabul bulmaydi.
Ularning «avratni yopish» degan suzlaridan shu narsa tushuniladiki, avratni yopishlik farz va bunda nimadan foydalanilganlikning farqi yuq. Bu holatda namoz ravo buladi, hatto avrat shaklini bilintirib turadigan kiyim bulsa ham.
Bu turli mazhab ulamolari bayon qilgan haqiqatdir. Quyida aytilgan suzlarga bazi sharhlarni keltiramiz.
1 – Hanafiy mazhabi:
«Ad-Dur al-Mukhtor» (2/84)da aytiladi: «Agar u tor va tana shaklini bilintirib turishining farqi yuq». Iqtibos tugadi. Yani, bu erda namozda kiyiladigan kiyim nazarda tutilgan.
Ibn Obidiyn rohimahulloh uzining «ad-Dur al-Mukhtor»ga qilgan sharhida dedi: ««Agar u tana shaklini bilintirib turishining farqi yuq» iborasi shuni anglatadiki, agar ushbu kiyim dumbaga yopishib tursa deganidir. Biroq agar kiyim qalin bulsa va uning ortidan ter rangini ajratib bulmasa, shuningdek agar u tana azolariga yopishib tursa va uning shaklini tana azolari kurinib turgandek kursatib tursa – hatto shunday bulsa ham bu namoz ravo bulmaydi degani emas. Chunki avrat hali ham yopilib turibdi». Ibn Obidiyndan iqtibos tugadi.
2 – Shofiiy mazhabi:
Imom Navaviy rohimahulloh «al-Majmu»da (3/176) aytadi: «Agar (teri) rangi bekilsa, ammo tana azosi kattaligi bilinib tursa, masalan, tizza yoki dumba va hokazolar, (bunday holatda) namoz ravo buladi. Chunki avrat bekilgan. Dorimiy va «al-Bayon» muallifi aytishdiki, agar tana shakli kurinsa namoz ravo bulmaydi. Biroq bu ochiq khatodir». Imom Navaviydan iqtobos tugadi.
3 – Molikiy mazhabi:
«Al-Favaki al-Davaniy»da (1/216) aytiladi: ««Agar odam bitta kiyimda namoz uqisa, namozi ravodir»: bu kerakli shartlarga javob beradi. Bu esa kiyimning biror narsani kursatmaydigan darajada qalin bulishligidir. Aks holda makruh buladi. Yana kiyim uning butun tanasini yopib turishi kerak. Agarda kiyim shakhsiyroq hisoblangan faqatgina avratni berkitib turadigan bulsa yoki avrat shaklini kursatib tursa, bunda (kiyimda) namoz uqish makruh buladi va agar etarlicha vaqt qolgan bulsa namozni takroran uqishi kerak buladi». Iqtibos tugadi.
Eslatib utmoqchimizki, avratni shaklini bilintirib turadigan kiyimda namoz uqishlik makruh, harom emas.
«Hoshiya ad-Dasuqiy»da aytiladiki, avrat shaklini bilintirib turadigan kiyimda uqilgan namoz ravo, ammo makruh buladi. Agar etarlicha vaqt qolgan bulsa namozni qayta uqib quyishlik mustahab buladi.
«Balgatul Salik»da (1/283) aytiladiki: «Mato qalin bulishi kerak, yani kurinishi shaffof bulmasligi kerak va umuman ichi kurinmasligi kerak yoki diqqat bilan qaraganda shaffof bulishi mumkin. Agar mato bir qaraganingdayoq ichi kurinadigan bulsa, bu khuddi uning bulmaganidek (yani bu khuddi yalongoch namoz uqiyotganingdek buladi, chunki u berkitmaydi). Ammo agar mato yakhshilab qaraganingda ichi kurinsa, agar vaqt bulsa u namozni qayta uqishi kerak buladi. Bu khuddi kiyim avrat shaklini bilintirib turganidek. Chunki bunday kiyimda namoz uqishlik, tugri qarashga kura – makruh». Iqtibos tugadi.
4 – Hanbaliy mazhabi:
Bahutiy rohimahulloh «ar-Raud al-Muroba»da (1/494) aytadi: «Kiyim badan shakli yoki qismini kursatmasin deyishlik shart hisoblanmaydi. Chunki bundan saqlanishning imkoni yuq».
Ibn Qosim rohimahulloh «ar-Raud al-Muroba»ga qilgan sharhlarida, yuqorida keltirilgan Bahutiy suzlariga quyidagicha izoh beradi: «Bu uch imom – Abu Hanifa, Molik va Shofiiy rohimahumullohlar ittifoq qilgan qavldir. Yani ushbu masaladagi imom Ahmadning qarashlari, uch boshqa imomlarning qarashiga muvofiq keladi».
Ibn Qudoma rohimahulloh «al-Mugniy»da (2/287) dedi: «Agar u rangni bekitsa, biroq shaklini kursatsa, namoz ravo buladi. Chunki bundan saqlanish imkonsiz». Iqtibos tugadi.
Mardaviy «al-Insof»da (1/471) dedi: «al-Majd ibn Taymiya dedi: Badanining qismi kattaligini kursatib turishi uchun kiyimga biror narsani boglashlik (masalan kamar) ayollar uchun makruh. Ibn Tamim va boshqalar aytishdiki: Beli atrofini biror narsa bilan boglab, masalan kamar va hokazo, namoz uqishlik ayollar uchun bu makruh». Iqtibos tugadi.
Shaykh Sayyid Sobiq rohimahulloh «Fiqhus Sunna»da (1/97) aytadilar: «Avratni yopadigan kiyim kiyishlik vojib, hatto u tor va avrat shaklini bilintirib tursa ham». Iqtibos tugadi.
Bu avratni bilintirib turadigan darajada tor kiyimda namoz uqishlik borasidagi ulamolarning suzlari edi. Ular ochiq-oydin aytishmoqdaki, bunday holatda namoz ravo buladi.
Biroq bu odamlarni tor kiyimda namoz uqishlikka targib qilinadi degani emas. Aksincha, ular tor kiyim kiymasliklari yoki unda namoz uqimasliklari kerak. Chunki bu namoz uchun qilinishi buyurilgan ziynatlanishga khilof buladi. Bu erda kuproq gap bu namoz ravomi yoki yuqmi degan masala ustida borgan.
Shaykh Solih Favzon agar ayol kishi avratining shakli kurinadigan darajada tor kiyimda namoz uqisa, uning namozi ravo, biroq u bu kiyimni kiygani uchun gunohkor buladi deb fatvo berganlar.
U kishi aytadilar: «Ayol kishi tana azosini, shaklini va dumbasini bilintirib turadigan tor kiyim kiyishligi joiz emas. Tor kiyim erkak kishi uchun ham, ayol kishi uchun ham joiz emas. Biroq bu ayniqsa ayollar uchun joiz emas. Chunki ularning holatida fitna kuproq.
YOlgiz holatdagi namozga kelsak, agar inson avrati yopilgan holda mana shunday kiyimda namoz uqisa, uning namozi ravo buladi. Biroq u tor kiyimda namoz uqigani uchun gunohkor. Chunki u tor kiyim kiyishlik bilan namoz talab qilgan buyruqlardan birini buzdi. Bu birinchi jihat. Boshqa jihat shuki, bu fitnaga sabab buladi va etiborni qaratadi, ayniqsa ayollar holatida. Shunday qilib, ayollar uzlarini keng kiyimlar bilan tusishlari kerak. U kiyim ularni bekitishi va badanlaridagi har qaysi azolarini kursatmasligi yoki etiborni jalb qilmasligi kerak. Aniqrogi, bu ayol kishini tuliq berkitadigan kiyim bulishi lozim». Iqtibos tugadi («al-Muntaqo min Fatava shaykh Solih al-Favzon» 3/454).
Bazi ulamolar Paygambar sollallohu alayhi va sallamning: «Kiyingan, ammo yalangoch ayollar» degan suzlarini, bu tor kiyim kiygan ayollarga qaratilgan deb sharhlashgan. Vallohu alam.
Alloh paygambarimizga, uning oilasi va sahobalariga salavotu salomlar yullasin.