Главная / Jamiyat / Nahotki Samarqandni boy berib quysak: Kuhna shahar qurilishlar tufayli YuNESKO ruykhatidan tushib qolishi mumkin
<

Nahotki Samarqandni boy berib quysak: Kuhna shahar qurilishlar tufayli YuNESKO ruykhatidan tushib qolishi mumkin

«Madaniyatlar chorrahasi» sifatida YuNESKOning butunjahon merosi ruykhatiga kiritilgan Samarqand shahrining tarikhiy qismi bu ruykhatdan uchirilishi mumkin. Bu haqda joriy yilning 30 iyunidan 10 iyuligacha Ozarboyjon poytakhti Boku shahrida bulib utadigan Butunjahon merosi qumitasining 43-sessiyasi arafasida tayyorlangan hisobotda qayd etilgan.

3bmnh5rnvyvqiaunkdq_x6gyuf1hkbfr

YuNESKO qoshidagi Butunjahon merosi markazi, IKOMOS (ICOMOS — International Council on Monuments and Sites — yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni saqlash buyicha khalqaro kengash, IKKROM (ICCROM — International Centre for the Study of the Preservation and Restoration of Cultural Property — madaniy yodgorliklarni saqlash va restavrasiya qilish buyicha khalqaro tadqiqot markazi)

Shaharning tarikhiy markazida barpo etilayotgan kupqavatli yangi binolar madaniy qiymatga ega tarikhiy binolarga zarar etkazmoqda.

Shuningdek, 2022 yilda Samarqandda tashkillashtiriladigan Shankhay Hamkorlik Tashkiloti sessiyasi uchun barpo etiladigan yangi mehmonkhonalarning joylashtirilishi, uning uchun maydonlar ajratilishi hanuz YuNESKO bilan kelishilmagani qayd etilgan.

Butunjahon merosi markazi, IKOMOS va IKKROMning tahlili va khulosalarida turli-tuman infrastruktura va turistik obektlarning qurilishi rejasi, jumladan, ShHT-2022 sammitini utkazish uchun zarur binolar va kupfunksiyali «Samarqand siti» loyihasi obekt, bufer zonasi uning tashqarisida buzish va qayta rejalashtirish ishlari utkazilishi ularni tashvishga solmoqda.

«Boshqaruvchi prinsiplar, bosh reja, yangilangan boshqaruv rejasi va boshqa yuriqnomalarni ishlab chiqishdagi pozitiv qadamlarga qaramasdan, bu ishlar yakunlangach yirik loyihalar amalga oshirilib, shahar tarikhiy markazida va bufer zonasida tiklab bulmas uzgarishlarga olib kelishi va obektning OUV (Outstanding Universal Value) — ustuvor umumjahon qiymatiga salbiy tasir utkazishi mumkin.

Bundan tashqari, bu borada amalga oshirilayotgan ayrim loyihalarda aholi turarjoylarini standartlarga tugri kelmaslik vaji bilan qayta taqsimlash kuzatilmoqda, biroq aniq hududlar va ijtimoiy oqibatlar kursatib utilmagan. Bu fakt qurilish ishlari ustidan doimiy kurik va urnatilgan tarzdagi nazorat etarli tarzda amalga oshirilmagani, tizimli jarayonlarni joriy etish zaruriyati borligini kursatadi.

Taassuf bilan qayd etish lozimki, Qumitaning surovlariga qaramasdan, Qumita va Butunjahon merosi markaziga ustuvor umumjahon qiymatga salbiy tasir utkazishi mumkin bulgan restavrasiya va yangi qurilish ishlari buyicha qaror chiqarishdan avval bildirish jarayoniga belgilangan tarzda rioya qilinmagan.

Shunday qilib, taklif etilayotgan va joriy loyihalarning tezligi, shuningdek, ShHTning 2022 yilgi sammitigacha qurib bitkazish zaruriyati etarli tarzdagi boshqaruv prinsiplari, yuriqnomalari va vositalari yuqligi bilan birgalikda obektning OUV (Outstanding Universal Value) — ustuvor umumjahon qiymatiga tahdid uygotmoqda, deyiladi khulosada.

Ishtirokchi davlatga zudlik bilan sanab utilgan masalalarni oliy darajadagi uchrashuvgacha qisqa vaqt qolganini inobatga olib chuqurlashtirilgan tarzda urganish va qurilish ishlariga rukhsatnoma berishni tartibga solish tavsiya etilgan.

Mazkur masalaga aniqlik kiritish uchun Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish buyicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Samarqand va Jizzakh viloyatlari buyicha hududlararo Davlat inspeksiyasi boshligi Maysara Nabiraevaga qungiroq qilib ulanishning imkoni bulmadi.

YuNESKO talablariga kura, uning ruykhatidagi obektlarda baland va kup qavatli bino va inshootlarni qurish nafaqat muhofaza qilinuvchi hududlarda, shuningdek bufer zonalar deb ataluvchi yondosh hududlarda ham taqiqlanadi. Bunday belbogdagi yangi qurilishlar madaniy meros obektlariga soya solmasligi kerak. Biroq, bugungi kunda khalqaro tashkilot muhofazasi ostidagi Samarqand shahri markazida turli elitali turar joy majmualari barpo etilmoqda.

Maysara Nabiraeva «Khalq suzi» gazetasiga bergan intervyusida bu madaniy meros saqlanishi uchun barcha masul ekani haqida gapirgandi.

— Qadimiy shahrimizning unikalligini shu fakt ham tasdiqlamoqdaki, YuNESKOning Butunjahon madaniy merosi ruykhatiga 4300 gektardan ortiq maydondagi osori-atiqalar kiritilgan, — deydi Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish buyicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Samarqand va Jizzakh viloyatlari buyicha hududlararo Davlat inspeksiyasi boshligi M.Nabiraeva. — Bu nafaqat butun jahonga mashhur memorchilik durdonalari, islom madaniy yodgorliklari, shuningdek tarikhan paydo bulgan turarjoy kvartallari hamdir. Gap nafaqat Temuriylar davri obektlari, shuningdek XIX asr okhiri — XX asr boshlaridagi Evropa uslubidagi qurilishlar haqida ham bormoqda. Bu madaniy merosimizning kup qirrali ekanligidan dalolat beradi, ularning saqlanishi uchun butun jahon oldida masulmiz.

Shahar hokimligi bizning mutakhassislarni jalb qilishsa ham, ularning tavsiyalari beetibor qoldirilmoqda, deya davom etgan M.Nabiraveva. — Masalan, eskirgan va nurab qolgan sobiq shahar khalq talimi bulimi urnida bu joyning tarikhiy hududligini inobatga olib, biz ikki qavatdan ortiq bulmagan obekt qurilishiga rukhsat berganmiz. Biroq bu erda etti qavatli elitali turar joy binosi qad kutargan.

«Samarqandga ushbu ertak-shaharni tomosha qilish uchun yuz minglab khorijiy sayyohlar kelishmoqda. Ularga 10 yildan keyin nima kursatamiz? Ayni paytda kuplab mehmonkhonalar qurilmoqda. Biroq ayni paytdagi hukmron bulgan, shaharni uzining tarikhiy nuqsidan mosuvo qiladigan shaharsozlik siyosatida mehmonkhonalar hech kimga kerak bulmay qoladi», deyiladi nashr maqolasida.

Darhaqiqat, bunday voqealardan keyin Samarqandda kimlardir shaharni YuNESKO ruykhatidan chiqarishdan manfaatdor, deb uylab qolasan kishi. Ularning hakalak otgan nafsini ayni paytda usha YuNESKOgina tiyib turibdi. Qadimiy shahar YuNESKO ruykhatidan chiqsa — ular kungliga kelgan va istagan ishini qilishga tayyor.

О нас

Яна маълумот

BPG-QxVAp4Vmca626OtLF2BXmuWOPSkq

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etmoqda, ammo pasayish surati sekinlashmoqda

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etayotgan bulsa-da, mintaqada uning pasayish surati sekinlashgan. Qashshoqlikning eng …