billi-de-blazioNyu-York meri Bill De Blazio AQSh prezidenti Donald Trampning qashshoq davlatlardan bulgan migrantlarga nisbatan siyosatiga qarshi tashkillashtirilgan marshda ishtirok etdi.

“Bugun shu erga kelgan har bir inson usha, biz orzu qilgan va khohlagan Amerikani qullab-quvvatlaydi. Bu er barcha uchun, hamma hurmat qilinadigan joy”, – deya aytib utdi De Blazio yigilganlarga sahnadan murojaat qilib.

Trampning bazi davlatlardan bulgan migrantlar haqidagi gaplariga norozilik sifatida tashkil etilgan aksiya Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydonida bulib utdi. Aksiya: “Irqchilikka qarshi marsh: Haiti va Afrikani qullab-quvvatlang” shiori ostida tashkil etildi. Kuplab ishtirokchilar Tayms-skverga Haiti hamda AQSh bayrogi bilan kelishgan.

Trampning dunyo hamjamiyatining keskin munosabatiga sabab bulgan suzlari uning Oq uyda kongressmenlar bilan uchrashuvi davomida yangragan. Malumotlariga kura, senator-demokrat Dik Durbin immigrasiya muammosini muhokama qilish vaqtida Haitini eslaganda, Tramp nima uchun kimdir AQShga Haiti va Afrika davlatlari kabi “qulansa”dan muhojirlar kelishini istashini suragan.