Главная / Iqtisodiyot / Munozara davom etadi: Qora bozorni yuq qilish haqida
<

Munozara davom etadi: Qora bozorni yuq qilish haqida

Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori, iqtisodchi Yuliy Yusupov khorijiy valyutani noqonuniy almashtirganlar uchun jinoiy va mamuriy javobgarlikni kuchaytirish mavzusida navbatdagi maqolasini taqdim etdi.

05

Markaziy bank departamenti direktori Bobur Abubakirov «banklar khorijiy valyutani jismoniy shakhslarga cheklovlarsiz sotayotgani bois» qora bozor paydo bulishiga olib keladigan monetar sabablar «yuqligi»ni malum qildi. Valyuta qora bozorining mavjudligi «qora» va «kulrang» import borligi bilan izohlanmoqda.

Avvalo shuni aytmoqchimanki, Markaziy bankning keyingi bir yarim yildagi say-harakati va siyosatiga hurmat bilan qarayman. Kuplab real islohotlar va oldinga siljishlar: valyuta bozorining liberallashuvi, bank faoliyatini mamuriy boshqarish usullaridan muntazam ravishda voz kechilishi, inflyasiyani jilovlash siyosati uchun aynan Markaziy bankdan minnatdor bulishimiz kerak. Ammo aytishadi-ku, «Aflotun mening dustim, ammo haqiqat ustunroq» deb.

Menimcha, janob Abubakirovning suzlarida mantiqiy qarama-qarshiliklar bor. U jismoniy shakhslar valyutani cheklovlarsiz sotib olishlari mumkinligini takidlamoqda. Faqat buni uning nazarida cheklov hisoblanmaydigan konversion karta orqali amalga oshirish lozim. Boshqa tomondan esa, u savdogarlar va kontrabandachilar naqd valyutani qora bozordan sotib olishni maqul kurishlarini aytmoqda.

Agarda konversion karta orqali valyuta sotib olishga cheklov bulmasa, unda nega ular valyutani bankdan sotib olishmayapti? Demak, bu baribir cheklov bor ekanligini bildiradimi? Va aynan mana shu narsa oddiy odamlarni (nafaqat kontrabandachilarni) qora bozorga borishga majbur qilmoqda.

Boshqa savol: agar Markaziy bank aholining valyuta sotib olishini cheklamoqchi bulmasa, unda nima uchun shu paytgacha (amaldagi operasiyalar buyicha konvertasiya joriy etilganiga bir yildan oshdi!) valyuta naqd kurinishda sotilmayapti? Nima uchun Markaziy bank odamlarga valyutani konversion kartasiz naqd sotib olishga rukhsat bermayapti? Mana shu savolga aslo javob ololmayapmiz.

Va nihoyat, uchinchi savol. Ayirboshlash punktlari etishmagani sababli odamlar kupincha bankka emas, qora bozorga borishadi. Nima uchun markaziy bank khususiy ayirboshlash punktlari faoliyat olib borishi uchun lisenziya bermayapti? Bunda qanday muammo bor?

Va yana bir muhim jihat. Valyuta qora bozorining mavjudligi muammo hisoblanmaydi! Ammo unga etibor qaratish kerak. Nega?

Birinchidan, har qanday qora bozorning mavjud bulishi mazkur bozor qatnashchilarining oldi-sotdi ishlarini rasman amalga oshirishda malum bir qiyinchiliklarga duch kelishayotganidan guvohlik beradi. Bu uz-uzidan, iqtisodiyotning meyorida faoliyat kursatishi uchun yomon holatdir. Biz kurib chiqayotgan holatda bu qiyinchiliklar masalan, naqd valyuta sotib olish mekhanizmi noqulayligi (kartochka orqali valyuta sotib olishda vaqt va pul yuqotilishi) yoki ayirboshlash punktlarining etarli emasligi va noqulay joydaligi yokhud odamlarning bank tizimiga ishonmasliklari va boshqa sabablar bilan bogliq bulishi mumkin. Qora bozorning mavjud bulishi – bu kasallik emas, simptom. Va buni anglashga hamda bu sabablarni bartaraf qilishga urinish kerak.

Ikkinchidan, valyuta qora bozori kupincha turli jinoiy skhemalar zanjiridagi halqalardan biri buladi. Masalan, kontrabandada. Ammo menimcha, bu holatda ham valyuta qora bozori bilan emas, balki tadbirkorlarni import mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga majbur qilayotgan sabablar bilan kurashish kerak. Va bu sabablar yakhshi malum: yuqori bojkhona tulovlari va soliqlar. Janob Abubakirov bu haqda mutlaqo tugri gapirmoqda. Shunga muvofiq, valyuta sotuvchilar va sotib oluvchilarga qarshi emas, qonuniy faoliyat olib borishni befoyda mashgulotga aylantiradigan, tadbirkorlarni «soya»ga utishga majbur qilayotgan «uyin qoidalari»ga qarshi kurashish kerak.

Bu erda yana bir katta anglashilmovchilik haqida ham eslab utish joiz. Kupchilik biz soliq va bojkhona tulovlarini qanchalik pasaytirmaylik, biznes olib borish uchun tusiqlarni qanchalik olib tashlamaylik, yashirin iqtisodiyotni baribir engib bulmaydi deb hisoblaydi. Chunki eng past miqdordagi soliqni tulagandan umuman soliq tulamaslik yakhshiroq. Jazolarni kuchaytirish va mamurchilikka tayanish shuning ortidan kelib chiqyapti. Odamlarni faqatgina kuch va qatiylik bilan qonunlarga itoat etishga majbur qilish mumkin deb hisoblanmoqda.

Bu esa khato. Aslida noqonuniy faoliyat bir qarashda kuringanidek, u qadar iqtisodiy foydali emas.

– Noqonuniy faoliyat olib boruvchilar daromadi, mulki, ozodligidan mahrum bulishdan qurqib, doimo «pichoq tigida yurishadi». Gapimga qushilavering, kupchilikka doim qurquvda yashagandan kura past miqdordagi soliqlarni tulash foydaliroq va qulayroq. Agar ular bunday qilishmayotgan bulsa, demak, mavjud soliq va bojkhona tulovlari biznes yuritishga imkon bermayapti.

– Noqonuniy faoliyat yurituvchilar, ularning mulki va faoliyati qonun va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan himoya qilinmaydi. Buning urniga ularga jinoiy tuzilmalar va korrupsiyachi amaldorlar yopishadi. Yani, soliq urniga «boj» tulashlariga tugri keladi.

– Noqonuniy faoliyat yurituvchilar uz biznesini sota olmaydi, arzon kredit ololmaydi, faoliyati yoki mulkini sugurta qilolmaydi. Qonuniy tadbirkorlarda kharajatlarni kamaytirish va biznesi samaradorligini oshirish uchun kuplab imkoniyatlar mavjud. Va ular noqonuniy yuldan foydalanishmaydi.

Shuning uchun davlat tadbirkorlarga qulay muhit yaratish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirishni asosiy vazifasi deb bilsa, u holda rasmiy soliq va soliqdan tashqari tulovlarni noqonuniy biznes yuritishdagi kharajatlardan pastroq darajaga tushirishi kerak.

Mana shu yashirin iqtisodiyot muammosini hal qilishning tub echimi buladi. Bu muammo simptomlari bilan kurashish emas, sabablarni bartaraf qilish yuli buladi.

Shu bois biznes yuritish kharajatlarini qisqartirish (hamda yashirin iqtisodiyot miqyosini qisqartirish) uchun mamlakatning barcha iqtisodiy idoralari – Markaziy bank, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari va boshqalar tomonidan kompleks va uzaro muvofiq choralar kurilishi lozim buladi.

О нас

Яна маълумот

yHP1wFl9FzzoqJN70ePKaaWkVjSwps51-1

Universitet filiallari, klinikalar va investisiyalar. Turkiyaga tashrifi yakunlari

20 fevral kuni Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasiga safari dasturidan urin olgan bir qancha …