Главная / Madaniyat / Munosabat: Hukumat mamlakatda favqulodda holat elon qilishi kerak
<

Munosabat: Hukumat mamlakatda favqulodda holat elon qilishi kerak

Koronavirus pandemiyasi khavfi ortib borishi bilan qator davlatlarda favqulodda holat elon qilindi. Uzbekiston hukumati makhsus komissiyasi tatbiq etayotgan chora-tadbirlar ham favqulodda holat sharoitida qabul qilinadigan qarorlardan chetda emas, aslida. Shunday ekan, favqulodda holat elon qilishning hukumat va khalqqa qanday nafi bor?

Foto: KUN.UZ

Favqulodda holat deganda davlatning butun hududida yoki uning alohida hududlarida barcha tashkilotlar uchun alohida huquqiy rejim bulib, mamlakatda yashab turgan barcha shakhslar huquq va erkinliklarini, jamoat birlashmalarining huquqlarini cheklashga, shuningdek, ularga qushimcha majburiyatlar yuklash kabi choralar belgilanishi mumkin bulgan, fuqarolarning hayoti va khavfsizligiga yoki davlatning konstitusion tuzumiga bevosita tahdid soladigan, favqulodda choralarsiz ularni bartaraf etish mumkin bulmagan holatlar majmui tushuniladi.

Favqulodda holat elon qilinishida muayyan khavfga qarshi kurashuvchi hukumatning tezkor qaror qabul qilish imkoniyati oshadi, maqsadga erishishi osonlashadi. Masalan, tahdid va khavfga qarshi kurashda moliya-byudjet yuritish ishida mustaqillik qulga kiritiladi. Bundan tashqari, mavjud qonunchilik normalarini cheklab, vaqtincha tartiblar urnatilishi mumkin.

Birinchidan, virus khavfini bartaraf etish uchun mavjud resurs va tekhnikalarni safarbar etishdagi byurokratiya chetlab utiladi. Masalan, byudjet pullari allaqachon tasdiqlangan, shuningdek “ichki chuntakdagi” jamgarma pullaridan ham turli maqsadlarda foydalanish imkoniyati keng emas. Favqulodda holat elon qilingan taqdirda, hukumatning byudjet va boshqa moliyaviy manbalarni boshqarish erkinligi oshadi. Qolaversa, mavjud tekhnika va ishchi kuchini safarbar etishda idoralararo byurokratiya chetlab utiladi.

Ikkinchidan, virus khavfi keng tarqalib, avj olsa, davlat tomonidan fuqarolar shakhsiy huquq va erkinliklari cheklanishi kuzatiladi. Bunda aholi jamoat joyida bemaqsad bulgani, karantin tadbirlari tartibini buzgani uchun jazolanishi mumkin. Boshqa nigohdan baho berilsa, qonunlarda belgilangan normalar ham buziladi: inson huquq va erkinliklari poymol etilishi mumkin. Shuning uchun, favqulodda holat elon qilinishi bilan davlat va jamiyatda “qul boshqaruvi”ga utish zarur. Bunda parlament qullab-quvvatlovi talab etilmaydi va hukumat makhsus komissiyasi paydo bulgan khavf davri uchun vaqtincha dekretlar qabul qiladi. Shu paytga qadar urnatilgan tartib va qonunlar makhsus komissiya dekretlari bilan vaqtincha amal qilmasligi yokhud uzgartirilishi mumkin.

Uchinchidan, qabul qilingan khalqaro norma va rivojlangan ayrim davlatlar tajribasida mamlakat harbiylari, khususan armiya kuchlaridan ichki ishlarda foydalanish taqiqlangan. Shunga qaramay, favqulodda holat elon qilingan taqdirda hukumat armiya kuchlarini ham mahalliy hokimlik va idoralarga kumak berish uchun safarbar etishi mumkin. Buning misoli harbiy tibbiy gospitallar qurilishi, karantinga olingan hududlarni quriqlash hamda aholi tinchligini taminlash maqsadida postlar tashkil etishda kurinadi.

Khulosa qilib aytganda, koronavirus pandemiyasi tarqalishiga kurash fonida hukumat murakkab qarorlar qabul qilishga majbur, ammo u uz sharoit va imkoniyatini favqulodda holat elon qilgan holda kengaytirishi mumkin. Virus nafaqat mamlakat aholisiga, balki bir vaqtning uzida iqtisodiyotga ham kuchli zarbalar bermoqda. Hukumat esa khalq osoyishtaligini taminlash, shu bilan birga, iqtisodiyotga etayotgan zararni kamaytirishga intilishi lozim.

О нас

Яна маълумот

Islomda tijorat, savdogar va kharidor odobi. Rahmatulloh qori Sayfuddinov bilan suhbat

Islomda tijorat odobi qanday? Paygambarlar shugullangan sharafli kasb egalari nima uchun nafsini ustun quymoqda? Kharidor …