Главная / Madaniyat / Muhabbat, ishq va rashk

Muhabbat, ishq va rashk

muhabbatBu uch tuyguning insonlar qalbida uz urni bor. Har kim ulardan uziga yarasha jabr kuradi. Shunday bulsa-da, ular borasida keragicha suzlagan, ularning shariy mano va chegarasini bayon qilib, inson qay holda ularni poymol qilishi yo undan chiqib ketishini kursatgan biror kishini topmadik. Balki, bu haqda gapirishga, ular razolat, zino va buzuqlikka aloqador, degan uy tusiq bulgandir. Bu uy khatodir. Zero, insonlar bu uch tuygu bilan uzaro boglanadilar. Bu uch tuygu nomus va sharafni saqlash boisidir. Binobarin, ularning chegarasini, nodir, yakhshi va yomon jihatlarini kursatib utishni lozim kurdik.

1. Muhabbat.

      Muhabbat qalbning mahbubga maylidir. Muhabbat kungil ishi. U zohiriy azolarning ishi emas. Oila er-khotin urtasidagi muhabbat va maylga asoslangandagina bakhtli va mustahkam buladi. Kurish muhabbat kalitidir. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uylanmoqchi bulgan yigitni bulajak qalligini kurishga undadilar. Imom Ahmad va Nasoiy Mugiyra ibn Shuba roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Men, – deydilar Mugiyra, – bir ayolga sovchi quygan edim. “Uni kurdingmi?” deb suradilar Paygambarimiz. “Yuq”, dedim. “Uni kurgin. Zero, kurish urtalaringda mayl paydo qiladi”, dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam”.
Kup kishilarning, khususan, yoshlarning muhabbat mavzusida suzlashishdan tortinishlarini bilamiz. Kuplar bu haqda gapirishni hatto, harom deb uylaydi. Shuning uchun bu mavzu qarshisida gunoh hissini tuyishadi, uzlarini gunohkor hisoblashadi. Agar qalbi birovga moyil bulgudek bulsa, gunoh qilganday tuyuladi.
Haqiqatda ularning muhabbat va muhabbatdan unadigan er-khotin urtasidagi munosabatlar haqidagi tushunchalari aralashdir. Muhabbat shiori ostida qonunsiz aloqa qiladigan, birga utiradigan, tunlarni bedor utkazadigan, uyin-kulgu qiladigan, ichadigan va hatto zino qiladigan buzuq er va ayollarni kurganlar muhabbatni gunoh deb hisoblashadi. Zero, ular muhabbat faqat shunaqa ishlarga olib keladi, deb uylashadi. Aslida esa unday emas. Butunlay aksidir. Erkakning ayolga va ayolning erkakka mayl qilishi nafs istaklaridan biri. Alloh taolo inson qalbini u bilan band qilgan. Oli Imron surasi 14-oyati mazmuni bunday: “Odamlarga ayollar, farzandlar, uyum-uyum oltin-kumushlar, saman otlar, chorva va ekinlarga nisbatan mehr quyish ziynatli qilib quyildi…”.
Inson qalbini bu istaklarga moyil va unga band qilgan Zot Alloh zuljaloldir. Inson ularga qattiq muhabbat qiladi. Imom Ahmad, Nasoiy, Hokim va Bayhaqiy bunday rivoyat qiladilar. Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Dunyoyingizdan men uchun ayollar, khushbuyliklar suyuklidir. Kuzim quvonchi namozdadir”, deganlar. Erning ayolga va ayolning erga muhabbati bulmaganida, uylanish ham, zurriyot ham, oila ham bulmas edi.
Ammo Alloh taolo erkakka ayolni, ayolga erkakni ular urtasida harom aloqalar yuzaga kelishi uchun suyukli qilmadi. Balki ular urtasida qonuniy aloqalar yuzaga kelishi uchun birini-biriga suyukli qildi.
Ibn Moja Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Sevishganlar uchun nikohdek maqsadga muvofiq narsa yuq”. Alloh taolo musulmonlarga buzuq yullardan saqlanish uchun avvalo kuzni tiyishni buyurdi. Zero, kurish qalb kalitidir. Khato va buzuqlikka olib boruvchi barcha yullarni, begona ayol bilan yolgiz qolish, taqalib turish, qul olishish, ayol va erkakning uzaro upishishi kabi yullarni harom qildi. Bu ishlar qalb mayliga sabab buladi. Qalb mayl qilgach, nafsni jilovlash uta mushkul buladi. Alloh taolo rahm qilganlargina uzlarini tiyib qolishlari mumkin.
Inson qalb mayli uchun gunohkor bulmaydi. Ammo qalb maylining boisi harom bulsa, undan sung keladigan harom ishlari uchun gunohkor buladi. Masalan, erkak va ayol bir-birlari bilan nigoh almashsalar, yo tanho qolsalar, yo utirib suhbat qursalar, sung qalblari bir-birlariga moyil bulib sevishsalar, bu qilgan ishlar uchun, shuningdek, undan sung qiladigan barcha harom ishlari uchun gunohkor buladilar. Ammo mayl uchun emas, zero, u qalbga bogliq, inson qalbini boshqarolmaydi.
Ammo pok, tanho sevgi uchun gunoh yuq, balki savob bor. Suyutiy kabi bazi ulamolar bunday deyishgan: “Sevgini yashirgan iffatli oshiq ajr oladi”. Insonni turli bakhtsizliklarga duch aylaydigan muhabbat tuzogidan qalbni asrashning eng yakhshi yuli uning barcha boislariga yaqinlashmaslikdir. Faqat ozchilik odamlargina bunga muvaffaq buladilar.

2. Ishq.

     Haddan oshgan muhabbat ishqdir. Iffatli ishq va buzuq ishq buladi. U faqat bir khilda, buzuq va yomon ishq bulmaydi. Oshiq uz pokligi va iffatini saqlagan yo tuban va buzilgan bulishi mumkin. Ishq ham muhabbat kabi inson boshqara olmaydigan kungil ishlaridandir. Ammo inson unga olib borgan harom yullar va bundan kelib chiqqan harom ishlar uchun javob beradi. Iffatli ishq va uni odamlardan pinhon tutishda ajr bor. Tahoviy: “Maroqil-faloh” hoshiyasida Suyutiydan naql qiladi: “Iffatli, ishqni yashirib ulgan kishi, agar uning sababi harom bulsa-da, okhiratda shahidlar qatorida buladi”.
Suyutiy suzlarining manosi bunday: “Oshiq, er yo khotin bulishidan qati nazar, ishqida iffatli bulsa va mashuqiga etolmaganidan uni yashirsa va sabr etsa, ishqi tufayli ulsa, okhiratda shahidlar ajriga etishadi”.
Biz oshiqning sabrini haqiqiy baholay olsak, bu ajablanarli tuyulmaydi. Zero, u istagi ortidan chopadigan buzuq oshiq emas, insonlar qadrini poymol etuvchi pastkash ham emas. Balki u qalbida notinchlik va mashuqiga intizorlik bulishiga qaramay, sabrli va iffatlidir, nafsining jilovini tutgan, azolarini boshqargandir. Uning azolari nazoratdan chiqib ketmagan. Ammo qalbini uzgartirolmaydi, unga molik emas. Shuning uchun sabr qiladi, iffat va ishqini yashirish bilan uzini asraydi. Buning uchun ajr oladi.

3. Rashk.

    Insonning uz haqqiga boshqaning sherik bulishini yomon kurishi rashkdir. Rashk muhabbatdan kelib chiqadi. Kishi yakhshi kurganini rashk qiladi. Rashk, erkakka ham, ayolga ham birday yakhshi sifat va oliy khislat hisoblanadi. Shubhasiz, ayol rashk qiladi. U eri uning ustiga khotin olmoqchi bulganida qattiq gazablanadi. Bu undagi tabiiy hol. U eriga tanho uzi egalik qilishni istaydi. Zero, uni sevadi. Sevmasa edi, parvo qilmasdi.
Alloh taolo mumin bandalariga jannatda ato etadigan hurlar khususida musulmon ayollarga shu gaplarni aytamiz: musulmon ayolning rashk qilib, muminlar uchun jannatda hurlar borligini inkor qilishi yo yoqtirmasligi mumkin emas. Chunki u, birinchidan, eri bilan jannatda birga bulishi yo bulmasligini bilmaydi. Ikkinchidan, jannatda dunyoda bulganidek, rashk bulmaydi. Uchinchidan, Alloh taolo jannatda ayollarga ham, biz tafsilotini bilmaydigan, ularni rozi etadigan nematlar ato qiladi. Kuz kurmagan, quloq eshitmagan, inson khotiriga kelmagan nematlar bor jannatda. Sajda surasining 17-oyati mazmuni bunday: “Bas, ularning qilib utgan amallariga mukofot uchun yashirib quyilgan kuzlar quvonchini (okhirat nematlarini) hech kim bilmas”.
Mumin va muminalar istagan nematlarini va kungil tusagan narsani jannatda topadilar va tula rozi buladilar. Ular jannat nematlari va Alloh taolo rahmatiga etish uchun yakhshi amal qilishlari kerak.
Erkak aqli va nomusini himoya qilishi kerak, bu unga vojibdir. Nomus va sharafni rashk etish erkak burchidir. Bu rashk oilada Alloh rozi bulmagan narsaning bulishiga yul quymaydi. Khotini va qiziga rashk qilgan er ularning begona erkaklar oldida yalangochlanishiga, sharmandalik va hazil-mutoyiba qilishiga, ular bilan aka-uka yoki farzanddek muomala qilishiga yul quymaydi.

Savollar va javoblar

Savol. Ota-onasi berishni istamasa, qizni olib qochsa buladimi?

Javob. Yuq. Bu biror holda ham mumkin emas. Bu sharafga nomunosib va shariat hukmiga zid ishdir.

Savol. Yigit bir qizni yoqtirib qolsa, unga: “Menga yoqib qolding”, “men seni yakhshi kuraman”, “senga sovchi yuboraman”, deyishi mumkinmi?

Javob. Ha, mumkin. Qiz ham yigitga shunday desa buladi.

Savol. Odatda yigit qizga sovchi yuboradi. Lekin qiz ham, tegishini taklif qilib, yigitga sovchi quyishi mumkinmi?

Javob. Mumkin. Ammo yakhshisi, bu ishni qizning urniga, uning yaqinlaridan biri bajargani maqul.

Savol. Unashtirilgan yigit va qiz unashishni buzishlari mumkinmi?

Javob. Ha, nikohlanmagan bulsalar, ularning har biri unashashni buzishi mumkin. Ammo yigit unashib, sung buzishni yakhshi kuradigan, qizlarni maskharalashni qasd qilgan toifadan bulsa, gunohkor va pastkashdir.

Savol. Unashganlik belgisi sifatida mashhur bulgan uzukni taqishning hukmi nima?

Javob. Yigit va qizning unashtirilgan yo turmush qurgani alomati sifatida taqiladigan uzuk tilladan yo kumushdan buladimi, ayollar uchun ziynat va bezak niyatida joiz. Erkakka esa tilla uzuk taqish aslo mumkin emas. U kumush uzuk taqsa buladi.

Muhammad Ahmad Kanonning “Er-khotinlik asoslari” kitobi asosida tayyorlandi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …