Главная / Jamiyat / Muborak hokimiga Oliy suddan yuqoriroq organ qarori kerak. YOkhud Javliev bir yil keyingi voqealarni oldindan sezgan(mi?)
<

Muborak hokimiga Oliy suddan yuqoriroq organ qarori kerak. YOkhud Javliev bir yil keyingi voqealarni oldindan sezgan(mi?)

Foto: Muborak tumani hokimligi

Sarlavha atay burttirilmadi, mubolaga qilinmadi. Sababi, Oliy sud fuqaro foydasiga hal qilgan ish uch oydirki, Muborak tumani hokimligi tomonidan etiborsiz qoldirilmoqda.

Aslida etiborsiz qoldirilyapti, deyish ham unchalik tugri emas. Hokimlik Oliy sud qarorini qasddan ijro qilmaslik va erni fermerga qaytarib bermaslik uchun astoydil bel boglagan kurinadi.

Keling, voqealarni biroz avvalroqdan hikoya qilsak…

«Agro star-invest» fermer khujaligi 2014 yilda tashkil etilgan bulib, pakhta va gallachilik yunalishiga ikhtisoslashgan. 62 gektar er maydoniga ega.

Muborak tumani hokimi G.Javliev 2019 yilning 22 yanvarida qaror qabul qilib, «Agro star-invest» fermer khujaligining er maydonini Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi maqbullashtirishga oid 14-sonli qarorini bahona qilib, tuman zakhira fondiga qaytargan.

Fermer khujaligi va hokimlik urtasidagi er uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish tugrisidagi shartnomani bekor qilib, tuman zakhira fondiga qaytarishda qonun hujjatlari qupol ravishda buzilgan.

Huquqlari poymol bulgan fermer hokimning qarorini haqiqiy emas, deb topishni surab dastlab Muborak tuman mamuriy sudiga ariza kiritadi. Sudning 2019 yil 20 maydagi hal qiluv qarori bilan uning arizasi qanoatlantirishdan rad etilgach, shu sudning viloyat instansiyasiga apellyasiya tartibida shikoyat kiritadi. Lekin, apellyasiya instansiyasi ham hokimning qarorini haqiqiy emas deb topishga asos yuq, degan khulosaga keladi.

Qashqadaryodagi sudlardan hafsalasi pir bulgan fermerning muammolari nihoyat Oliy sudda ijobiy echim topdi.

Uzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 11 oktyabrdagi qarori bilan Muborak tuman mamuriy sudining 2019 yil 20 maydagi hal qiluv qarori va Qashqadaryo viloyat mamuriy sudi apellyasiya instansiyasining 2019 yil 20 iyundagi qarori bekor qilinadi.

Muborak tuman hokimining 2019 yil 22 yanvardagi Kh-287/01-sonli qarori haqiqiy emas deb topilib, hokim zimmasiga shu qarorning oqibatlarini bartaraf etish majburiyati yuklatiladi. Bundan tashqari, hokimlik hisobidan «Agro star-invest» fermer khujaligi foydasiga davlat boji uchun tulangan 4 mln sumni undirish belgilanadi.

Hokim Oliy suddan «yuqori» organni izlamoqda

Fermer Oliy sud qaroridan sung barcha muammolar hal buldi, deb uylagan edi. Biroq chuchvarani khom sanaganini keyinroq tushunib etdi.

Dastlab, sud qarori uz-uzidan ijro etilishini kutgan «Agro star-invest» fermer khujaligi rahbari Zayniddin Qurbonov, amalda bunday bulavermagach sud qarorini ijro etilishini surab tuman hokimiga khat bilan murojaat qildi.

Ammo murojaatiga juda galati mazmunda javob khati oldi.

Tuman hokimi imzolagan javob khatida quyidagi suzlar bitilgan edi:

Oliy sudning 2019 yil 11 oktyabrdagi qarori ustidan yuqori lavozimli organ rahbarlari nomiga shikoyat arizasi junatilganini malum qilamiz.

Lekin, khatda «yuqori lavozimli organ» kim yoki qaysi tashkilot ekani haqida yozilmagan. Har qancha urinsakda Oliy sud qarorini bekor qilib tashlay oladigan «yuqori lavozimli organ rahbarlari» kimligini bilish bizga nasib etmadi.

Qiziq-a, shunday emasmi?

Nahotki Uzbekiston Respublikasi Bosh qomusining 114-moddasida sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korkhonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shakhslar va fuqarolar uchun majburiy etib belgilab quyilganidan Muborak tuman hokimi yoki unga mazkur khat loyihasini tayyorlab bergan masul khodim bekhabar bulsa.

Oliy sud qarori va fermer arosatda

Mana, bir yildan oshyaptiki fermer ersiz, uch oydirki Oliy sud qarori ijrosiz, arosatda qolmoqda.

Bu orada fermer boshlagan loyihalarini amalga oshirolmay, kundan-kunga iqtisodiy tomondan orqaga ketyapti.

Hozirgi vaqtda Z.Qurbonovdan qaytarib olingan erda «Mahmadamin Shohjahon», «Khurrambek Nurbek Eldorbek» fermer khujaliklari faoliyat kursatyapti. Murojaatchining aytishicha, bu ikki fermer khujaligida zarur tekhnikalarning uzi yuq.

Bunga hokimning uzi nima deydi?

 Muborak tumani hokimi Gayrat Javliev bilan telefon orqali muloqot qildik.

«Bugun erni undan samarali foydalanadigan haqiqiy egalarini topib berish bizning ham maqsadimiz. Ochigini aytaman, ushbu fermer khujaligi rahbari qushni Guzor tumanida istiqomat qiladi. Shuning uchun ham kuplab yigilishlarimizda qatnasha olmaydi. Viloyatdan surab qolishadi, yuqlama qilishadi, shunday vaqtda qushni tumandan etib kelolmaydi. Eriga qaramaydi. Eng asosiysi, endi men khohlaganim bilan ham erni unga berolmayman. Chunki bu hududlar Vazirlar Mahkamasining qarori bilan klaster uchun ajratilyapti», – dedi G.Javliev.

Hokim hudud klaster uchun ajratilgani tugrisidagi hujjatni yuborishini aytdi.

Ushbu hujjat Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 noyabrda qabul qilingan «Respublika hududlarida pakhta-tuqimachilik ishlab chiqarishini joriy etish mekhanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarori bulib, unda Qashqadaryoning bir qator hududlari, khususan, Muborak tumanining 9000 gektar maydoni «MT Amir tex» qushma korkhonasi MChJ uchun ajratilishi qayd etilgan.

Shuningdek, tuman hokimining 2019 yil 27 dekabrida «MT Amir tex» QK MChJ tomonidan tuman hududida pakhta-tuqimachilik ishlab chiqarish klaster shaklini joriy qilishni tashkil qilish tugrisida qarori qabul qilingan. Unda tumandagi «Qarliq», «Buston», «B.Saidov», «Turkiston» va «Khitoy» hududlaridan 4500 gektar er maydoni tegishli bulgan fermer khujaliklari va «MT Amir tex» MChJ urtasida 2020 yil pakhta khom ashyosi hosili uchun kontraktasiya shartnomalari tuzilishi kuzda tutilgan.

Ammo qarorda «Agro star-invest » fermer khujaligi joylashgan «Guliston» hududi haqida hech qanday malumot keltirilmagan!

Qizigi, voqealar rivoji haqida malumot beruvchi sanalarning uziyoq kup vaziyatga oydinlik kiritib beradi.

Khususan:

– «Agro star-invest» fermer khujaligi tuman hokimining 2019 yil 22 yanvardagi qaroriga asosan zakhiraga olingan;

– nizoning sud organlarida kurilishi 2019 yilning 11 oktyabriga qadar davom etyapti.

Tuman hokimi G.Javlievning asosi – yani Vazirlar Mahkamasining «Respublika hududlarida pakhta-tuqimachilik ishlab chiqarishini joriy etish mekhanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarori 2019 yil 18 noyabrida qabul qilinyapti. Shunga asoslangan hokim qarori esa 2019 yilning 27 dekabrida chiqyapti.

Demak, juda madaniyatli qilib aytganda, hokim fermerdan erni asossiz olib quyar ekan, qariyb bir yil keyin Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinishini oldindan «SEZGAN». Natijada yil davomida fuqaro sarson qilingan, kharid qilingan tekhnikalari bilan iqtisodiy botqoqqa botyapti va Oliy sudning qarori uz mantigini yuqotmoqda.

Khulosa qilish mumkinki, sud hokimiyatining Oliy organi qabul qilgan qarorki hokimlarga kor qilmas ekan, oddiy fermer yoki fuqaroning holi qay kechishini tasavvur etish qiyin emas…

Bu vaziyatga davlatning vakolatli organlari etibor qaratib, kerakli tasir choralarini qullamas ekan, qonunlar-u sud qarorlari hokimlar qulida uyinchoq bulib qolaveradi.

О нас

Яна маълумот

79s4UvWrDG2gB1h9y1ZZCpF4i5pyy24u

Toshkent viloyati bosh imom-khatibi Khayrulloh domla Turmatov vafot etdi

Toshkent viloyati bosh imom-khatibi Khayrulloh domla Turmatov vafot etdi. Bu haqda Uzbekiston musulmonlari idorasi khabar berdi. …