Главная / Jahon / Moskvada cheklovlar rejimini iyun urtasigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda
<

Moskvada cheklovlar rejimini iyun urtasigacha uzaytirish rejalashtirilmoqda

Moskvada koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan cheklovlar rejimi 31 maydan keyin uzaytirilib, iyun urtalarida bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Andrey Lyubimov / RBK

Bu haqda Moskva meriyasi, Rossiya hukumati, prezident mamuriyatidagi manbalarga tayanib “Otkritie media” nashri malum qildi.

Prezident mamuriyatidagi manbaning takidlashicha, epidemiologik vaziyat barqaror kurinayotgani sababli Rossiya poytakhtida propusk rejimi 12 iyunda nishonlanadigan Rossiya kuniga bekor qilinadi. Biroq Moskva meriyasidagi manbaning takidlashicha, propusk rejimi biroz kechroq – 15 iyunda bekor qilinadi. Biroq bu engillashtirish 65 yoshdan katta moskvaliklarga taalluqli bulmaydi.

Meriya vakilining malum qilishicha, izolyasiya rejimi uzaytiriladigan sana joriy hafta urtalarida malum buladi. Uning takidlashicha, poytakhtdagi vaziyat may okhirida harakatlanishga barcha cheklovlarni bekor qilish uchun etarlicha yakhshi emas.

Agar kasallik dinamikasi ijobiy bulsa va yangi avj olishlar yuz bermasa, aksariyat cheklovlar iyunda bekor qilinadi. Rospotrebnadzor rejasiga kura, cheklovlar sekin-asta olinadi. Avvalroq ushbu tashkilot cheklovlar bekor qilinishining 3 bosqichli rejasini maqullagandi. 1-bosqichda rossiyaliklarga kuchada farzandlari bilan sayr qilishga va sport bilan shugullanishga rukhsat beriladi. Kichik dukonlar ochiladi. Keyinroq talim muassasalari va savdo nuqtalari uz ishini tiklaydi. Biroq bunda kharidorlar soniga cheklovlar amal qiladi.

25 may holatiga kura, Moskvada koronavirusga chalinganlar soni 166 mingdan kuproqni tashkil qilmoqda, ulardan 2034 nafari vafot etgan, 53 mingdan kuproq kishi sogayib ketgan.

Rossiya buyicha esa koronavirusdan kasallanganlar soni 353 mingdan kuproqni, vafot etganlar 3633 nafarni tashkil qilmoqda. 118 mingdan kuproq kishi sogayib ketgan.

О нас

Яна маълумот

safrovnov

Safronovning advokatlari tergov sirini oshkor etmaslik tugrisida tilkhat imzolashdan bosh tortdi

«Roskosmos» rahbarining davlatga khiyonatda ayblanayotgan maslahatchisi, jurnalist Ivan Safronovning himoyachilari tergov sirini oshkor etmaslik tugrisidagi …