Главная / Siyosat / Monopol tashkilotlarga berilgan imtiyozlarni bekor qilish choralari kuriladi
<

Monopol tashkilotlarga berilgan imtiyozlarni bekor qilish choralari kuriladi

Uzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini taminlash va istemolchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagishlangan yigilish utkazdi.

Uzbekistonning jahon iqtisodiyoti bilan aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. Bu esa ichki bozorda raqobat muhitini taminlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirishni talab etadi.

Davlat rahbari Uzbekiston bozor iqtisodiyotiga qatiy utishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanini takidladi.

– Meni tashvishlantiradigan masala shuki, korkhonalarimiz tashqi raqobatga bardosh bera oladimi? Chetdan tovar kirib kelsa, yurtimizda ishlab chiqarilgan khuddi shunday mahsulot unga raqobatchi bula oladimi? Mahalliy mahsulotlarning tannarkhini pasaytirsak, khorijdan uzlari olib ketishadi, – dedi prezident.

Bugungi kunda 31 ta tovarlar guruhi va 82 turdagi khizmatlar bozorida 245 ta korkhona monopol holatda saqlanib qolmoqda. Lekin bir qator yunalishlarda raqobat muhiti shakllanib bulgan 19 khil mahsulot va khizmatlar buyicha 70 ta korkhonani monopolistlar reestrdan chiqarish mumkin.

– Raqobat bulmasa, sifat bulmaydi, narkh tushmaydi. Zamon uzgaryapti, lekin monopol korkhonalar uzgara olmayapti. Qatiy choralar kurish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz. Agar rahbarlar shunga munosib bulsa, ishlaydi, bulmasa – ketadi, – dedi Prezident.

Yigilishda korkhonalarning bozordagi monopol mavqeini aniqlash buyicha yondashuvlarni qayta kurib chiqish, monopol tovarlar ruykhatini keskin qisqartirishga qaratilgan “yul kharitasi” tasdiqlash vazifasi belgilandi.

– Dunyo tajribasini urganib, uz yulimizni topishimiz zarur. Monopoliyadan chiqarish, raqobatni taminlash, istemolchilar huquqlarini himoya qilish buyicha yakdil yunalishimiz bulishi kerak, – deya takidladi Shavkat Mirziyoev.

Davlat ishtirokidagi korkhonalarda monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish, Jahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan barcha rahbarlarni raqobat asoslari va komplaens buyicha uqitish muhimligi takidlandi.

– Qachon raqobatga tayyor bulamiz? Soha va tarmoqlarimiz tayyor bulsa. Sohalar qachon tayyor buladi? Mutakhassislar bulsa. Eng zaif joyimiz: malakali mutakhassislar etishmaydi, tekhnologiya yuq, standartlar yuq. Shuning uchun bu sohani deyarli boshidan boshlashimiz kerak, – dedi prezident.

Raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish borasida mutlaqo yangi tizim yaratish lozimligi takidlandi. Oliy talim tizimida raqobatni rivojlantirish yunalishi buyicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi uqish shaklini ochish, yangi fan joriy qilish va ushbu maqsadlar uchun akademik soatlar ajratish buyicha kursatma berildi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida monopol korkhonalarning rahbarlari va hokimlar uchun raqobatni rivojlantirish yunalishi buyicha qisqa muddatli uquv kurslarini tashkil etib, uquv jarayoniga halqaro moliya tashkilotlaridan ekspert va professor-uqituvchilarni jalb qilish vazifasi quyildi.

Raqobat sohasiga oid nizolarning malakali kurib chiqilishini taminlash maqsadida Toshkent yuridik universitetida shu yunalish buyicha sudyalar malakasi oshirish, sudyalarni ushbu yunalishda ikhtisoslashtirish va alohida sud kollegiyasini tashkil etish muhimligi takidlandi.

Iqtisodiyotda imtiyozlardan samarali foydalanish masalasiga ham tukhtalib utildi.

Masalan, imtiyozdan foydalangan 23ta yog-moy korkhonasida yangi ish urinlari etarlicha tashkil etilmagan.

Aksincha, parrandachilik va baliqchilik sohalarida raqobat muhiti yaratilgani natijasida sunggi 4 yilda parranda gushti etishtirish 100 ming tonnadan 205 ming tonnagacha, baliq 65 ming tonnadan 122 ming tonnagacha kupaygan.

– Parrandachilik va baliqchilik uyushmalari monopoliyadan ozod qilingani natijasi sezilyapti. Tadbirkorlar uzini emin-erkin his qilib, harakat qilyapti. Narkh va sifat jihatidan bozorga munosib tovar va khizmatlar chiqishi kerak. Raqobat bulsa, aholining tanlash imkoniyati va sotib olish qobiliyati oshadi, odamlar rozi buladi, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Istemolchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar ham batafsil tahlil qilindi.

– Istemolchilar huquqlarini himoya qilish haqida kup gapiriladi, lekin amalda bu tizim tula tashkil qilingani yuq. Buni talab qiladigan muhit yuq, bilim yuq, ommaviy akhborot vositalarida targibot etishmaydi, – dedi davlat rahbari.

Utgan yilda istemolchilardan tushgan 11 mingdan ortiq shikoyatlarning 50 foizi kommunal va transport, 25 foizi savdo, qolgan 25 foizi aloqa, moliyaviy khizmatlar va boshqa sohalarga oid bulgan.

Bunga asosiy sabab – monopol korkhonalar uz manfaatiga moslab hujjatlar ishlab chiqqan bulib, ularda istemolchilar manfaati tuliq inobatga olinmagan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qumitasi huzuridagi Istemolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytirish muhimligi takidlandi.

Yigilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Uzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qumitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qaror loyihasi tayyorlash vazifasi quyildi.

Qumitani istemolchilarning manfaatlarini tugridan tugri himoya qiladigan khalq vakillik organi – Oliy Majlisga hisobdor etib belgilash masalasini kurib chiqish topshirigi berildi.

О нас

Яна маълумот

Uzbekiston yana karantinga qaytmoqda

Uzbekistonda epidemiologik vaziyat keskinlashgani sababli respublika buyicha karantin choralari kuchaytiriladi. Respublika makhsus komissiyasi qaroriga kura, …