Главная / Iqtisodiyot / Moliya vazirligi qaysi tizimda qonunbuzilish holatlari kupayganini malum qildi
<

Moliya vazirligi qaysi tizimda qonunbuzilish holatlari kupayganini malum qildi

Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2019 yilning 9 oyida utkazilgan nazorat tadbirlari natijalari tugrisida malumot berdi.

2019 yilning 9 oyida Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan «Davlat moliyasini boshqarish akhborot dasturi» (DMBAD) va «UzASBO» dasturi malumotlar bazasidan keng foydalangan holda 1147 ta kasb-hunar kollejlari va akademik liseylarda, 41 ta oliygohlarda, Madaniyat vazirligi tizimidagi 516 ta muassasalarda, 154 ta tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalarida, Bukhoro va Surkhondaryo viloyati mahalliy byudjetining tuzilishi va ijrosi, shuningdek 212 ta mahalliy byudjet va 44 ta boshqa tashkilotlarda hamda 28 ta tuman (shahar)lardagi 551 ta mahalliy byudjet tashkilotlarida jami 2 655 ta muassasalarida kameral nazorat tadbirlari utkazdi.

xptve8f-hsd92qbgxqwfczp7luwvwqj8

Kameral nazorat tadbirlariga qamrab olingan muassasalarning 820 tasida (31%) 22,6 mlrd. sum miqdorida byudjet qonunchiligini buzilish holatlari aniqlanib, nazorat tadbirlari davomida kurilgan chora-tadbirlar natijasida 16,5 mlrd. sum mablaglar byudjetga tiklandi.

2019 yilning 9 oyligi davrida utgan yilning mos davriga nisbatan kameral nazorati tadbirlari bilan 3 martaga kup muassasalar qamrab olingan bulib, shunga mos holda byudjet intizomini buzilish holatlari ham 3 martaga kup aniqlangan.

Malumot uchun: 2018 yilning 9 oyligida 997 ta byudjet muassasalarida kameral nazorat utkazilgan bulib, shundan 432 tasida 7,3 mlrd. sumlik byudjet intizomini buzilish holatlari aniqlangan.

Hisobot davrida nazorat tadbirlarining asosiy qismi byudjetdan mablag oluvchi tashkilotlarda mablaglardan maqsadli foydalanishi va moliyaviy intizomga rioya etilishi yuzasidan utkazilgan bulib, 5487 ta nazorat tadbirlaridan 4461 tasida (81,3%) 91,4 mlrd. sumlik qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ushbu asossiz kharajatlarning 83 mlrd. sumi (91%) davlat byudjetiga tiklanishi taminlandi.

Malumot uchun: 2018 yilning 9 oyligida 3568 ta byudjet muassasalarida utkazilgan nazorat tadbirlarining 2996 tasida 38,3 mlrd. sumlik byudjet intizomini buzilish holatlari aniqlanib, shundan 28,4 mlrd. sumi (74,2%) byudjetga tiklangan.

2019 yilning 9 oyi davomida aniqlangan byudjet intizomini buzilish holatlari Khalq talimi vazirligi tizimidagi muassasalarida 18,9 mlrd. sumni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan qonunbuzilish holatlari 9,8 mlrd. sumga (2 marta) kupaygan.

Shuningdek, Oliy va urta makhsus talimi vazirligi tizimi tashkilotlarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 12,1 mlrd. sumni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 10,4 mlrd. sumga (7 marta), Maktabgacha talim vazirligi tizimidagi muassasalarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 6,6 mlrd. sumni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan
3,5 mlrd. sumga (2 marta) kupaygan.

Shu bilan birga, hisobot davrida Sogliqni saqlash vazirligi muassasalarida aniqlangan qonunbuzilish holatlari 10,2 mlrd. sumni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan (10,7 mlrd. sum) kamaygan bulsa-da, yirik miqdorda qonunbuzilish holatlari saqlanib qolmoqda.

Yirik miqdordagi moliyaviy khato va kamchiliklar Jizzakh (13,5 mlrd. sum), Andijon (9,2 mlrd. sum), Samarqand (7,7 mlrd. sum), Surkhondaryo (7,1 mlrd. sum), Toshkent (7,3 mlrd. sum) viloyatlariga va Toshkent shahriga (7,5 mlrd. sum) tugri kelmoqda.

Nazorat tadbirlarida aniqlangan 84,3 mlrd. sum qonunbuzilish holatlari buyicha 3 004 ta nazorat tadbirlari hujjatlari tegishli choralar kurish uchun prokuratura organlariga yuborildi.

Hisobot davrida byudjet intizomini buzilishiga yul quygan byudjet tashkilotlarining 261 nafar mansabdor va masul shakhslariga belgilangan tartibda 191,4 mln. sumlik mamuriy jarima qullanildi.

Shuningdek, hisobot davrida Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan byudjet va byudjetdan mablag oluvchi tashkilotlarning 2019 yil uchun kharajatlar smetasi va shtat jadvallarini meyoriy hujjatlar hamda aniq hisob-kitoblar asosida rejalashtirilishi yuzasidan profilaktika nazorat tadbirlari utkazilib, 29,1 mlrd. sum miqdorida ortiqcha rejalashtirilgan kharajatlarning oldi olindi.

Davlat maqsadli jamgarmalar va boshqa jamgarmalar mablaglarini maqsadli sarflanishi yuzasidan utkazilgan 1 069 ta moliyaviy nazorat tadbirlarida 61,2 mlrd. sum miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, shundan 42,8 mlrd. sumi (70%) tiklanishi taminlandi hamda 51,9 mlrd. sum miqdoridagi qonunbuzilish holatlari buyicha 509 ta nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora kurish uchun prokuratura organlariga yuborildi.

Bundan tashqari, Hukumat kafolati ostida jalb qilingan kredit mablaglaridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan utkazilgan 116 ta nazorat tadbirlarida 6,7 mlrd. sum miqdorda noqonuniy kharajatlarga yul quyilganligi aniqlanib, shundan 3,4 mlrd. sumi tiklandi hamda 6,3 mlrd. sum miqdoridagi qonunbuzilish holatlari buyicha 88 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborildi.

«Uzpakhtasanoat» AJ tizimidagi pakhta tozalash korkhonalarida 2018 yil hosilidan tayyorlangan pakhta khomashyosini qabul qilish, qayta ishlash, pakhta mahsulotlarini sotish buyicha hisob-kitoblarning haqqoniyligi yuzasidan utkazilgan 158 ta nazorat tadbirlarining 88 tasida 120,3 mlrd. sum miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, nazorat tadbiri hujjatlari tegishli chora kurish uchun prokuratura organlariga topshirildi.

Hukumat va huquqni muhofaza qilish organlarining qarorlari va topshiriqlariga asosan 223 ta khujalik yurituvchi subektlarda moliyaviy khujalik faoliyati yuzasidan nazorat tadbirlari utkazilgan bulib, aniqlangan 22,3 mlrd. sum miqdoridagi moliyaviy qonunbuzilish holatlari buyicha nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora kurish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan 2019 yilning 9 oyida utkazilgan jami 7 152 ta moliyaviy nazorat tadbirlarida 302,8 mlrd. sum miqdorida qonunbuzilish holatlari va boshqa khato-kamchiliklar aniqlanib, shundan 148,7 mlrd. sumi (49,1%) byudjet va maqsadli jamgarmalar hamda khujalik subektlari hisob raqamlariga tiklanishi taminlandi.

Hisobot davrida mahalliy byudjetlarning tuzilishi va ijrosi yuzasidan Toshkent, Bukhoro va Surkhondaryo viloyatlarida keng qamrovli nazorat tadbirlari utkazildi.

Mahalliy byudjetlar tuzilishi va ijrosi yuzasidan utkazilgan nazorat tadbirlari yakunlari tegishli viloyat hokimliklarida mahalliy byudjetdan mablag bilan taminlanadigan muassasa va tashkilotlarning rahbarlari va masul khodimlari ishtirokida muhokama qilinib, aniqlangan byudjet intizomini buzilish holatlarini takrorlanmaslik yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, byudjet intizomini buzilishiga yul quygan muassasa va tashkilot rahbarlariga nisbatan tegishli hokimlarning qarori bilan intizomiy choralar kurildi.

О нас

Яна маълумот

z5TJDD-HtPNzqdGTtFQLFku260GXkfjr

100 dollargacha khorijiy valyuta kharid qilish uchun pasport talab qilinmaydi

Uzbekiston tijorat banklaridan 100 AQSh dollarigacha kharid qilmoqchi bulgan shakhslardan shakhsini tasdiqlovchi hujjat talab qilinmaydigan …