Главная / Iqtisodiyot / Mirziyoev Uzbekistonda bir yilda 30 mingdan ortiq ajrim kuzatilganidan tashvish bildirdi
<

Mirziyoev Uzbekistonda bir yilda 30 mingdan ortiq ajrim kuzatilganidan tashvish bildirdi

Foto: Prezident matbuot-khizmati

Prezident mahalla va oila muammolariga bagishlangan yigilishda ajrim sabablaridan biri sifatida ishsizlikni kursatgan. Bu haqda Kun.uz mukhbiri khabar qilmoqda.

«Meni eng qiynaydigan masalalardan biri bu — ajrim. Tasavvur qiling: bir yilda mamlakatimizda 30 mingdan ortiq ajrim kuzatilgan. Agar bu oilalarning urtacha ikki nafardan farzandi bulsa, bu oltmish ming bola oila bakhtidan mosuvo ekanligini bildiradi», — dedi Sh.Mirziyoev.

Yigilishda birgina Namangan viloyatida 2700 ta notinch oilalar mavjudligi aytildi. Toshkent shahri, Fargona, Andijon, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida ham bu borada muammolar kup, ajrim ortgan.

«Keling, Amudaryo tumanida sodir bulgan holatga etibor qilaylik: Oila uch yil davomida uzaro janjalli bulgan. Bu masalaga birov aralashmagan. Natijada, er avval ikki yashar bolasini, keyin khotinini uldirgan va uzining joniga qasd qilgan. Butun boshli bir oila yuq bulib ketyapti.

Bu fojia hammamizni hushyor torttirishi kerak. Mahalla, nuroniy va kayvonilarimizning oilada urni bulmas ekan, bunday nokhush holatlar takrorlanmasligiga kim kafolat beradi?

Endi oila qurishdan oldin yoshlarni majburiy uqitish tizimini yaratishimiz lozim. Toki eng oson yul ajrim bulib qolmasin.

Aslida, bu kabi holatlarga maishiy masalalardan tashqari, ishsizlik muammosi sabab bulyapti. Shuning uchun kasb-hunari bor yoshlar, khotin-qizlarni birinchi navbatda bandligini taminlashimiz lozim.

Endi khotin-qizlarni kasbga uqitadigan nodavlat tashkilotlarga davlat byudjetidan mablag ajratiladi. Har oyda ayollar urtasida «Eng ilgor biznes reja» tanlovini utkazib, grant beramiz. Bundan hech qachon davlat yutqazmaydi. Ertaga usha kurslarni bitirib chiqqanlar ishli buladi, oilasini boqadi», — dedi prezident.

Davlat rahbari Bektemir tumanidagi holatni tanqid qildi.

Malum bulishicha, tumanda yolgiz bir ayol uzining bolalarini tarbiyalash barobarida vafot etgan singlisining uch nafar farzandini ham qaramogiga olgan. Ayol onkologik kasallik bilan ogrigan. Qandolatchilik bilan shugullanadi, ammo mahsulotni qaerda sotishni bilmaydi. Hech kim yul-yuriq kursatmagan, oila ogir sharoitda qolgani aytildi.

О нас

Яна маълумот

«AI-80 benzini 4 ming sumdan ham arzonlashiga ishonchim komil» — «Uzbekneftgaz» raisi urinbosari

Malum bulishicha, «Uzbekneftgaz» aprel okhiri – may boshida brent markali neft narkhi 22-25 dollar bulgan …