Главная / Madaniyat / Mirishkor hokimi mahalla raislarini sukdi, viloyat hokimligi va bosh prokuratura munosabat bildirdi
<

Mirishkor hokimi mahalla raislarini sukdi, viloyat hokimligi va bosh prokuratura munosabat bildirdi

Mirishkor tumani hokimi Bakhtiyor Rajabov uyatli suzlar bilan qul ostidagi hamda yigilishda ishtirok etgan shakhslarni haqorat qilgani Qashqadaryo viloyati hokimligi akhborot khizmati tomonidan tasdiqlandi. Uzbekiston Bosh prokuraturasi ham ushbu khabar buyicha bayonot berdi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi akhborot khizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Bakhtiyor Rajabov qul ostidagilarni juda qupol suzlar bilan haqoratlagani audioyozuvi tarqaldi.

Malum bulishicha, hokim 28 fevral kungi yigilishda mahallalar raislarini sukib haqoratlagan.

Audioyozuvda hokim yigilish ishtirokchilarini pul tushumlarini uz vaqtida taminlamagani uchun turli suzlar bilan haqoratlagani va sukkani, shuningdek, bazilarni urgani eshitiladi.

Qashqadaryo viloyat hokimligi akhborot khizmati mazkur hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

«Audioda turli uyatli suzlar bilan yigilganlarni «siylagan» [shakhs] tuman hokimi [Bakhtiyor Rajabov] ekanligi aniq, inkor etish fikridan yiroqmiz. Bu borada ichki tartibda chora kurish bilan cheklanish ham mumkin edi.

Ammo, qonuniy ravishda chora kurilishi, «Nega oddiy khalq khato qilsa — jazo yoki jarima, hokim khato qilsa — kechirishmi?» kabi tabaqalashtiruvchi gap-suzlar kelib chiqmasligi tarafdorimiz.

Tegishli tashkilotlar tomonidan urganishlar yakunlanishi bilan holat buyicha qushimcha malumotlarni elon qilamiz», — deyiladi Qashqadaryo viloyat hokimligi rasmiy munosabatida.

Uzbekiston bosh prokuraturasi matbuot khizmati ham mazkur hodisa buyicha munosabat bildirdi.

«Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan Internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2020 yil, 2 mart kuni Mirishkor tumani hokimi B.Rajabovga mansubligi takidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qaerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar urganilmoqda.

Urganish natijalari har tomonlama qonun doirasida kurib chiqilib, ular yuzasidan qushimcha bayonot beriladi», deyiladi bayonotda.

Malumot uchun, Bakhtiyor Eshtemirovich Rajabov 2018 yilgacha Qashqadaryo viloyatining Koson tumaniga rahbarlik qilgan, 2018 yilning dekabrida ishdan olingan, ammo 2019 yilning martida u Qarshi shahri hokimi urinbosari lavozimiga tayinlangan, kup utmay viloyat hokimining qishloq va suv khujaligi masalalari buyicha urinbosariga aylangan, ammo 2019 yil oktyabrida viloyat hokimi Zafar Ruziev ishdan ketgach, uning urinbosarlari qatorida Bakhtiyor Juraev ham lavozimidan ozod etilgan va Mirishkor tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi. Ushanda Bakhtiyor Rajabovga va Khurram Juraevga Uzbekiston prezidenti «sunggi imkon» berayotgani takidlangandi.

Eslatib utamiz, Mirishkor tumanining avvalgi hokimi Ravshan Komilov makkajukhori sutalarini yulgan boboni nevaralari oldida izza qilib, haqoratlagani internetda tarqalgach, garchi u uzr suragan bulsa-da, kup utmasdan vazifasidan ozod etilgan edi.

О нас

Яна маълумот

lwH9HtBV7_JC-z9ZsaiJjMHJ-KozPKNu

«Birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmaydi!» — Prezident chayqovchilarni tanqid qildi

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishining …