Главная / Jamiyat / Mingbuloq tuman hokimi mamuriy javobgarlikka tortildi
<

Mingbuloq tuman hokimi mamuriy javobgarlikka tortildi

Namangan viloyati Mingbuloq tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Nurshod Khudoyberdiev mamuriy javobgarlikka tortildi. U 4 mln 460 ming sum miqdorida jarima tulaydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot khizmati khabar bergan.

«2019 yil 27 dekabr kuni «Facebook» va «Telegram» ijtimoiy tarmoqlarida “Mingbuloq tuman hokimi fermerlarni sukib tashladi” mavzusida tarqatilgan audioyozuvdagi holatlar yuzasidan Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv utkazildi.

Aniqlanishicha, 2019 yil 9 dekabr kuni soat 10:00da Mingbuloq tumani, «Mehnatobod» MFY hududidagi «Gigant» muqobil mashina traktor parki saroyida Mingbuloq tuman hokimi vazifasini bajaruvchi N.Khudoyberdiev rahbarligida tekhnika va kuzgi-qishki agrotekhnik tadbirlar yuzasidan yigilish utkazilib, unda tumandagi «Gigant», «Guliston», «Gulbog-1» MMTP hududlari raislari hamda qishloq khujaligi tekhnikasi mavjud fermer khujaliklari rahbarlari ishtirok etgan.

Yigilish davomida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi N.Khudoyberdiev «Guliston dacha» fermer khujaligi ish boshqaruvchisi M.Khalilov va boshqa fermer khujaliklari rahbarlarini qishloq khujaligi tekhnikalarini tamirlamayotgani, sustkashlikka yul quyib kelayotganlari khususida tanbeh berib, sung haqorat qilgani hamda ularning shani va qadr-qimmatini qasddan kamsitganligi aniqlangan.

Tekshirish natijasiga kura, Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan N.Khudoyberdievga nisbatan Uzbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik tugrisidagi kodeksning 41-moddasi bilan mamuriy huqubuzarlikka doir ish quzgatish haqida qaror qabul qilinib, mamuriy chora qullash uchun tuplangan hujjatlar Mingbuloq tumani mamuriy sudiga yuborilgan.

Mingbuloq tumani mamuriy sudining 2020 yil 10 yanvardagi qaroriga kura, N.Khudoyberdiev MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shakhs deb topilib, unga nisbatan qayd etilgan modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida, yani 4 mln. 460 ming sum miqdorida jarima jazosi tayinlangan», deyiladi Bosh prokuratura khabarida.

Eslatib utamiz, 2 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Khudoyberdievga mansubligi takidlangan audioyozuv tarqalgandi. Unda tuman hokimi qul ostidagilarni turli suzlar bilan haqoratlagani kursatilgandi.

3 yanvar kuni Namangan viloyati hokimi Khayrulla Bozorov ishtirokida utkazilgan yigilishda ushbu holat muhokama qilingan, tuman hokimi uz khatti-harakatlari uchun tanqidga uchragan, Nurshod Khudoyberdiev pushaymonligini aytgan, yigilganlardan hamda tuman khalqidan kechirim suragandi.

О нас

Яна маълумот

amMDHMpfVK11xz5XmPna_f_xscf39KZg

Kuniga ikki donadan banan eyilsa organizmda qanday uzgarishlar sodir buladi?

Bananning foydali khususiyatlari haqida kam odam biladi. Bundan tashqari, bu mevani kup istemol qilmaslik kerak …