Uzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligida Agentlik va Rossiyaning “Vinogradnaya loza” MChJ urtasida Uzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyada ish bilan taminlashni tashkil etish tugrisida Bitim imzolandi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi akhborot khizmati khabar qilmoqda.
Bitimni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi boshligi R.Ibragimov va “Vinogradnaya loza” MChJning vakolatli vakili M. Qamariddinova imzoladilar.
Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi boshligi R.Ibragimovning takidlashicha, Agentlik shu paytgacha tashkiliy ishga yollash sohasida Rossiyaning qator mintaqalari bilan hamkorlik qilardi. Bugun Voronej viloyati bilan ham hamkorlik yulga quyilmoqda.
Malumki, «Vinogradnaya loza» MChJ kadrlar agentligi bulib, rekruting khizmatlari kursatish sohasida ham faoliyat yuritib keladi. Shuningdek, mazkur jamiyat “Vibor” qurilish kompaniyasi va Uzbekistonning mintaqadagi savdo uyi hisoblangan “Agrosoyuz” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.
“Vinogradnaya loza” MChJ vakilasi M.Qamariddinova malumotiga kura, ishchilarga turar-joy, sugurta polisi havola etiladi, patent rasmiylashtiriladi va tushlik taom bilan taminlanadi. Ish beruvchining patentga tulagan kharajatlari ishchining bir necha oylik maoshidan ushlab qolinadi. Ishchilarning ish haqi 30 ming rubldan 50 ming rublgacha.
Yaqin kunlar ichida Voronejda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni istaydigan fuqarolarni tanlab olish jarayoni boshlanadi.