Главная / Sport / Messi bir uzi hal qiladimi? Kun uyinlaridagi intrigalar
<

Messi bir uzi hal qiladimi? Kun uyinlaridagi intrigalar

25 fevral 2020 oqshomida Chempionlar ligasining 1/8 finalida uzaro uynaydigan jamoalarning murabbiylari uchun bu turnirdagi debyut pley-off uyinlari hisoblanadi.

Foto AFP

Mukhlislarni katta uyinlar kutmoqda — Chempionlar ligasi pley-off bosqichida boshqachasi bulmaydi. Bu bosqichga teng kuchli jamoalar etib kelishadi. Klublarning maqsadlari ham ukhshash, tarkiblar va undagi yulduzlar ham teng kuchli. Quyida bugun uzaro tuqnashadigan jamoalarning hozirgi holati, taktikalari, sunggi natijalari va tarkiblardagi yuqotishlari asosida imkoniyatlari tahlil qilinadi. «Barselona» safar uyinida Suaressiz qanday kurinadi, asosiy himochisini yuqotgan «Napoli» Kulibalisiz qanday uynaydi?

Bu oqshomda kupchilikning etibori jamoalar murabbiyi ishiga ham qaratiladi. Aniqroq aytganda, bu mutakhassislar maksimal darajadagi bosim ostida uzlarini qanday his qilishadi. Bu mavzu haddan tashqari dolzarb, chunki bugun uynaydigan 4 jamoaning murabbiylari uchun bu uyinlar Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi debyut hisoblanadi.

«Napoli» – «Barselona» (Toshkent vaqti bilan 26 fevral kuni soat 1:00, javob uyini 18 mart)

«Napoli» va «Barselona»da mavsum davomida murabbiy almashgan: Jennaro Gattuzo Karlo Anchelotti urniga, Kike Seten — Ernesto Valverde urniga kelgan.

«Napoli» asosan 4-3-3 skhemasida harakatlanadi va tupga egalik qilishga etibor qaratadi. Neapolitanliklar jamoasida yakhshigina ijrochilardan tarkib topgan hujum chizigi mavjud: Lorenso Insine, Dris Mertens, Arkadiush Milik va Matteo Politano. Gattuzo qishda «Leypsig»dan tayanch yarimhimoyachisi Diego Demmeni sotib oldi va maydonning markaziy qismini mustahkamladi. Mudofaa chizigi markazida jarohat tufayli Kholid Kulibali uynamaydi, uning yuqligini Nikola Maksimovich va Kostas Manolas bilintirmaslikka harakat qilishadi.

«Napoli» — balansga ega jamoa, qolaversa, futbolchilarda kurashuvchanlik etarli, jamoani evrokuboklarda futbolchi sifatida katta tajribaga ega bulgan, ikki marta EChLda golib bulgan murabbiy boshqaradi. U kuchli raqibga osonlikcha taslim bulmasligi aniq. Hozirgi «Napoli» «Milan»ning oltin davrlaridagi jamoadan tarkib sifatida kuchsizroq, lekin neapolitanliklar Karlo Anchelotti ketgach uziga kela boshladi va A Seriya etakchilari safiga qaytmoqda.

Chempionlar ligasida saviyali futbolchilarni tarkibga jamlashning uzi kifoya qilmaydi. Kharizma ham kerak. Gattuzoda esa bu keragidan ortiq. Buni futbol nuqtayi nazaridan tugri qullay olish muvaffaqiyat keltirishi mumkin chunki Chempionlar ligasi — goyalar raqobatidir. Bu turnirda daraja kup narsani belgilamaydi, Khosep Gvardiolaning «Barselona»si uz vaqtida Joze Mourinoning «Inter»i qarshisida ojiz qolgandi.

61 yoshigacha birorta top-klubda ishlamagan, «Betis»da barselonacha uslubni qullashga harakat qilgan, lekin ikki yil muqaddam Evropa Ligasining dastlabki pley-off bosqichidayoq «Renn»dan maglub bulib turnirni tark etgan Kike Seten bu safar osonlik bilan muvaffaqiyatga erishadimi?

«Barselona» Seten davrida tiki-takaga qayta boshladi: avvalgidek qisqa masofaga paslar, pressing va qarshi pressing, tupga egalik qilish buyicha haddan tashqari ustunlik. Lekin ayni vaqtda kataloniyaliklarda hujum chizigida muammo yuzaga kelgan – jarohat tufayli Usmon Dembele va Luis Suares uynay olmaydi. Shoshilinch ravishda «Leganes»dan jamoaning asosiy hujumchi Martin Breytueytni katta mojaro bilan sotib olishga tugri keldi. Lekin u EChLga zayavka qilinmagan va bugun maydonga tusha olmaydi.

Qolgan chiziqlarda muammolar yuqdek, Lionel Messi esa usha-usha. «Barselona» La Liganing sunggi turida Messining pokeri evaziga «Eybar»ni maglub etdi va turnir jadvalida «Real»dan uzib ketdi. Jamoa Italiyaga juda yakhshi kayfiyatda tashrif buyurgan.

Katta ehtimol bilan katalonlar safar uyinida galaba qozonishadi: ular tarkib buyicha kuchliroq, balans yakhshiroq, shuningdek uyin taqdirini yolgiz uzi hal qilishi mumkin bulgan daho futbolchiga ega. «Napoli» esa javob goli urishi mumkin — «Barselona» mudofaa chizigi hamon Seten uslubiga moslashish jarayonini utamoqda.

«Chelsi» — «Bavariya» (Toshkent vaqti bilan 26 fevral kuni soat 1:00, javob uyini 18 mart)

1/8 final uyinlari orasida eng qiziq qarama-qarshilik «Chelsi»ning «Bavariya»ga qarshi uyini bulishi mumkin. Albatta, kupchilik 8 yil muqaddam usha vaqtda kuklar jamoasi sardori bulgan Frenk Lempard myunkhenliklarning uz uyidagi final uyinini qanday qilib buzganini eslaydi (2011/2012 yilgi mavsumda EChL finalida asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida Lempard uz imkoniyatidan foydalanib, jamoasi galabasiga hissa qushgandi). Ushanda ham «Chelsi» favorit hisoblanmagan, ammo londonliklar yosh va jushqin edilar, ularning ustozi esa katta uyinlarda uzini kuchli taktik sifatida kursatgandi.


Foto: UEFA Champions League

Bugun Lempardning Flik bilan dueli ham qiziq utishi kutilmoqda, kupchilik bu murabbiylarning kuchiga yuqori baho bermayapti va ular bugun nimanidir isbotlashlari mumkin.

«Chelsi» — Temmi Abraham, Meyson Maunt va Ris Jeyms kabi futbolchilar uyiniga asoslangan yosh jamoa. Kuklarda darvozabon bilan muammo mavjud: sunggi vaqtlarda futbol tarikhidagi eng qimmatbaho darvozabon Kepa Arrisabalaga (u 2019 yil yozida 80 million evroga sotib olingandi) murabbiy bilan kelishmay qolgani tufayli zakhira urindigida utiribdi, darvozani esa 38 yoshli Villi Kabalero quriqlamoqda.

Shuningdek, maydon markazida bugungi kun futbolining eng yakhshi tayanch yarimhimoyachilaridan biri — N’Golo Kante uynamaydi, u jarohat tufayli safdan chiqqan, ammo Mateo Kovachich — Jorjino juftligi (tupni oldinga etkazib berish — raqib hujumlarini buzish) maydonda harakat qiladi. Katta ehtimol bilan, Lempard uch nafar markaziy himoyachi bilan uynaydi — kuchli hujum chizigiga ega raqibga qarshi himoya chizigining shunday joylashishi mantiqlidir.

YOshlik shijoati va taktik khilma-khillik — «Chelsi»ning kuchli tomonlaridi.

«Bavariya» mavsum davomida bosh murabbiyni almashtirdi: Niko Kovach urniga myunkhenliklar boshqaruviga Hans-Diter Flik tayinlandi. Uning jamoasi tup nazoratiga kup etibor qaratadi va 4-2-3-1 yoki 4-3-3 skhemalarida uynaganida raqib darvozasi oldida kuproq khavfli vaziyatlar yaratadi.


Foto: UEFA Champions League

Yoakhim Lyovga 2014 yilgi mundialda yordamchi bulgan Flik «Bavariya» boshqaruviga kelgunicha bosh murabbiy bulib ishlamagan. Braziliyadagi jahon chempionatidan keyin esa u yordamchilikdan mamuriy ishlarga utgandi. Ammo endi u «Bavariya» uchun qariyb ideal murabbiyga aylandi.

Bundesligada qishki tanaffus arafasida uning lavozimidan «v.b.» qushimchasi olib tashlandi. U hozircha — mavsum yakuniga qadar bosh murabbiy hisoblanadi, ammo har bir galabali uyin Flikning kup yillik shartnomaga ega bulish imkoniyatlarini oshiradi. Rahbariyat u jamoa futbolchilari bilan qanday qilib bu qadar yaqin aloqa urnata olganidan hayratda, ushbu murabbiy yoshlar va tajribali futbolchilar urtasida balansni saqlab turibdi hamda avvalgi murabbiylardan farqli ravishda fakhriy futbolchilardan hech birining noroziligini keltirib chiqarmayapti. Uni Yupp Khaynkesga taqqoslashmoqda, fakhriy murabbiy ham uni uz meroskhuri deb atagan.

«Bavariya»ning asosiy ustunligi — uning tupurar hujumchilaridir: Robert Levandovski va Serj Gnabri. Filippe Koutino, Tomas Myuller, Joshua Kimmikh, David Alaba — bular ham evrokuboklarda katta tajribaga ega futbolchilar sanalishadi va bunday darajada tup surish masuliyatini tula his qilishadi. Faqatgina Manuel Noyer navbatdagi kulgili khatoga yul quymasligiga (Bundesliga autsayderi — «Paderborn» bilan uyindagi kabi) umid qilish qoladi kholos, chunki Chempionlar ligasidagi khato qimmatga tushishi aniq.

Kup ehtimol bilan, «Bavariya» safar uyini bulsa ham galaba qozonadi: Lempardning yoshlarida Levandovski va uning kompaniyasiga qarshi dosh berish uchun kuch etmasligi mumkin.

Shu kunlarda 55 yoshni qarshilagan Flik «Bavariya»ni yanada kuchaytirgan bir qator goyalarini tatbiq etdi. Endi uning ishlari Chempionlar ligasida qanday kechishini kuzatish qoldi. Khuddi shu gapni Gattuzo, Seten va Lempard haqida ham aytish mumkin.

О нас

Яна маълумот

HBHUgeSuPANChH2DZ-DWKo1zVLqILRoT

Otabek Umarov khalqaro tashkilot rahbariga aylandi

Uzbekiston aralash jang sanatlari assosiasiyasi prezidenti Otabek Umarov yangi tuzilgan Urta Osiyo MMA konfederasiyasi prezidenti …