Главная / Madaniyat / “Menga bozorni kursating”
<

“Menga bozorni kursating”

gulAbdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu Islomni eng oldin qabul qilganlardan biri edi. Muminlik uning nafsida izzat, Parvardigoriga chin ishonch paydo qilib, hayotida ulkan iz qoldirdi. U Makkaning omadli savdogari edi. Hijratda molini, tijoratini tashlab, Alloh va Rasuli uchun muhojir bulib Madinaga keldi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni madinalik Sad ibn Rabi bilan dustlashtirdilar. Bu birodarlik qon va nasab qarindoshligiga qaraganda ancha mustahkam edi. Zero, har bir dust uzi ega bulgan narsalarga birodarini ham sherik deb bilardi. Shu bois Sad ibn Rabi Abdurahmon ibn Avfga:

– Ey dustim, men ansorlarning eng boyiman. Marhamat, mol-dunyoyimning yarmi seniki, – dedi.

Shunda Abdurahmon ibn Avf:

– Ey birodarim, Alloh ahlingni, mol-dunyoyingni barakotli qilsin! Bu erda bozor bormi? – deb suradi.

– Ha, Bani Qaynuqo bozori bor.

– Menga shu bozorni kursatib quysang buldi.

    Abdurahmon ibn Avfga bozorni kursatishdi. U bozorga borib, savdo qilib, foyda kurdi. Birodari Sad ibn Rabiga yuk bulmadi. Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu rizq-ruzini uz mehnati, peshona teri, say-harakati bilan topib, Parvardigoriga bulgan chin etiqod, ikhlos va ezgu niyatlari bilan hayotini davom ettirdi. Birovni aldamadi, yolgon suzlamadi. Tarozidan ham, gazidan ham urib qolmadi. Alloh uning tijoratiga barakot berdi. Rizqini mul-kul qildi.
Abdurahmon ibn Avf savdo-sotiq haqida shunday degan: “Men har bir halol tijoratda foyda borligiga guvoh buldim. Bazan toshni kutarsam, ostidan tilla yoki kumush chiqishiga ishonib qoldim. Hatto tuyaning tizginini sotgan paytlarimda ham foyda kurardim”.
Abdurahmon ibn Avf tijoratda katta boylik bilan rizqlantirildi. Alloh yulida kupdan-kup mollarini sadaqa qildi. Faqir va miskinlarga yordam berdi. Ulimi oldidan ellik ming dinorini Alloh yulida sarflashlarini vasiyat qildi.
Bor mol-mulkini tashlab, Makkadan faqirlikda muhojir bulib kelgan, birovga ogirligi tushishini istamagan Abdurahmon ibn Avf harakatlarini Alloh taolo munosib taqdirlagandi. Makkada qoldirgan mol-mulkining urnini yanada ziyodalik bilan tuldirib, uni musulmonlarning eng boyiga aylantirdi. Demak, barakot halollikda, birovga yuk bulmasdan, peshona teri bilan rizq akhtarishdadir. Bunga aslo shubha yuq.

Abduqayum Hikmat tayyorladi

О нас

Яна маълумот

FB_IMG_1571370818085

Tojikcha fasonlar

Tojikcha libos fasonlari