Главная / Jamiyat / Mehmon shunday kutiladimi — YOshlar nimaga ittifoq qilishgan?

Mehmon shunday kutiladimi — YOshlar nimaga ittifoq qilishgan?

yoshlarTurkmaniston prezidentining yurtimizda kutib olinishi ijtimoiy tarmoqlarda va milliy veb-saytlarda qizgin muhokama qilinmoqda. Kimdir oqlayapti, yana kimdir tanqid qilmoqda. Khush, uzi nimaga bunday buldi?

Birinchidan, hammasi hukumat darajasida bajarilgan. Davlat aralashmagan joy qolmadi. Vazirlar mahkamasi – tegishli talim vazirliklari – talim muassasalari – rektorat – dekanat – TALABA. Va mana natija:

Birinchidan, bu narsa qonuniy emas. Fikrimizcha, talim sohasi vazirliklari bu kunni «dam olish kuni» deb elon qilib, ayrim talim muassasalariga bir-ikki kunga rukhsat berishi qiyin ish emasdi. Nahotki shunday buyruq chiqarish qiyin bulsa?

Masalan, (balkim misol qupolroqdir, biroq biz harakat qildik) tubandagidek buyruq chiqarish mumkin edi:

Buyruq №123

Turkmaniston prezidentining tashrifi munosabati bilan hamda diplomatik va dustona aloqalarni mustahkamlash maqsadida 1, 2, 3, 4 va 5-talim muassasalariga **-** aprel kunlari Turkmaniston prezidentini kutib olishga rukhsat berilsin.

Qayd etib utilsinki, shu kunlari nomlari kursatib utilgan talim muassalari talabalari darslardan ozod etilsin. Qoldirilgan darslar qushimcha soatlar hisobiga tuldirilishi belgilab quyilsin.

Va h.k. va sh.k.

Vazir A.B.V

Imzo. Sana.

Qish allaqachon tugadi, ayiqlar ham allaqachon qish uyqusidan uygonib bulishgan. YOshlar tashkilotlari qachon uygonishadi? Uzbekiston YOshlar ittifoqi, uygoninglar akhir, tashqarida allaqachon aprel.

Nahotki talim muassalari bilan hamkorlikda #meetthepresident yoki #friendshipturkmenistan heshteglari ostida kutib olish marosimini tashkillashtirish shu qadar qiyin bulsa? Trassa buylab chiroyli kutib olish marosimini tashkillashtirish mumkin edi.

Tashkilot rasmiy veb saytining rus tilidagi versiyasini ochamiz. Sunggi yangilik:

Ha, 2018 yil 20 apreldan juda dolzarb yangilik, lekin Uzbekiston yoshlari sizning «qanotingiz» ostida-ku? Hech bulmaganda, nazariy jihatdan. Sizlarning hattoki nomlaringizni uzgartirib berishdi — YOshlar ittifoqi deb. Marhamat qilib, yoshlarni birlashtiring.

Nahotki YOshlar ittifoqiga kutib olishni tashkil qilish uchun kreativlik va kuch-gayrat etishmagan? Agar tashkilot uz ortidan yoshlarni ergashtira olmasa bu qanday tashkilot buldi?

Boz ustiga, Turkmaniston prezidenti tashrifi haqida 20 apreldayoq elon qilishdi (mish-mishlar bir oycha avval paydo bulgan edi). Buyruqni 20 aprel kuni chiqarib, tayyorgarlik va yiginni 21-22 aprel kunlari utkazib, 23 aprel kuni ertalab fleshmob uyushtirish mumkin edi.

YOshlar esa bundan faqat khursand bulishardi, chunki:

– ular rasman darslardan ozod etilgan;

– ular fleshmobda qatnashishadi;

– hammasi qonuniy!

Endi esa, mana, qul qovushtirib utiribmiz. Buyruq yuq, hammani quvishgan, yoshlar internetda turli ijobiy va salbiy akhborotlarni yoyishmoqda.

Darvoqe, matnda «mumkin edi» iborasini kup ishlatdik, lekin baribir hammasi bundan-da yakhshiroq bulishi mumkin edi!

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …