Главная / Madaniyat / Mehmonga borish va mehmon bulish odoblari

Mehmonga borish va mehmon bulish odoblari

mehmonAvvalo biron uzrli sabab yoki shariy monelik bulmasa, chaqirilgan joyga albatta borish darkor. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kuplab hadislarida mehmonga chaqirganda borish musulmonlarning bir-birlari ustidagi haqlaridan ekanini uqtirib: “وإذا دعاك فأجبه” (Va izaa daaaka fa-ajibhu) yani “Birodaring seni mehmonga chorlasa, bas, unga ijobat et”, deb buyurganlar.Chaqirilgan joyga bormasangiz, dustingizni ranjitgan bulasiz, jamiyat munosabatlariga rahna solasiz.
Mehmon mezbon kursatgan uringa utiradi. Bordiyu mehmon uzboshimchalik bilan joy tanlasa, ehtimol mezbonning ahli ayoli kurinadigan joyga utirib qolishi mumkin. Bu esa mezbonga aziyat etkazadi. Agar ziyofatda yoshi ulug odamlar ham utirishgan bulsa, ulardan avval taomga qul uzatmaslik lozim. YOshi uluglarni hurmat qilish dinimiz talabidir. Mehmonning ovqat keladigan tomonga hadeb ugirilaverishi ham yakhshi emas.
Mehmonga borgan kishi uz odobini saqlagan holda utirishi lozim. Mezbon choy, ovqat va hokazo keltirgani chiqib ketishi bilan hali uni, hali buni ushlab tomosha qilish, darrov televizorni yoqib, u kanaldan bu kanalga olish yoki mezbonning uy telefonidan yokhud stol ustidagi qul telefonidan berukhsat foydalanish mehmon bulish odobiga ziddir. Lekin, kitob va hokazolarni kurish bundan mustasno. Qisqasi, hali urtada uns va iliqlik paydo bulib ulgurmasdan burun mehmon uzini uz uyidagidek his qilib yubormasligi kerak.
Ammo, uta tortinchoqlik, uta sertakalluflik, uta kamgaplik ham yarashmaydi. Avvalo inson qaysi joyda uzini qanday tutishni ham uddalay bilishi kerak. Faqat yolgiz bir kishi yoki kamchilik chaqirilgan ziyofat bulsa, demak bu – mezbonning chaqirilgan kishilarga alohida hurmat va ehtiromi borligidan dalolat qiladi. Bunda hadeb tortinavermasdan, mezbon bilan yaqindan suhbatlashish maqsadga muvofiq.
Mehmonlar oldiga tortiladigan narsalardan ziyofat davomida bahramand bulish joiz. Dasturkhon ustidagi narsalarni mezbon rukhsatisiz uyga olib ketish mumkin emas. Chunki, dasturkhonga quyilgan narsalarning barchasi ham mehmonning mulki hisoblanmaydi. Eyilgandan ortgani uy egasining mulkida qolaveradi.
Mehmondorchilikka boy yoki kambagal ekaniga qaramasdan borish kerak. Agar nafl ruza tutgan kishi mehmondorchilikka chaqirilsa, ruzasini malum qiladi, agar mezbon “bormasang bulmaydi” deb turib olsa, boradi. Ziyofatga borganida ovqatlanmay utirishi mezbon va boshqalarga malol kelmasa, ovqat emagani maqul, agar malol kursa, nafl ruzasini ochib, boshqa kuni qazosini tutib beradi.
Agar bir kishi mehmonga chaqirilgan bulsa, u ziyofat egasining iznisiz boshqa bir odamni boshlab borishi notugri ish hisoblanadi. Chunki, ziyofat malum sonli kishilar uchun muljallab tayyorlangan bulishi mumkin. Muljallangan miqdordan ortiqcha odam borsa, mezbon noqulay ahvoda qolishi mumkin. Bordiyu, shunday bulib qolsa, yani chaqirilmagan odam boshlab borilsa, bu haqda mezbondan avvaldan rukhsat olish yoki uyiga borganda holatni tushuntirib, izn surash lozim buladi. Bordiyu, mezbon narigi odamni mehmon qilishga rozi bulmasa, bundan khafa bulinmaydi.
Sahobai kiromlardan biri Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga bir necha kishini mehmonga chaqiradi. Ular ziyofat sohibining uyiga yul olishar ekan, boshqa bir chaqirilmagan inson ham ularning ortidan ergashib boradi. Mezbon uyiga etib borishganda Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Mana bu kishi chaqirilmagan edi, lekin ortimizdan ergashib keldi agar rukhsat bersang kiradi, bulmasa ortiga qaytib ketadi”, dedilar. Shunda khonadon sohibi: Albatta rukhsat beraman. U ham uyga kirsin, deya haligi kishini ham mehmon qiladi. Ushbu hadisdan malum buladiki, chaqirilmagan mehmon mezbon izni bilan ziyofatga qushilar ekan. Chaqirilmagan mehmon deganda kutilmagan mehmonni tushunmaslik kerak. Chaqirilmagan mehmon deganda, biror joyda khos ziyofat bulayotganini bilib, chaqirmasa ham borgan yoki boshlab borilgan kishiga aytiladi. Mehmonning hurmati uchun chaqirilmagan mehmonni ham ikrom qilish maqsadga muvofiqdir.
Biror kishining khonadonida mehmon bulayotgan kishi mezbonni qiyin ahvolga solib quyadigan darajada kup muddat qolib ketmasligi kerak. Mehmonning izzati uch kun. Bundan oshirmaslikka harakat qilish kerak.
Imom Muslim rivoyat qilgan bir hadisda Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) shunday marhamat qilganlar:

لا يحل لمسلم أن يقيم عند أخيه حتى يؤثمه قالوا يا رسول الله وكيف يؤثمه قال: يقيم عنده ولا شيء له يقريه به

Manosi: “Musulmon kishi uz birodarining khonadonida uni gunohga quyadigan darajada uzoq muddat mehmon bulib turmasin. Sahobalar: YO Rasulalloh, qanday qilib, uni gunohga quyadi, deb surashdi. Shunda Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) bu suzni izohlab: “birodarining huzurida uni mehmon qilishga hech narsasi qolmaguncha turadi, (ana shunda uni gunohga quygan buladi)”, dedilar.
Mahmud Qoshgariy aytadi: “Befahm mehmon uy egasini khijolatga quyadi”.
Bir ulug kishini mehmonga chaqirishganida: “Taklifingni uch shart bilangina qabul qilaman. Birinchisi – bozordan ataylab narsa sotib olmaysan. Ikkinchisi – uyingda borini yashirmay oldimga quyasan. Uchinchisi – ayol va bolalaringning haqini menga edirmaysan”, degan ekan.
Mehmonga borgan odam mezbon tomonidan tortiq qilingan taomlarni tanqid qilmasdan, khalq tili bilan aytganda paltaqam uqimasdan tanovul qilishi lozim. Garchi, taom uning nozik tabiga mos ravishda alo darajada pishirilmagan bulsa ham mezbonning kungliga har-khil fikr kelib qolmasligi uchun buni bildirmaslikka harakat qiladi.
Mehmon mezbonni turli yumush va iltimoslar bilan qiynab quymasligi lozim. Mehmon ziyofat sungida khonadon sohibining haqqiga khayrli duolar qiladi. Mehmondorchilik uchun minnatdorlik izhor qiladi va “Assalomu alaykum”, deya khayrlashadi. Bu borada bizlarga Paygambarimiz (alayhissalom) eng guzal namunadirlar. Ul zot (sollallohu alayhi va sallam) uzlarini taomlantirib, ziyofat berganlarni chiroyli duolar bilan mukofotlar edilar. Jumladan shunday duolarni uqirdilar:

أللهم أطعم من أطعمني واسق من سقاني

       (Allohumma atim man atamaniy, vasqi man saqoniy). Manosi: “Ey Alloh, meni taomlantirgan kishilarni Sen ham taomlantirgin, meni suv bilan sugorgan kishilarni sen ham serob qilgin!”. Ushbu hadisi muborak katta manolarni uz ichiga oladi Allohning taomlantirishi va sugorishi bu dunyoda bulishi ham mumkin va okhiratda jannatda bulishi ham mumkin.
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda shunday khabar beriladi: Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) Sad ibn Ubodanikiga mehmon bulib keldilar. U non va yog keltirdi. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) ulardan tanovul qildilar va:

“أفطر عندكم الصائمون وأكل طعامكم الأبرار وصلت عليكم الملائكة”

Aftara indakumu-s-soimuvn va akala toamakumul-abror va sollat alaykumul-maloika deya duo qildilar. Bu duoning mazmuni shunday: “Khonadoningizda ruzadorlar ogiz ochsin, taomingizni yakhshilar esin va sizlarga farishtalar salovot aytib, haqingizga duo va istigfor aytsin!”. (Abu Dovud va boshqalar rivoyati)
Jobir (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni Abul-Haysam ibn Tiyhon ismli kishi Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) va u kishining ashoblari uchun ziyofat uyushtirdi. Taomlanib bulishgach, Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) ashoblariga qarab: “أثيبوا أخاكم” (Asiybuu akhokum) yani “birodaringizni taqdirlang, (ajrini bering)”, dedilar. Sahobalar: YO Rasulalloh, uning ajri qanday buladi, deb surashdi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) shunday dedilar: “Kishi birodarining uyiga kirib, uning taomidan esa, suvidan ichsa, sungra uning haqqiga duo qilsa, ana shu uning mukofoti va ajri buladi”.
Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) uzlarini mehmon qilgan kishining haqqiga mana bunday duo ham qilardilar:

اللهم بارك لهم فيما رزقتهم واغفر لهم وارحمهم

       Manosi: “Ey Alloh, bu khonadon ahlining rizqiga baraka ber, ularning gunohlarini magfirat qil va ularga rahm ayla!” (Muslim rivoyati)

       Mehmonning ikromi borasida bir ibratli hikoyat: Hikoya qilishlaricha, bir paytlar uch yuz asirni amir Mumin ibn Zoidning oldiga keltirishdi. Amir asirlarning barini ulimga hukm qildi. Shu payt asirlar orasidan bir yigit otilib chiqdi-da, amirga: “Ey amirim, sizni Khudoga topshirdik, ayting, ulimimiz oldidan suv berishsin, dedi. Amir asirlarga suv berishni mulozimlariga amr qildi. Shunda usha yigit yana urnidan turib, amirga qulluq qildi va: “Ey ulug amir, bugun endi sizning mehmoningiz buldik, mehmonga muruvvat va izzat-ikrom kursatish esa mezbonning burchi. Siz burchingizga sodiq buling”, dedi. “rost suzlading, yigit”, dedi amir va barcha asirlarni ozod qilib yubordi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …