Главная / Madaniyat / Mehmondustlik odoblari

Mehmondustlik odoblari

mehmondustlikMehmon deb aslida, boshpana, egulik va ichgulik bilan taminlashingiz uchun uyingizga musofir holda vaqtincha nozil buluvchi kishiga aytiladi. Ziyofat, yani mehmonnavozlik va mehmon kutish oliyjanob khulqlardan bulib, fozil kishilar bu narsaga qadim-qadimdan beri amal qilib keladilar.
Khalqimiz mehmondustligi, mehmonnavozligi bilan shuhrat qozongan. Biror uzbek khonadoni yuqki, mehmonni khursandchilik bilan kutib olmagan, uyidagi bor nematlarni dasturkhonga keltirib tukmagan bulsa. “Mehmon – otangdan ulug”, “Mehmon kelar eshikdan, rizqi kirar teshikdan”, “Mehmon oldida hatto mushugingni pisht dema” kabi maqol va hikmatlar bejizga aytilmagan.
Paygambarlar otasi Ibrohim Khalilulloh kishilik tarikhida birinchi bulib mehmonnavozlik asoslarini hayotga tatbiq qilganlar. Bu haqda Alloh taolo marhamat qilib bunday deydi:

هَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ ضَيْفِ إِبْرَاهِيمَ الْمُكْرَمِينَ إِذْ دَخَلُوا عَلَيْهِ فَقَالُوا سَلَامًا قَالَ سَلَامٌ قَوْمٌ مُنْكَرُونَ فَرَاغَ إِلَى أَهْلِهِ فَجَاءَ بِعِجْلٍ سَمِينٍ فَقَرَّبَهُ إِلَيْهِمْ قَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ فَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةً قَالُوا لَا تَخَفْ وَبَشَّرُوهُ بِغُلَامٍ عَلِيمٍ

yani: “(Ey, Muhammad!) Sizga Ibrohimning aziz mehmonlari haqidagi khabar keldimi? Ushanda ular (Ibrohim) huzuriga kirib: «Salom!» –deyishganda, u ham: «Salom! (Bular) notanish qavm-ku!» – dedi. Sungra u asta oilasi oldiga chiqib, bir semiz buzoqni (suyib, pishirib) keltirdi. Uni ularga yaqin qilib, «(Taomdan) emaysizmi?» – dedi. Lekin ovqatga qul chuzishmagach ulardan khavfsiray boshladi. (Shunda) ular: «Qurqmagin! (Biz farishtalar taom emaymiz)», – dedilar va (Ibrohimga) bir dono ugil (tugilishi) khushkhabarini berdilar”. (Zoriyot surasi)
Ibrohim (alayhissalom) chiroyli mehmon kutishda, husni ziyofatda zarbul-masal etilganlar. Rivoyatlarda kelishicha, u kishi uylariga quqqisdan biror mehmon kelishiga intiq bulib yashardilar va biror kun ham mehmonsiz taomlanmas edilar. Agar khonadonlariga mehmon kelishi uzilib qolsa, bu holatdan mahzun bulardilar. Shu sabab ham ul zotni mehmonlarning otasi, deb atashardi. Shuningdek, u kishining uyida turtta eshik bulib, qaysi eshikdan biror mehmon kirib kelarkin, deya qarab utirar edilar.
Kuplab sharafli hadislarda mehmonni izzat qilishga targib va tashviq qilingan. Jumladan, Abu Hurayra (raziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda bunday marhamat qilinadi:

من كان يؤمن بالله واليوم الآخر فليكرم ضيفه ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فليصل رحمه ومن كان يؤمن بالله واليوم الآخر فليقل خيرا أو ليصمت 

Yani: “Kimki, Allohga va okhirat kuniga iymoni bulsa, bas, mehmonini izzat-ikrom qilsin. Kimki, Allohga va okhirat kuniga iymoni bulsa, qarindosh uruglar bilan silai rahm qilsin. Kimki, Allohga va okhirat kuniga iymoni bulsa, yakhshilikdan suylasin, yoki jim tursin”. (Muttafaqun alayh)

     Ushbu hadisi sharif mehmonni izzatu ikrom qilishga guzal ravishda targib qiladi. Unga kura, uzini komil iymonlilardan deb hisoblagan har bir kishi mehmonini ikrom qilmogi lozim. Aks holda iymoni hali komil bulmagan hisoblanadi. Hadis zamirida shunday manolar ham yotadi-ki, mehmonni ikrom qilish iymoniy khislatlar sirasidan ekan. Demak, mehmonni ikrom qilganligi uchun kishi dunyoyu okhiratda ajru savoblarga ega buladi. Mehmonni izzat qilish yakhshi ishlar, maruf ishlar qatoriga kiradi. Nabiyyi Muhtaram (sollallohu alayhi va sallam) uz hadislarida وكل معروف صدقة yani “har bir maruf ish sadaqa (yani savob)dir”, deya marhamat qilganlar. Demak, mehmon kutgan inson bu ish uchun ajru savoblarga ega bular ekan. Shu bois, ham khalqimizda qadimdan: “Mehmon atoyi Khudo” degan naql mavjud.
Mehmonni ikrom qilish bobi juda keng bulib, u kuplab ishlarni uz ichiga oladi. Jumladan, mehmon tashrif buyurganda uy sohibi qanday ahvolda bulishidan qati nazar, mehmonni ochiq chehra va shodlik bilan kutib olmogi kerak. Bu vaqtda uy egasi qandaydir boshqa ishlarni rejalashtirib turgan bulsa ham ularni kechiktirib, mehmonga hurmat kursatish bilan ovora bulishi maqsadga muvofiq ishdir.
Shuningdek, mehmonlarning holatlariga qarab ham ikrom qilish har khil bulishi mumkin. Zero, Oyisha onamizdan rivoyat qilingan bir hadisda: “أنزلوا الناس منازلهم” (anzilun-naasa manaazilahum) “odamlarni uz urinlariga tushiring, yani kishilarni maqom-martabalariga monand muomala qiling”, deya marhamat qilingan. Bu suzni aslo odamlarni boy-kambagalga ajratish manosida tushunmaslik lozim. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) huzuriga biron qabilaning oqsoqoli kelsa, uni uziga yarashadigan izzat-ikrom bilan kutib olardilar. Boshqa yurtlar kattalariga maktub yozmoqchi bulganlarida, usha vaqtda tashqi olamda urf bulganligi uchun maktubga alohida muhr bosgan holda yuborishni maqul kurganlar.
Khullas, mehmonni ikrom qilishda ham kishilarning mavqelariga va urf-odatga qarab ish tutish ayni muddaodir. Bazan uyingizga qavmning obruli kishilaridan, olimu fozillardan bulgan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Shunday odamlarni uziga munosib tarzda kutib olinadi. Bordiyu, khonadoningizga ota-onangiz tashrif buyurishsa, ularni ham alohida ehtimom bilan kutib olmoq lozim. Khullas, har doim ham kelavermaydigan noyob mehmonlarni, kunda shunda bulgan jiyan yoki ukalaringizga kursatgan ikromingizdan uzgacharoq bir izzat bilan kutib olish kerak buladi.
Abu Shurayh al-Khuzoiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan quyidagi hadisi sharifda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qiladilar:

من كان يؤمن بالله واليوم الآخر فليكرم ضيفه جائزته, قالوا وما جائزته يا رسول الله ؟ قال: يومه وليلته والضيافة ثلاثة أيام فما كان وراء ذلك فهو صدقة

Manosi: “Allohga va Okhirat Kuniga iymoni bor odam mehmoniga uning mukofotini izzat-ikrom bilan taqdim qilsin”. – Uning mukofoti nima, YO Rasulalloh, deyishdi. Mehmonnning mukofoti bir kecha va kunduzidir, dedilar Nabiy (sollallohu alayhi va sallam)- “ziyofat esa uch kun buladi, undan ortigi mezbon tomonidan sadaqadir”. (muttafaqun alayhi) Bu sharafli hadisdan tushunmizki, mehmonni bir kecha-kunduz davomida alo darajada izzat qilinadi. Bu uning mukofot haqqidir. Qolgan ikki kunida ham mehmonni ikrom qilish mezbon zimmasida vojib. Undan keyin ham ikromda davom etsa, bu mustahab amal bulib, buning uchun qushimcha ajr oladi.

     Mehmondustlik ajoyib hislat bulib, odamlar urtasidagi dustlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlashga hizmat qiladi. Uzbek khalqi “Mehmonkhonang tor bulsa ham mehru diling keng bulsin”, deyishadi.
Mehmon ehtiyoj yuzasidan kelgan bulsa, uni ortiqcha savollar bilan qiynamay, buni aytishiga imkon berish kerak. Gaplarini diqqat bilan tinglagach, uni khijolatga quymay, suraganini berishga yoki iltimosini bajarishga harakat qiling. Bazida kelgan mehmon yuzini sidirib, uz muddaosini aytishga jurat qilolmasligi mumkin. Shunday holatda sezgirlik va farosatni ishga solib, uning dilidagini topa bilish fozil odamlarning khislati.
Qadimgi arablarda oliyjanoblikning shunday bir kurinishi bor ekan: Muhtojroq kishi badavlat odamlarni ziyorat qilganda, haligi badavlat kishi, hol-ahvol suragandan sung, khizmat(?), deya kelish sababini surardi. Shunda ziyoratga kelgan muhtoj kishi: “Sizga salom bergani va karamli yuzingizni kurgani keldim”, der edi. Shuning uzida badavlat mezbon tashrif buyurgan kishi yordamga muhtojligi anglar va u hech narsa suramasa, ham unga ehson va muruvvat qilardi.

– Mehmon kelganda paysalga solmay dasturkhon tuzang va uydagi eng yakhshi nematlarni dasturkhonga torting.

Biroz choy ichib, tamaddi qilgandan sung, undan nima eyishini, kungli nima tusayotganini surash yakhshi ish. Agar uning istak va khohishiga qarab narsa tayyorlansa, khursandchiligi ziyoda buladi. Biroq mehmondan: «Biror narsa eysizmi, biror narsa olib chiqaymi?» deb surash yomon odatdir. Shuning uchun suramasdan uyda borini olib chiqib, mehmon oldiga quyish kerak.
Mezbon lazzatli va latif taomni mehmoniga ilinadi, uzi bundayrogini eydi. Agar taom oz bulsa yoki mehmonning ochligi sezilsa, uzi kamroq eb, mehmonga kuproq qoldiradi. Uyda nima yakhshi taom, meva-cheva va boshqa nematlar bulsa, avvalo mehmonga tortiladi.

– Mehmonni ovqatlanish uchun ortiqcha majburlamang. Bazilar mehmonni shu qadar tukhtovsiz ravishda taomga zurlashadiki, hatto urushishgacha borishadi. Hamma narsa meyorida bulsin. Egulik ketidan egulik kiraversa, mehmon har kirgan idishni pok-pokiza bushatadigan darajada eya olmasligi mumkin. Agar bu ishga zurlansa, uning salomatligiga putur etadi. Izzat-ikrom zulmga aylanib qolmasin.

– Shirin suhbat qurib, oila azolari bilan yaqindan tanishtiring.

      Mehmonning uzi dasturkhonni yigish taklifini bermaguncha dasturkhon yigmang. Mehmonga chaqirganda shakhsan uchrashib yoki telefon orqali aytiladi. Hech bulmasa, telefon orqali aytish imkoniyati bula turib, mehmonni kimdir orqali chorlash chiroyli muomala tarzidan emas. Bu – taklif etilgan insonga nisbatan hurmatsizlikdir. Shuningdek, biron kishini mehmonga chaqirmoqchi bulsangiz, uning vaqtini surishtirib, ziyofatni unga maqul kelgan vaqtga tugrilang.

     Mehmon kutishga tayyorgarlik kurayotganda, khonalarning ozodaligiga alohida etibor bering. Jumladan, vannakhonaga toza sochiq, yangi sovun, atir va hokazolardan quying. Boshqa mayda-chuydalargacha qarab chiqing. Mehmonning kuzi dorda osilgan ich kiyim, chaqaloqlarning ishtonlari va hokazolarga tushib qolmaydigan bulsin.

– Mekhmonlar belgilangan vaqtdan erta kelib qolishi mumkinligini inobatga olib, yarim soatlar oldin chiroyli kiyinib, ularni kutishga tayyor bulib turing.

– Mehmonlar oldida ayolingiz yoki bolalaringizga baqirib, ularni urushib, asabiylashmang. Bu mehmonni quvish bilan barobar.

      Taom tanovul qilinayotganda mehmonning eyish suratiga qarab, sekin-sekin tanovul qiling. Undan avval tugatib quymang. Shuningdek, mehmonga taomni keltirgach, u bilan birga tanovul qiling. Bir mehmon: “Mehmon uchun mezbonning tuqligidan kura zararliroq narsa yuq”, degan ekan. Chunki mehmonning oldiga ovqat olib kelinsa-yu, mezbon ovqat eb, tuyib olgan bulsa, mehmon bilan birga eyisholmaydi. Natijada mehmon uyalib, bemalol ovqatlana olmasligi mumkin.
Mehmon asosiy taomni tanovul qilib, biroz hordiq chiqarib, nafasini rostlab olgach, farzandlaringizni imi-jimida chaqirib, ularni mehmonga tanishtiring. Farzandlaringizni chiroyli kiyintirishni unutmang.
Agar yangi uyga kuchgan bulsangiz yoki anchadan beri shunday yangi qurilgan kurkam khonadonda istiqomat qilayotgan bulsangiz va uyingizga birinchi marta kimdir mehmon bulib kelgan bulsa, vaqt topib unga khonalarni kursatib sayr qildiring. Ehtimol, mehmoningiz uyingizni tomosha qilgisi kelar, lekin buni ochiq aytishga iymanishi mumkin. Albatta, yotoqkhona va ayollar utirgan khonalar kursatilmaydi.
Agar bir jamoani mehmonga chaqirsangiz, ular ozchilik bulsa birga utirsangiz zarar qilmaydi. Chunki ularga dasturkhon ustida khizmat qilib turish kerak buladi. Bordiyu ular kupchilik bulsa, tashqarida khizmat qilib turgan maqul.
Ziyofat sungida mehmonni eshikdan tashqariga kuzatib chiqish, uning tashrifidan benihoya khursand bulganligini izhor qilish va yana tashrif buyurishini surab qolish ham mehmonnavozlik qonun-qoidalari sirasiga kiradi. Shuningdek, mehmonni biron tanishining mashinasida manziliga eltib quyish yoki hech bulmaganda kuchadagi mashinaga utqazib yuborish ham juda yakhshi ish.
Avvaldan belgilab chaqiriladigan mehmondorchilik ham har khil buladi. Mehmonga chaqirish musulomonlar urtasida mehr-oqibatni shakllantiradigan, qalblarni bir-biriga yaqin qiladigan fazilatli amallardandir. Gohida mezbon sizning yolgiz uzingizni yoki oilaviy ravishda mehmonga chaqirishi mumkin. Bu – siz bilan oilangizga kurstatilgan yuksak ehtirom. Shunday holatlarda agar chuntagingiz kutarsa, mehmonga chaqirayotgan khonadon egasiga qandaydir sovga, shirinlik va hokazo kharid qilsangiz nur ustiga nur buladi

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …