guterishJoriy yil mart oyining uchinchi un kunligida Toshkentda “Afgoniston — tinch kelajak sari yul” mavzuida khalqaro vazirlar konferensiyasi utkaziladi. Uning asosiy maqsadi: Afgonistondagi tinchlik muzokaralarining asosiy tamoyillarini muvofiqlashtirish, Afgoniston hukumati va qurolli mukholifat urtasida muzokaralar olib borish mekhanizmini ishlab chiqish, muzokaralar jarayonini qullab-quvvatlash uchun khalqaro qushma tadbirlarni muvofiqlashtirish, deb yozmoqda “Khalq suzi”.

Uzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning malum qilishicha, Toshkent konferensiyasining samaradorligi va natijadorligini taminlash maqsadida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, BMT Bosh kotibining Afgonistondagi makhsus vakili Tadamichi Yamamoto, Evropa Ittifoqining Tashqi ishlar va khavfsizlik masalalari buyicha Oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek, Rossiya, Khitoy, AQSh, Hindiston, Eron, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi ishlar idoralari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Khorijlik ekspertlarning aytishicha, 1999 yilda Toshkentda Uzbekistonning tashabbusi bilan “6 + 2” muloqot guruhi yigilishi nizolashayotgan tomonlar vakillari, khususan, “Tolibon” hamda Afgonistonning qushni mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari urinbosarlari, Rossiya va Amerika Qushma Shtatlari ishtirokida bulib utgan edi. Muzokaralar yakunida Afgonistondagi mojarolarni tinch yul bilan hal etish yuzasidan Toshkent deklarasiyasi qabul qilindi. Khalqaro kuzatuvchilar Uzbekistonning Afgonistonda tinchlik jarayonini targib qilish buyicha muvaffaqiyatli tajribasini hisobga olgan holda, oldinda turgan navbatdagi yigilish afgon muammosini hal etishda muhim qadam bulishi mumkin, deb takidlashdi.