Главная / Iqtisodiyot / Markaziy bank 2020 yil uchun inflyasiya prognozini malum qildi
<

Markaziy bank 2020 yil uchun inflyasiya prognozini malum qildi

Uzbekistonda 2020 yil uchun inflyasiyaning bazaviy prognozi 12 – 13,5 foiz darajasida belgilangan. Bu Markaziy bank malumotida kursatib utilgan.

Markaziy bank raisining birinchi urinbosari Ilhom Norqulovning suzlariga kura, yil davomidagi inflyasiya darajasi 15 foizgacha etishi ehtimoli ham yuq emas.

«Bizda maqsadli va prognoz traektoriyalar bor. Prognoz traektoriyamiz biroz yuqoriroq, ayrim ssenariylar buyicha 2020 yilda 14-15 foizgacha boryapti. Lekin bizning maqsadimiz – bu yil inflyasiyani 12 foizdan past darajada ushlab turish, 2021 yilda esa bir khonali songa olib tushish, 2023 yilga borib esa 5 foizlik targetga erishish.

Bu maqsadli rejalar qandaydir tashqi shok holatlari ruy bermasligi ehtimolidan kelib chiqib belgilangan. Qandaydir uzgarish bulsa ham, bu qisqa muddatli ogish hisoblanadi va biz yana maqsadli traektoriyaga qaytishga harakat qilamiz», – dedi Norqulov «Uzbekiston 2020» dasturidagi chiqishi vaqtida.

Eslatib utamiz, mamlakatda 2019 yilgi inflyasiya darajasi prognoz koridorining yuqori chegarasida shakllanib, 15,2 foizni tashkil etgan edi.

Bundan oldin, inflyasiyani ulchashdagi asosiy mezonlardan biri – istemol narkhlari indeksi 2020 yilda 12,5 – 13 foiz darajasida usishi kutilayotgani malum qilingandi.

  • Inflyasion target nega 5 foiz etib belgilanganiga izoh berildi
  • Markaziy bank iqtisodiy rivojlanishning asosiy va muqobil ssenariysini elon qildi
  • Markaziy bank inflyasiya pasayishi uchun bor masuliyatni buyniga olishga tayyor – Ilhom Norqulov

О нас

Яна маълумот

Virus kirib kelishi, Khitoydan kutilayotgan yordam va karantin sharoitlari. Ekspert bilan suhbat

«Nemis olimlarining koronavirus ikki yil davomida tarqalishi buyicha takhmini tugrimi? Nega karantindagilardan telefon olib quyiladi? …