Главная / Jamiyat / Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etmoqda, ammo pasayish surati sekinlashmoqda
<

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etmoqda, ammo pasayish surati sekinlashmoqda

Markaziy Osiyoda qashshoqlik darajasi pasayishda davom etayotgan bulsa-da, mintaqada uning pasayish surati sekinlashgan. Qashshoqlikning eng yuqori darajasi ishga joylashish imkoniyati cheklangan qishloqlar va chekka hududlarda qayd etilmoqda.

bpg-qxvap4vmca626otlf2bxmuwopskq

Jahon banki tomonidan har yili 17 oktyabrda nishonlanadigan Khalqaro qashshoqlikni tugatish kuni arafasida Markaziy Osiyodagi qashshoqlik darajasi tugrisidagi yangi malumotlar elon qilindi.

“Ijobiy holat sifatida aytish mumkinki, Markaziy Osiyoda qashshoqlikni kamaytirish sohasidagi jarayon davom etmoqda. Shu bilan birga, bu jarayon hozirgidan avvalgiga nisbatan ancha sekin. Shu bois barqaror va har tomonlama usishni taminlash buyicha qushimcha say-harakatlar mintaqa mamlakatlaridagi ustuvor yunalishlardan biri bulishi lozim”, – deydi Jahon bankining Markaziy Osiyo buyicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk.

2000-yillardan boshlab Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari qashshoqlikni kamaytirish borasida sezilarli yutuqlarga erishdilar, ammo buning aksariyat qismi utgan un yillikning dastlabki yillariga tugri keladi.

2002 yildan 2009 yilgacha bulgan sakkiz yil davomida Tojikiston va Qirgizistonda qashshoqlik darajasi yiliga urtacha 7 foiz punktiga kamaydi – Tojikistonda qariyb 70 foizdan 25 foizgacha va Qirgizistonda 20 foizgacha. Biroq shundan sung qashshoqlik darajasi pasayishi keskin sekinlashdi va Tojikistonda yiliga urtacha 1 foizga pasaygan (2019 yilda 25 foizdan prognoz qilinayotgan 13 foizgacha) va Qirgizistonda 2009 yildan hozirgi kungacha 20 foiz darajasida qolmoqda.

Qozogistonda 2000-yillar boshlarida qashshoqlik darajasi allaqachon past bulgan va 2002 yildan 2009 yilgacha yiliga 4 foiz punktidan pasaygan. Bu vaqtga kelib, mamlakatda kam taminlangan davlatlarga nisbatan qullanadigan kuniga 3,20 dollar miqdor kursatkichi buyicha qashshoqlikka deyarli barham berildi.

Biroq Qozogiston mansub bulgan daromadi urtacha darajadan yuqori bulgan (kuniga $ 5,5) mamlakatlar uchun qullaniladigan kursatkichdan foydalanilsa, qashshoqlik darajasi 2013 yilda eng past 6 foizga etgan va ushandan buyon 7 foizdan yuqori darajada saqlanib kelmoqda.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida qashshoqlikni kamaytirish suratlarining sekinlashishi qator iqtisodiy muammolarni aks ettiradi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ish bilan taminlash va munosib haq tulash borasidagi qiyinchiliklarni kursatadi. Mintaqada ishsizlik yoki ish haqi kamligidan yoshlar va ayollar eng kup aziyat chekadi.

Jahon banki malumotlariga kura, 2018 yilda Uzbekistonda 15-24 yoshdagi ayollar urtasidagi ishsizlik 25 foizdan kuproqni, shu yoshdagi erkaklar orasida esa 13 foizni tashkil etgan. Qirgizistonda 15-28 yoshdagi ayollarning 15 foizi ishsiz bulgan va shu yoshdagi erkaklar orasida bu kursatkich 9 foizni tashkil etgan.

Yaqinda elon qilingan Markaziy Osiyo mamlakatlarining qashshoqlik kharitalari shuni kursatadiki, qashshoqlik asosan urbanizasiya markazlari (yirik shaharlar) bilan yaqin aloqada bulmagan qishloq joylarida uchraydi. Bu, ayniqsa, Tojikiston va Qirgizistonning qashshoqlik darajasi 40 foizdan yuqori bulgan eng chekka hududlarida dolzarb.

Vaziyat tahlili shuni kursatadiki, Markaziy Osiyoda urta qatlam deyarli tulaligicha bir qancha yirik shaharlar va ularning atrofida, jumladan Nur-Sulton, Olmaota, Toshkent, shuningdek, bir oz kamroq miqyosda Dushanbe va Bishkekda joylashgan. Mintaqaning barcha davlatlari duch kelayotgan asosiy muammolardan biri – bu barcha fuqarolarning rivojlangan va usuvchi mehnat bozoriga ega bulgan ushbu shahar markazlariga kira olishini taminlash zaruriyatidir.

Jahon banki odamlarga ishga joylashish imkoniyatini beruvchi, rivojlanayotgan va iqtisodiy jihatdan gullab-yashnayotgan shaharlarda uy-joy sotib olishni taminlash , ish haqlari usishini ragbatlantiruvchi bir qator siyosiy choralarni amalga oshirishni va aholining zaif qatlamlari mehnat bozorida yanada raqobatbardosh bulishi uchun ularni qullab-quvvatlashni tavsiya qiladi.

О нас

Яна маълумот

Vqz88h_tXAvmjwi_ZSe6BV7A4APuteT9

Tadbirkor QQS tulashda qonunni buzsa, ruykhatga tushadi

Qushilgan qiymat soligi tulovchilarini davlat soliq khizmati organlarida ruykhatga olish endilikda qay tartibda amalga oshiriladi? …