Главная / Iqtisodiyot / Mardikor ayolar– darbadar ayol

Mardikor ayolar– darbadar ayol

Toshkent shahrining turli nuqtalaridagi mardikor bozorlarida erkaklar bilan bir qatorda ish beruvchilarni kutayotgan ayollarni ham kuramiz. Bunday manzara kup yillardan buyon uzgarmay qolmoqda. Ijodiy guruhimiz bilan Toshkent shahridagi noqonuniy mardikor bozorlarida buldik. Qaysi nuqtaga bormaylik ish beruvchilar mashinasi eshigiga yopishayotgan ayollar soni erkaklarnikidan kam emasligiga guvoh buldik. 

Bu ayollar ogir sharoitlarda noqonuniy faoliyat bilan shugullanishlariga nimalar sabab bulyapti? Faqat ishsizlikmi?

Masalaga chuqurroq nazar tashlaydigan bulsak, muammoning boshqa tomonlari ham borligini kuramiz.

Toshkent viloyati Oqqurgon tumanida tugilgan Zamira Mamadalievna Sulaymonova deyarli 20 yildan buyon mardikor ayollar bozorida ishlaydi.

«Uqimaganim tufayli fermerlarning erini chopiq qilaman, pakhta va bugdoy etishtirishda yordamlashaman. Ish haqi urniga 10-15 sotikh er berishadi. Usha erga loviya ekib kun kuraman. Utgan yili bir fermerning ikki gektar erini chopiq qilib, evaziga ijaraga bergan eriga loviya ekdim. Ammo suv kam bulgani sababli atigi 400 ming sum daromad oldim. Qilgan kharajatim ham qoplanmadi. Hozir 55 yoshdaman. 10 yoshli farzandim bor. Uzim farzand kurolmaganim sababli uni asrab olganman. Nafaqa pulim 193 ming sum. Bu pul eyish-ichishga ham etmayapti. Kamiga uy-joy masalasi qiynab yubordi. Namanganga turmushga chiqqanim sababli propiskam Namanganda. Turmush urtogim bilan ajrashganmiz. Shuning uchun uyoqqa borolmayman. Toshkentda esa propiskaga quyishmayapti. Arosatda qoldim. Shu muammolarim yuzasidan utgan yili Khotin-qizlar qumitasiga murojaat qilgandim. Arzimni eshitib, junatib yuborishdi. Birozdan keyin khat keldi. Khat mazmuniga tushunolmadim», deydi u.

Mardikor ayollar bozorida maktab yoshidagi qizlardan tortib, pensiya yoshidagi ayollargacha uchratish mumkin. Turli muammolar sabab onalar maktab yoki kollejda darsda utirishi kerak bulgan qizlarini ham mardikor bozorlariga olib chiqishyapti. Bu holatga uquv muassasalari mamuriyati nima deydi? Maktab yoshidagi qizlardan bu savolga javob olmoqchi buldik. Lekin ular javob berishdan bosh tortishdi. Ota-ona uzi tashabbuskor bulgan bunday holatlarda uquv muassasalari zaiflik qiladi, albatta.

Kuzatuvlar davomida mardikor ayollar uch toifaga bulinishiga guvoh buldik. Birinchi toifa chindan ham qiynalgan, har qanday ishdan bosh tortmay, halol mehnat qiladigan ayollar, ikkinchi toifa malum manoda dangasalik, boqimandalikka urganib qolganlar. Bu toifa vakillari ishsizlik va boshqa muammolarni rukach qilishadi. Malum bulishicha, ularga uzlari istiqomat qilayotgan hududdan ish topib berilishi vada qilinsa ham shaharda mardikorlik qilishni maqul kurishadi.

«Khotin-qizlar qumitasi va uning hududiy bulimlari tomonidan mavsumiy ishlar bilan shugullanadigan ayollar uchun sayyor qabullar tashkil etilgan. Ayollarning uz yashash joylarida bandligini taminlash uchun mavsumiy pilla qurti boqish, fermer khujaliklaridagi bogdorchilik, polizchilik va issiqkhonalarda ishlash kabilarga yunaltiriladi. Masalan, Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2856-sonli qaroriga muvofiq, pilla qurtini bir oy parvarish qilgan khotin-qizlarga 1 yillik mehnat staji beriladi. Shuningdek, khotin-qizlarni «ustoz-shogird» tizimi doirasida oilaviy kasanachilikni rivojlantirishga jalb qilish orqali kasb egallashlari borasida, tomorqadan unumli foydalanish orqali ham daromad qilish usullari buyicha joylarda qisqa uquv kurslari orqali istagi bor ayollarga uquv jarayonlari tashkil qilinmoqda. Lekin shuni etiborga olish kerakki, bazi bir ayollar taklif etilgan ishlarda ishlashni khohlamaydilar. Bu albatta ularning huquqlari. Biz ayollarga mavjud ish urinlaridan ish taklif qilamiz. Ish topish istagidagi ayollar qumitaga va uning hududiy bulimlariga murojaat qilishlari mumkin. Qumitaning 1146 ishonch telefoniga murojaat qilsa ham buladi», deydi Uzbekiston Khotin-qizlar qumitasi bulim boshligi Gullola Isakova.

Uchinchi toifa esa, afsuski, mardikorlikni niqob qilib, fohishalik bilan shugullanayotgan ayollardir. Tasvirga olish jarayonida mardikorlar bozorlarida bunday ayollar ham kam emasligini kurdik. Eng achinarlisi, bunday joylardagi nosoglom muhit, jargonlarga boy suzlashuv uslubi onasi bilan mardikorlik qilishga chiqqan yosh qizlar tarbiyasiga salbiy tasir kursatyapti.

«Mardikor ayollar orasida buzuqlik bilan shugullanuvchilar ham kup. Tugib-tugib tashlab ham ketishyapti. Ayniqsa, yosh qizlar orasida buzuqlik juda kupaygan. Kurib yoqa ushlayman. Shuning uchun milisiya khodimlari bizni doim nazorat qiladi. Bozor tepasiga kamera ham urnatilgan. Biz tugri va halol ishlasak, hech qanday muammo bulmaydi», deydi Zamira Sulaymonova.

Muammo sabablarini izlash jarayonida Toshkent shahridagi uchta noqonuniy mardikor bozorida buldik. Bular Toshkent tumani Keles dahasi, Ibn Sino mavzesi katta halqa yuli, Bektemir tumani Quyliq bozori hududlarida joylashgan mardikor bozorlari. Ibn Sino mavzesi katta halqa yuli hududidagi noqonuniy mardikor bozorida faqat erkaklar ish kutib turishi, qolgan ikki hududdagi bozorlarda mardikorlikka davogar ayollar ham kupchilikni tashkil qilishini kurdik.

«Har kuni takhminan 50 nafar ayol bulib bozorda tuplanamiz. Yigim-terim mavsumida 70-80 nafargacha etamiz», deydi ayollardan biri.

Bu holatlar mamlakatda ishsizlik muammosi hali ham dolzarbligicha qolayotganini kursatadi. Mardikor ayollarni doimiy ish bilan taminlash borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan bergan savollarimizga Mehnat vazirligidan javob ololmadik.

Aksar holatlarda mardikorlik qilayotgan ayollarning turmush urtogi ruzgor khurjunini nozik jins vakillariga topshirib quyishgan. Ular uz rafiqalaridan tashqari farzandlarini ham ishlashga majbur qilishyapti.

Kup yillardan buyon mardikorchilik bilan shugullanayotgan Oygul Ismatova bu muammoni uz hayoti misolida ochib berishga harakat qildi. Bukhorodan Toshkentga kelib mardikorchilik qiladigan bu ayol kamera qarshisida uzining boshidan kechirganlarini suzlab berdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Bukhoro viloyati, Gijduvon tumanida yashayman. Ogir ijtimoiy holatim tufayli ish topishda yordam berishlarini surab, mahallaga murojaat qilganman. «Uz kuningni uzing kur», deyishgan. Yashaydigan joyimda ish yuq. Ish bulsa ham oylik 300-400 ming sum atrofida. Bu esa hech narsaga etmaydi. Katta shaharda mardikorlik qilib oyiga takhminan 1,5 mln sumgacha topaman. Mardikorlik qilish ham qiyin bulib qoldi. Milisiya khodimlari holi jonimizga quyishmaydi. Propiskang yuq deyishadi. Vaqtinchalik ruykhatdan utishga ham pul ketadi. Topgan pulimni qaysisiga etkazaman?

Erim ishlamaydi. 11 sinfda uqiydigan qizim bilan ishlaymiz. Bir kuni uyga kelsam, qizimni ishga chiqmagani uchun ulasi qilib uribdi. Akhir erkak-ku! Nega ishlamaydi?! Men qancha qiynalib pul topib kelaman. U esa pullarimni aroqqa sarflaydi. Ajrashaman desam, pichoq uqtalib, qurqitadi. Odamzod hayvonni sirkda tomosha quyishga urgatar ekan-u, uning uziga nimanidir urgatish juda qiyin ekan», deydi bu ayol.

«Oriyatimiz, vijdonimiz susayib borayotgani – mardikor ayollar. Biz avliyolarning avlodlarimiz. Bizga bu narsa or, uyat. Khotinimizni kuchaga chiqarib, mardikor qilishdan ulganimiz afzal».

Fozil qori YOsin ugli bu mavzuda gapirganiga ham kup yillar buldi. Bu vaqt ichida mardikor ayollar haqida kuplab maqolalar elon qilindi. Ammo holat usha-usha. Ayollarning kupchiligi masuliyatsiz erkaklar tufayli shu kuyga tushishgan.

Muammoni bartaraf etish uchun mahalla, uquv muassasalari, jamiyat va eng muhimi oila ishlashi kerak. Uzi ishlamay, ayoli mardikorlik qilishiga quyib bergan, oilaga masuliyatsiz qaraydigan erkaklar bor ekan, mavzu dolzarbligicha qolaveradi.

Яна маълумот

Rj1axTqfRwTjCISEOyi1jmaKQK8ga0NG

Captiva 5 narkhi nech sum elon

«Saptiva 5» 221 mln 691 ming sumdan 309 mln 900 ming sumgacha narkhda sotuvga chiqariladi. …