Главная / Iqtisodiyot / «Malika» bozoridagi sotuvchida virus aniqlangan. SSV yangi holatlar haqida qushimcha malumot berdi
<

«Malika» bozoridagi sotuvchida virus aniqlangan. SSV yangi holatlar haqida qushimcha malumot berdi

Uzbekistonda 16 iyun kuni aholi orasida 20ta yangi zararlanish holat qayd etildi. Malum qilinishicha, kun davomida Toshkent, Bukhoro, Samarqand va Namanganda tikuvchi, sotuvchi, haydovchi va farroshlarda virus aniqlangan.

Sogliqni saqlash vazirligi 16 iyun kunlari aholi orasida qayd etilgan kasallanish holatlari buyicha batafsil malumotlarni taqdim etdi.

«Davlatimiz rahbari 16 iyun kungi videoselektor yigilishida yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni sunggi ikki haftada keskin oshgani haqida tukhtalib utdi.

Jumladan, shu davrda birgina Toshkent shahrida aniqlangan 551 nafar holatdan 482 nafari aholi orasidan aniqlangani, shundan 57ta holatda yuqish manbai nomalum bulib qolayotgani kasallikni yuqtirib olish khavfi yuqori ekanini kursatmoqda.

Avval khabar qilganimizdek, 15 iyun sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 183 nafar bemorning 29 nafari aholi orasida aniqlangan bulsa, 16 iyun kuni esa koronavirus qayd etilgan 230 nafar bemordan 20 nafari aholi orasida tasdiqlandi. Ikki kunlik malumotga kura, umumiy kasallanish kursatkichi ancha oshgan, aholi orasida koronavirusga chalinish holati esa birmuncha kamaygan», deyiladi vazirlik khabarida.

16 iyun kuni Toshkentda aholi orasida 14ta yangi holat tasdiqlandi, shuningdek, Bukhoro viloyatida 3, Samarqand viloyatida 2, Namangan viloyatida 1 holat qayd etilgan.

Jumladan, Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi oilaning 3 nafar azosida (dam olish hududiga hordiq chiqarish uchun oilaviy borishgan, bir kun utib, tana harorati kutarilgach, tahlil topshirishgan), shu tumanda yashovchi yana uch nafar fuqaroda: Uchtepa tumanidagi tikuvchilik sekhi ishchisida, ishga joylashish uchun namuna toshirgan shakhsda hamda tana harorati kutarilgani sababli poliklinikaga murojaat qilgan fuqaroda kasallik qayd etilgan.

Bundan tashqari, «Malika» savdo majmuasi sotuvchisida (ishga chiqish uchun namuna topshirgan), Yunusobod tumanida yashovchi homilador ayolda (shifokhonaga yotish uchun namuna topshirgan), Sergeli tumanida yashovchi vaqtincha ishsiz fuqaro (tana harorati kutarilgach, uy sharoitida shifokorga murojaat qilmasdan davolangan) va uning 4 nafar oila azosida, respublika ikhtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolanish uchun namuna topshirgan fuqaroda infeksiya aniqlangan.

Shuningdek, Samarqand tumanida yashovchi nafaqadagi bemorda (onkologiya kasalligi sababli shifokhonaga yotish uchun namuna topshirgan), Samarqand shahridagi 24-maktab farroshi (kukrak bezi kasalligi buyicha namuna topshirgan), Bukhoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi haydovchida ham kasallik tasdiqlangan.

«Mazkur holatda, Sogliqni saqlash vazirligi, takror bulsa-da, aholini har qadamda hushyor va ogoh bulishlarini, karantin va sanitariya qoidalariga qatiy amal qilishlarini suraydi. Koronavirus infeksiyasi kutilmagan salbiy asoratlarga olib kelishi, unga qarshi asosiy qalqonimiz, aynan, sanitariya va karantin qoidalariga suzsiz amal qilish ekanini aslo unutmasligimiz kerak», deyiladi vazirlik khabarida.

О нас

Яна маълумот

93VIpzAlPSH_CMKT1QrPYuIML8VlDm6a

Prezident aholi tomorqalari buyicha yangi qaror imzoladi

Prezident “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qushimcha chora-tadbirlari tugrisida”gi qarorni imzoladi. Uzbekiston fermer, dehqon khujaliklari …