Главная / Jamiyat / Maksim Shaskikh – APLdan takliflar, uchta orzusi va khayrlashuv uyinidan qolgan armoni haqida
<

Maksim Shaskikh – APLdan takliflar, uchta orzusi va khayrlashuv uyinidan qolgan armoni haqida

Zamonaviy uzbek futbolining eng mashhur va afsonaviy hujumchilaridan biri – Maksim Shaskikh desak mubolaga bulmaydi. Kievning «Dinamo» klubi safida nafaqat Ukraina, balki Evropada ham nom qozongan, Uzbekiston milliy jamoasi tarikhidagi eng yakhshi tupurar bulib turgan hamyurtimiz hozirda murabbiylik faoliyatini boshlagan.

Biz Maksim bilan Kievda uchrashib, Kun.uz va Tribuna.uz uquvchilari uchun makhsus intervyu tashkil etdik.

Sobiq hujumchi Evropa futbolidagi karerasi, Uzbekiston milliy jamoasi va uzbek futbolining hozirgi holati haqidagi fikrlari bilan urtoqlashdi.

– Futboldagi dastlabki qadamlaringizni qanday tashlagansiz. Birinchi murabbiyingiz, birinchi jamoa va ilk yutuqlaringiz haqida gapirib bersangiz.

– Sizlarni Ukraina poytakhti Kievda kurib turganimdan khursandman. Futboldagi dastlabki qadamlarim ananaviy tarzda kuchadan boshlangan. Sportchilar oilasida tugilganim uchun kelajakda sportchi bulishim aniq edi.

Birinchi sinfdan «Pakhtakor»ning bolalar va usmirlar sport maktabiga (BUSM) qabul qilinganman. Birinchi murabbiyim – Sergey Mikhaylovich Kovalyov. BUSMni tugatgach, «YuTKO» klubi bilan ikkinchi ligada (Toshkent shahar chempionatida – tahr.) uynaganmiz va yakunda galaba qozonganmiz. Shundan sung, Rossiyaga ketganman.


YOsh Maksim Mirjalol Qosimovdan mukofotni qabul qilib olmoqda

– Siz faoliyatingiz boshidan hujumchi bulmagansiz, tugrimi?

– Har doim hujumchi bulganman… Ammo… bolalar va usmirlar sport maktabida meni markaziy himoyachi nuqtasida ham uynatishgan, chunki tezligim yuqori bulgan (kuladi).

Sunggi himoyachi bulib ham uynaganman. Avval «tozalovchi» himoyachilar bulardi, shu nuqtada ham mendan foydalanishgan. Chunki mendan hech kim qochib ketolmasdi (kuladi). Quvib etib, khavfni bartaraf qilardim – bolalikda bu menga yoqardi.

– Professional faoliyatingizning boshida (1996-1999 yillarda) siz Rossiyaning quyi ligalari vakillari «Sokol», «Torpedo» (Voljskiy), «Lada-Tolyatti», «Gazovik-Gazprom» va «Baltika» kabi klublarda uynagansiz. Kamdan-kam yuz beradigan voqea – Uzbekiston Oliy ligasida birorta uyin utkazmasdan Rossiyaga ketgansiz. Bu holat qanday yuz bergan?

– Bundan oldinroq ham Rossiyaga borganman. 1993 yili (15 yoshida – tahr.) «Lada-Tolyatti» klubida kurikda bulganman. Bu jamoa usha paytda Premer-liga ishtirokchisi edi. Ular meni olib qolishmoqchi edi, ammo uzim khohlamadim va Toshkentga qaytdim.

Keyinroq baribir «Lada-Tolyatti»ga utishim kerak edi. Ammo «Sokol» klubi meni «ugirlab» ketdi desam ham buladi.

Gap shundaki, «Lada-Tolyatti» klubi prezidenti bulgusi agentim bilan yaqin dust bulgan va men haqimda gapirib quygan. Shundan sung agentim Toshkentga qungiroq qilib, kelajagim haqidagi fikrlarim bilan qiziqdi. Bir necha kundan keyin uzi keldi. U bilan hammasini bafurja gaplashib, kelishib olgach, 1 haftadan sung «Sokol» klubiga ketganman.

Biroq yosh va uyin amaliyotim kamligi tufayli keyinchalik «Torpedo» (Voljskiy) klubiga berib yuborishdi. U erda mavsumning ikkinchi qismida barcha uyinlarda maydonga tushdim. Bu men uchun ayni muddao buldi, chunki uyin amaliyotiga muhtoj edim.

Keyingi yili baribir «Lada-Tolyatti»ga utdim. Mavsumni yakhshi utkazganman. Sungra «Gazovik-Gazprom»da uynadim. Keyin «Baltika»ga utdim. Yarim mavsum uynagach, «Dinamo Kiev»dan taklif oldim.

Oraliqda «Spartak Moskva» va «Zenit»da ham kurikda bulganman. «Spartak» meni qabul qilmadi. «Zenit» olib qolmoqchi edi, ammo negadir kunglim bulmadi, rad javobini berdim.


Maksim Shaskikh «Dinamo Kiev» libosida

– 1999 yili «Dinamo Kiev» klubining dunyoga mashhur murabbiyi Valeriy Lobanovskiydan taklif olgansiz. Shu haqda gapirib bersangiz.

– «Baltika» klubida birinchi davra yakunlanishiga 2 tur qolgan edi. «Dinamo Kiev»dan ikki seleksioner keldi. Bafurja gaplashdik, ular kurikdan utkazish uchun emas, balki aniq taklif bilan kelishgan ekan. Khullas, gaplashib oldik. 2 turni utkazib Kievga yul oladigan buldim.

Shundan keyin Moskvaning «Spartak» klubidan ham vakillar kelib, «oltin toglar»ni vada qilishdi. Ammo avval ham aytganman, «Dinamo Kiev»da tup tepish bolalik orzum bulgani uchun, hatto «Spartak» taklifini muhokama ham qilmaganman.

Kievga borganimdan keyin, 1 kun ichida shartnomani kelishib olganmiz. 2 kun utgach, asosiy jamoa mashgulotiga qushilganman.

– Bosh murabbiyi Valeriy Lobanovskiy sizni qanday kutib oldi, u bilan nima haqda gaplashdingiz?

– Klub qarorgohiga bordim. Hamma shu erda ekan – rahbariyat, murabbiylar shtabi, jamoa. Valeriy Vasilevich bilan yuzma-yuz gaplashdik. Uni sof futbolga oid masalalar qiziqtirdi. Menga 2-3 savol berdi. Maketda bazi vaziyatlarni kursatib, fikrim bilan qiziqdi. U yoki bu holatda nima qilishimni suradi. Yani, futboldagi qarashlarim uniki va jamoanikiga qanchalik mos kelishini urgandi. Javoblarim uni qoniqtirdi, fikrlarimiz bir joydan chiqdi deb uylayman.

10-12 daqiqa gaplashib oldik. Shundan keyin rahbariyat bilan uchrashdim, qolgan masalalarni muhokama qildik.


«Dinamo Kiev» bosh murabbiyi Valeriy Lobanovskiy 

– Andrey Shevchenko uz intervyularidan birida Valeriy Lobanovskiy haqida gapira turib, bulimlar oraligida uning kiyim almashtirish khonasiga deyarli kirmasligini, kirsa ham faqat bir gapni: «Nega utiribsizlar, turinglar, maydonga chiqinglar va uynanglar», deb aytishini takidlagan edi?

– Ha, tugri. Ortiqcha gapirmasdi. «Dam oldingizlarmi? Turinglar va maydonga chiqib uynanglar!» derdi.

Hammasi ruhiyatga borib taqaladi. Chunki odamlar har khil buladi. Kimnidir savalash kerak, kimnidir boshini silash kerak. Kimgadir baqirsangiz, uzini yuqotib quyishi mumkin. Kimnidir jonlantirmoqchi bulsangiz, tayoq bilan urish kerak.

Masalan, Pep Gvardiola tanaffusda murabbiylar khonasida utiradi, kiyim almashtirish khonasiga, futbolchilar oldiga umuman kirmaydi. Chunki, bu – futbolchilar hududi. Ular dam olib, keyin ikkinchi bulimga chiqishadi.

Tugri bazan juda qiyin vaziyatlar bulishi mumkin. Shunda murabbiy kirib, futbolchilarni ruhini kutarishga urinishi – tabiiy hol. Albatta buni istisno qilib bulmaydi.

– «Dinamo Kiev»da uynaganingizda boshqa klublardan taklif buldimi? Agar bulsa, nega jamoani tark qilmagansiz?

– «Nyukasl» va «Vest Hem»dan, 2008 yilda «Galatasaroy»dan takliflar bulgan. Ammo rahbariyat meni quyib yuborishga erta deb hisoblaganmi yoki umuman quyib yuborishni istamaganmi, khullas bu takliflar faqat gap-suzlar darajasida qolib ketgan.

«Nyukasl»da Bobbi Robson bosh murabbiy edi. Chempionlar ligasida ular bilan 2ta uyin utkazganimizdan sung, meni olib ketmoqchi buldi. Buni aniq bilaman. Ammo klublar nega kelishib olmaganini tugrisi bilmayman. Balki moliyaviy taklif qoniqtirmagan bulishi mumkin.

Agar futbolchi klubdagi faoliyatini davom ettirishini istamasa, uni quyib yuborish kerak. Chunki keyinchalik undan hech qanday foyda kelmaydi. Ammo menda bunday istak bulmagan. Ingliz klublari bilan muzokara utkazmaganman. Rahbariyat muzokara utkazgan.

Bilmadim, balki rahbariyat meni hali yosh, jamoaga foyda keltira olishga qodir deb hisobladimi, khullas, usha paytda bu gap-suzlarga jiddiy etibor bermaganman.

Hozirgi vaqtda baho beradigan bulsak, ha, balki ketgan bularmidim… Ammo usha paytda nima yuz berishini hech kim bilmasdi. Hozir kuplab yoshlar Evropaga ketyapti, lekin juda ozchiligi uyin amaliyotiga ega bulyapti, muvaffaqiyat qozonyapti.

Ingliz chempionati menga yoqadi, u erda uz kuchimni sinab kurishni istardim. Agar rahbariyat meni chaqirib: «Seni taklif qilishyapti, ketasanmi?» deb suraganida, balki ketishim mumkin edi. Ammo, qaytaraman, bunday bulmagan. Shu tufayli bu haqda ortiqcha uylab, boshimni ogritib utirmaganman.


Maksim Shaskikh «Dinamo Kiev» safidagi uyinlardan birida

– Nima uchun 16-raqamni tanladingiz?

– Tasodifan (kuladi). Shu raqam bush turgani sababli berishgan.

Keyinchalik, 2 yildan sung klub rahbariyati maydondagi futbolchilar 1-11 raqamlar ostida bulishini surashgan. Shunda 10-raqamni oldim va bir davra uynadim. Ammo negadir ishim yurishmadi, juda kam gol urdim. Keyin 16-raqamni qaytarib berishlarini suradim.

Qandaydir irimlarga ishonmayman, ammo 16-raqamni qaytarganimdan sung, umuman uzgartirmadim.

Milliy jamoada esa hammasi oddiy. Klubda 16-raqamda uynaganim sababli, milliy jamoada ham shu raqamni suradim.

– «Dinamo Kiev» safidagi eng muhim golingiz?

– Har bir uyindagi golning uz ahamiyati bor, qaysidir birini ajratib kursata olmayman. Men uchun Chempionlar ligasi finalida urilgan hal qiluvchi gol – eng muhim bulardi.

Uchta orzum bulgan – «Dinamo Kiev»ga utish, milliy jamoa bilan jahon chempionatiga chiqish va Chempionlar ligasida galaba qozonish.

Bir orzum amalga oshdi. Qolgan ikkitasi hali oldinda bulishi mumkin. Albatta, futbolchi sifatida emas, balki murabbiy sifatida.


Shaskikhning «Dinamo Kiev» safidagi sunggi uyinida mukhlislar tomonidan kutarilgan banner. Unda Maksimning klubdagi uyinlari va gollari soniga qiyos berilib, «Maks 16 qiruvchi samolyoti. 328ta uchish, 142ta raqib urib tushirilgan» deb yozilgan.

– 2009 yil 26 may kuni siz «Dinamo Kiev» safida sunggi uyinni utkazdingiz. Chempionatning yakuniy turidagi «Shakhtyor»ga qarshi ahamiyatsiz bahs edi. Ammo bosh murabbiy Yuriy Syomin negadir sizni maydonga tushirmagan?

– Takror aytaman, har bir murabbiyning uz qarashlari buladi. Albatta, jamoani tark etishimni va bu sunggi uyin ekanini bilardim. Mana hozir uzim ham murabbiyman. Shu nuqtayi nazardan oladigan bulsak, bunday qilmagan bulardim. Bu ahamiyatsiz uyin edi, biz chempionlikni hal qilib quygandik.

Bir necha yillar davomida shu klub sharafini himoya qilgan va ozmi-kupmi uning yutuqlariga hissa qushgan futbolchi tribunada emas, balki yashil maydonda mukhlislar bilan khayrlashsa – bu tugri va chiroyli bular edi.

Bu men uchun tushunarsiz yagona voqea buldi. Qaysidir manoda alam qiladi. Balki atigi 2-3 daqiqa imkon berilganida, mukhlislar bilan maydonda khayrlashib, ularga futbolkamni sovga qilib, chiroyli tarzda ketgan bularmidim… Bu voqea men uchun tushunarsiz jumboq bulib qoldi.

Intervyuning ikkinchi va uchinchi qismlari Maksim Shaskikhning Uzbekiston milliy jamoasidagi faoliyati va uzbek futbolining hozirgi muammolariga bagishlandi.

О нас

Яна маълумот

regnum_picture_15863670751960318_big

Turkmanistonda bankomatlar bush va dukonlar bank kartalarini qabul qilmaydi

Turkmanistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashishda davom etmoqda – poytakht va mintaqalarda bankomatlarda naqd pul yuq, kuplab …