Главная / Siyosat / Maykl Pompeo Toshkentga keldi
<

Maykl Pompeo Toshkentga keldi

Evropa va Markaziy Osiyo buylab turnesini davom ettirayotgan AQSh Davlat departamenti rahbari Uzbekistonga keldi. U Toshkentga tashrifi doirasida prezident Shavkat Mirziyoev bilan ham uchrashadi.

Amerika Qushma Shtatlari Davlat kotibi Maykl Pompeo 2 fevral kuni rasmiy tashrif bilan Uzbekistonga keldi.

UzA nashri khabar berishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent khalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni Uzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, AQShning Uzbekistondagi Favqulodda va mukhtor elchisi Deniel Rozenblyum va boshqa rasmiy shakhslar kutib oldi.

Ikki kun davom etadigan tashrif davomida AQSh Davlat kotibi Uzbekiston tashqi ishlar vaziri bilan ikki tomonlama muzokaralar utkazishi kuzda tutilgan. Maykl Pompeo va Abdulaziz Komilov 2018 yil may oyida Vashington shahrida bulib utgan oliy darajadagi Uzbekiston – AQSh sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar bajarilishining borishini muhokama qiladi, dolzarb khalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Maykl Pompeo ertaga, 3 fevral kuni Toshkentda «Markaziy Osiyo – AQSh» («C5+1») shaklidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi.

U prezident Shavkat Mirziyoev qabulida ham buladi.

О нас

Яна маълумот

mirziyoev

Shavkat Mirziyoev Avtomobil yullari qumitasi raisiga qattiq tanbeh berdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Fargona viloyatiga safari doirasida Fargona shahridagi «Shodiyona» mahallasiga kutilmagan tashrif bilan bordi. …