Главная / Sport / Mayk Tayson eng “zolim” sportchi deb tan olinmagani uchun ranjidi
<

Mayk Tayson eng “zolim” sportchi deb tan olinmagani uchun ranjidi

Boks buyicha uta ogir vazndagi sobiq jahon chempion Mayk Tayson ESPN telekanali surovnoma asosida tuzgan sportdagi eng “zolim” sportchilar reytingiga izoh berdi. Ruykhatning eng yuqori pogonasini “Barselona” futbol klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares egallagandi. 2-uringa ingliz futbolchisi Joui Barton quyilgan, Tayson esa “bor-yugi” 3-uringa loyiq deb topilgan. Sobiq bokschi Kievda mukhlislari bilan uchrashuvda ushbu reytingga aynan u boshchilik qilishi kerakligini takidlab utgan.

9q5fdogmrgkix0myuszaq7rmzp8fms56

“Men uchinchiman? Unda kim birinchi? Suares? Men bu yigitni tanimayman. U ham tishlaganmi? U bu qilmishi uchun 3 mln dollar jarima tulaganiga ishonchim komil emas. Bunday ruykhatni tuzganingizda, bilingki, birinchi urinda men bulishim kerak”, deb aytgan Tayson.

Olimpiya chempioni, kup karra jahon chempioni va bir nechta jahon rekordlari sohibi Tayson sport faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. U uzining tajovuzkor feli bilan ajralib turgan.

1997 yil iyulda “temir” Mayk va Evander Kholifild urtasida mashhur jang bulib utgan. Jang vaqtida Tayson raqibining avval ung qulogini, sungra chap qulogini tishlab olgan.

О нас

Яна маълумот

gettyimages-1223919616-2048x2048-680x470

UFC 249. Jastin Getji Toni Fergyusonni muddatidan avval taslim qilib, engil vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi

AQShning Florida shtatida Toshkent vaqti bilan 10 may kuni UFC 249 musobaqasi bulib utdi. Foto: …