Главная / Jamiyat / Majburiy tibbiy sugurta qanchaga tushadi?
<

Majburiy tibbiy sugurta qanchaga tushadi?

Sogliqni saqlash vazirligi QHTBT portalida «Majburiy tibbiy sugurta tugrisida»gi Qonun loyihasini elon qildi, u 2021 yil 1 yanvardan kuchga kirishi kerak. Bu haqda Norma yozmoqda.

Taklif etilayotgan qonunning maqsadi – Uzbekiston fuqarolarining malakali tibbiy yordam olish hamda majburiy tibbiy sugurtaning (MTS) huquqiy, tashkiliy, moliyaviy asoslari va tamoyillarini belgilash uchun fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirish maqsadida MTS sohasida yuzaga keladigan jamoatchilik munosabatlarini tartibga solish.

rgweon3yg954wi8obsw3pt3k4hllqzxr

 MTSning asosiy tushuncha va tamoyillari belgilandi. Tushunchalar apparati bepul tibbiy-ijtimoiy yordamning kafolatlangan hajmi, tibbiyot muassasalari, ularning turlari, tibbiy khizmat va boshqa tavsiflarni uz ichiga olgan.

 MTSning asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:

• ijtimoiy maqomi va kiritgan yigimi (badali) miqdoridan qati nazar, barcha sugurtalangan shakhslar tibbiy khizmatlardan teng foydalanadi;

• tibbiy khizmatlardan hududlarda teng foydalaniladi;

• hamyonbop va sifatli tibbiy khizmatlar kursatiladi.

 Loyiha tibbiy resurslardan teng foydalanishni, uz salomatligini saqlash va mustahkamlashdan manfaatdorlikni taminlovchi motivasiya dasturlarini joriy etish yuli bilan salomatlikni saqlash uchun fuqarolarning javobgarligini oshirishga ham yunaltirilgan.

 Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan majburiy tibbiy sugurta uchun yigim va badallar miqdorini Prezident tasdiqlaydi.

 Qonun kimlarga tatbiq etiladi

 Qonun quyidagilarga nisbatan amal qiladi:

• bepul tibbiy yordam va MTSning kafolatlangan hajmi doirasida tibbiy khizmatlardan foydalanish huquqiga ega bulgan sugurtalangan shakhslar;

• ish beruvchi bulgan korkhonalar, tashkilotlar, muassasalar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, tibbiy khizmatlarni etkazib beruvchilar, Majburiy tibbiy sugurta jamgarmasi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek MTS sohasida faoliyat yurituvchi boshqa shakhslar.

 Uzbekiston fuqarolari, bu erda doimiy yashovchi khorijiy fuqarolar, fuqaroligi bulmagan shakhslar va ularga tenglashtirilgan shakhslar, shuningdek kirish «investisiya vizasi» olgan khorijiy investorlar, ularning ota-onalari, turmush urtoqlari va farzandlari majburiy tibbiy sugurtalanishlari lozim buladi.

 Sugurtalangan shakhslar, tulovchilar, akkreditasiyalangan tibbiy khizmatlarni etkazib beruvchilar va Jamgarma majburiy tibbiy sugurta subektlari hisoblanadi.

 Jamgarma byudjeti quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:

• aholini tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi bilan taminlash kharajatlarini qoplash uchun ajratiladigan Davlat byudjeti mablaglari;

• majburiy tibbiy sugurtani qullab-quvvatlash uchun davlat tomonidan belgilanadigan majburiy soliqlar va yigimlar;

• qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 Uzbekiston hududida bulgan barcha jismoniy shakhslar shoshilinch tibbiy yordam olishga haqli buladi.

 Sugurtalangan shakhslarning huquqlarini taminlash

Tibbiy khizmatlarni etkazib beruvchini tanlash huquqini qayd etgan holda ularni kursatish, sugurtalangan shakhslarni boshqa etkazib beruvchiga qayta yunaltirish taomillari, ikkilamchi fikr olish huquqi, sugurtalangan shakhslar hisobini yuritishning asosiy qoidalari, birgalikda tulovlarni amalga oshirish va akhborot makhfiyligi tartibi belgilanadi.

 Loyihaga muvofiq, tibbiy yoki boshqa kursatmalar mavjud yoki mavjud emasligidan qati nazar, sugurtalangan shakhslar tibbiy khizmatlardan foydalanish uchun suralayotgan tibbiy khizmatlarni kursatish shartnomasi tuzilgan etkazib beruvchiga murojaat qilishga haqli. Sugurtalangan shakhs etkazib beruvchiga murojaat qilganda shakhsini tasdiqlovchi guvohnomani va, mavjud bulgan taqdirda, sugurta polisi, tibbiyot kartasi yoki ularning urnini bosuvchi hujjatlarni taqdim etishi shart, shoshilinch yordam kursatish hollari bundan mustasno.

 Etkazib beruvchi sugurtalangan shakhsda tibbiy kursatmalar, sugurta polisi, tibbiyot kartasi yoki ularning urnini bosuvchi hujjatlar mavjud emasligi sababli qabul qilishni rad eta olmaydi. Etkazib beruvchi tuzilgan shartnomaga muvofiq suralayotgan tibbiy khizmatni kursatmasa, murojaat qilish dalilini qayd etadi, shuningdek suralayotgan tibbiy yordamni olish uchun shakhs qayta yunaltirilgan etkazib beruvchini kursatadi. Shakhs qayta yunaltirilgan etkazib beruvchi sugurtalangan shakhsga suralayotgan khizmatni kursatishi shart.

 Alohida khizmat uchun birgalikda tulov nazarda tutilgan bulsa, shakhs etkazib beruvchiga belgilangan miqdorda haq tulashi, u sugurtalangan shakhs tomonidan birgalikda tulovni olganidan keyin uni kursatishi shart. Qonun loyihasiga kura: birgalikda tulov – Jamgarma va sugurtalangan shakhs tomonidan solidar tartibda kursatilgan tibbiy khizmatlar uchun tulanishi lozim bulgan summa.

 Mablag qaerdan olinadi

 Uzbekistonda tibbiyotning byudjet modeli amal qiladi. Aholi soliqlarni tulaydi, ularning bir qismi sogliqni saqlash tizimiga yunaltiriladi. Sogliqni saqlash vazirligi MTSni joriy etish zaruratining iqtisodiy asoslanmasida sogliqni saqlashga jami kharajatlar qushimcha hajmini shakllantirishning 2 ta variantini keltirgan.

 1. «MTSga ajratmalar va qatiy belgilangan badallar miqdori – 2% va 1 EKIH». U 2021 yildan Uzbekistonda yollanma khodimlar nominal ish haqidan 2% miqdorida ajratmalar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan 1 EKIH miqdorida qatiy belgilangan badallar MTS tizimiga joriy etilishiga asoslangan.

 Chunonchi, 2021 yilda jami tushumlar 1 211 mlrd sumni, 2022 yilda 1 297 mlrd sumni, 2025 yilda 1 576 mlrd sumni tashkil etishi mumkin. 2021 yilda sogliqni saqlashga jami kharajatlar aholi jon boshiga 444 ming sumni, 2022 yilda 453 ming sumni, 2025 yilda 570 ming sumni tashkil etadi. 2017 yilgi daraja bilan solishtirganda 2025 yilda ular 2,5 baravar oshadi.

 2. «Tamaki va alkogolli ichimliklardan, Pensiya jamgarmasi hisobidan – MHTFning 0,5%i, yakka tartibdagi tadbirkorlarning badallari hisobidan – 2 EKIH MTSga ajratmalar va qatiy belgilangan badallar miqdori».

 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning badallaridan Jamgarmaga tushumlar hajmi 2021 yilda 161 mlrd sumni, 2022 yilda 175 mlrd sumni, 2025 yilda 224 mlrd sumni tashkil etishi mumkin. Sogliqni saqlashga jami kharajatlar aholi jon boshiga 2021 yilda 511 ming sumni, 2022 yilda 524 ming sumni, 2025 yilda 652 ming sumni tashkil etadi. 2018 yilgi daraja bilan solishtirganda 2025 yilda ular 2,9 baravar oshadi.

 Loyiha uzgartirilishi, unga qushimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

О нас

Яна маълумот

k2AXBaTvQFkyYvKSakg5IfBKCFmxN0s8

Toshkentda «Makhsustrans» mashinasi yonib ketdi

12 iyul kuni soat 16:20da Toshkent shahar YOKhB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga …