Главная / Jamiyat / Makhsus komissiya karantinni qaytarishga sabab bulgan 6 muammoni malum qildi
<

Makhsus komissiya karantinni qaytarishga sabab bulgan 6 muammoni malum qildi

Cheklovlar qaytadan kuchaytirilishiga bir qator muammolar sabab bulgani keltirib utildi. Respublika makhsus komissiyasining bildirishicha, bular quyidagilar:
  • 2020 yilning 10 iyuliga kelib Uzbekistonning sogliqni saqlash tizimi katta bosimga duch keldi. Mavjud sogliqni saqlash muassasalari quvvati yangi Covid-19’ga chalingan bemorlarni qabul qilish uchun etarli emas;
  • ayni vaziyatda Uzbekiston sogliqni saqlash tizimi uchun Covid-19 bilan zararlanganlar sonini qisqartirish hamda kasallanish zanjirini hech bulmaganda bir oyga uzish va tizimni qayta tiklash hayotiy zaruriyatdir;
  • Qatiy karantin choralarini qullamaslik — koronavirusga chalinganlarni stasionar davolash uchun kasalkhonalarda joy qolmasligi va ular bilan ishlash uchun shifokor va tibbiy khodimlarning etishmasligiga olib keladi;
  • boshqa kasalliklardan sodir buladigan ehtimoliy ulim holatlarini hisoblashning imkoni bulmaydi, sababi barcha tibbiyot khodimlari va yotoq urinlari Covid-19 bemorlari bilan band buladi.
  • Covid-19 bilan kasallangan shifokorlar soni kupaymoqda. Kupchilik karantinda bulgani sababli khodimlar etishmovchiligi yuzaga kelgan. Shifokorlar va tibbiyot khodimlariga bulgan psikhologik bosim eng yuqori nuqtaga etdi;
  • rasmiy statistika faqat aniqlangan kasallanish holatlarini qayd etmoqda. Haqiqiy holat boshqa mamlakatlardagi kabi bir necha barobar farqli bulishi mumkin. Sababi hamma bemorlar ham tibbiy yordamga murojaat qilishmayapti, simptomsiz bemorlarni esa hisobga olishning imkoni yuq.

Shu sababli bu muammolarning echimi sifatida tibbiyot muassasalarining faoliyatini engillashtirish uchun bemorlarni uyda davolash va karantinni uyda utkazish buyicha bayonnoma qabul qilindi. Karantin markaziga kuproq fuqarolarni qabul qilish va ularning karantinda bulish muddatini kamaytirish imkonini beruvchi yangi qisqa muddatli karantinda saqlash protokoli qabul qilindi.

Takidlanishicha, 20 kunlik tanaffus sogliqni saqlash muassasalari, shifokorlar va tibbiyot khodimlariga bulgan bosimni yumshatish va avgust oyida mamlakat iqtisodiyotini tiklashda davom etish uchun zarurdir.

Eslatib utamiz, Respublika makhsus komissiyasining 8 iyuldagi qarori bilan Uzbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilmoqda. Tuylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlanadi, avtotransport harakati cheklanadi, buyum bozorlari va bolalar bogchalari yopiladi, khalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi.

Prezident joylarda «yashil», «sariq» va «qizil» hudud tamoyili tuliq ishlamayotganini aytib, karantin choralariga engil qarash holatlarini tanqid qildi.

Ichki ishlar vazirligi Uzbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi «qizil» bulishini bildirdi.

О нас

Яна маълумот

gSVsd8VHSBxWXbR-8yle8ewnTSf6MLc

Tanlovdan olingan er: Oqdaryoda tadbirkor 4 yildan buyon kutmoqda, nizom buzilgan, hokimlik uz davosini uzgartirgan

Samarqand shahridan Ulugbek Mansurov tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanish maqsadida er olish uchun bundan turt yil …