Главная / Madaniyat / Madaniyat va sanat sohasida DKhSh asosida berilishi mumkin bulgan davlat mulki obektlari ruykhati tasdiqlandi
<

Madaniyat va sanat sohasida DKhSh asosida berilishi mumkin bulgan davlat mulki obektlari ruykhati tasdiqlandi

Madaniyat va sanat sohasida davlat-khususiy sheriklikni amalga oshirishga kumaklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari tugrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi khabar bermoqda.

Qaror bilan Madaniyat va sanat sohasida davlat-khususiy sheriklik tugrisidagi qonunchilik asosida berilishi mumkin bulgan davlat mulki obektlarining ruykhati tasdiqlandi.

Shuningdek, qaror bilan Madaniyat va sanat sohasida davlat-khususiy sheriklik tugrisidagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun alohida ochiladigan shakhsiy gazna hisobvaragi mablaglarini jamlash va undan foydalanish tartibi tugrisidagi nizom tasdiqlandi.

Unga kura, makhsus hisobvaraqdagi mablaglardan davlat-khususiy sheriklik tugrisidagi bitim obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va tamirlashga imtiyozli kredit berish uchun madaniyat va sanat nodavlat muassasalarini tashkil etish maqsadida foydalaniladi.

Bundan tashqari, qaror bilan Davlat-khususiy sheriklik tugrisidagi qonunchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan madaniyat va sanat nodavlat muassasalariga Uzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglaridan subsidiyalar ajratish tartibi tugrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizom nodavlat teatr va sirklar, hayvonot boglari, madaniyat saroylari, konsert zallari, madaniyat markazlariga tatbiq etiladi.

Byudjetdan subsidiyalar madaniyat va sanat nodavlat muassasalari kharajatlarining bir qismini qoplash uchun yillik daromadlari va kharajatlari hajmidan, madaniy khizmatlar kursatish buyicha tuziladigan shartnomalardan kelib chiqib ajratiladi.

Unga kura, tadbirkor subsidiyalar ajratish uchun moliya organiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.

Madaniyat va sanat nodavlat muassasasi byudjetdan subsidiya olishga buyurtmanomani hisobot oyidan keyin ikki oy davomida taqdim etishi mumkin.

О нас

Яна маълумот

Khotin haqida sherlar

Uyga khoti agar bulmasa Gulzorlardan gul topolmaymiz. Ertandirga non yopolmaymiz. Ekin ekib er chopolmaymiz. Uyda …