Главная / Madaniyat / Madaniyat va sanat muassasalarida vasiylik kengashlari tashkil etiladi

Madaniyat va sanat muassasalarida vasiylik kengashlari tashkil etiladi

Ular tugrisidagi namunaviy nizom Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan, deb yozmoqda Norma.

Vasiylik kengashi – bu madaniyat va sanat muassasalarining vazifalari va muammolarini hal etishga jamoatchilikni jalb etish, byudjetdan tashqari mablaglarni jalb etishda ularga kumaklashish, pulli khizmatlar kursatilishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan jamoatchilik-maslahat organi.

ljm_tdup5jvogrv3zesmukftmff4v426

Ushbu holda teatrlar, sirklar, filarmoniyalar, konsert tashkilotlari (professional ijodiy jamoalar, musiqa jamoalari, ansambllar va shu kabilar), madaniy-marifiy muassasalar (madaniyat markazlari, muzeylar, badiiy galereyalar (kurgazmalar), kurgazma zallari), idoraviy mansubligidan qati nazar moddiy madaniy meros obektlari va arkhitektura yodgorliklari khususida suz boryapti.

Vasiylik kengashi tarkibi muassasaning rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Unga davlat tashkilotlari, NNT, khujalik yurituvchi subektlar vakillari, shuningdek, boshqa manfaatdor shakhslar kirishi mumkin. Madaniyat va sanat muassasasi rahbari kengash azosi bulishi mumkin emas.

Kengash yuridik shakhs hisoblanmaydi, jamoatchilik asosida ish kuradi, barcha azolarining ikhtiyoriy ishtirok etishi va teng huquqliligi prinsiplari asosida tashkil etiladi. Kengashning son tarkibi (agar uning nizomida uzgacha hol belgilanmagan bulsa) reglamentlashtirilmaydi, tarkibi va rahbariyatdagi uzgarishlar, qoidaga kura, bir yilda bir marta utkaziladi.

Kengash majlislari zaruratga kura, biroq yarim yilda kamida 1 marta utkaziladi va uning azolarining kamida 2/3 qismi hozir bulsa, u huquqiy vakolatli buladi (kvorum). Qarorlar oddiy kupchilik ovoz bilan qabul qilinadi, mablaglar tushumi va kharajatlarning yillik moliyaviy rejasini tasdiqlash masalalari buyicha esa – hozir bulgan azolarining 2/3 qismining ovozi bilan qabul qilinadi.  Ovozlar teng bulganda – raisning ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi. Majlis bayonnomalarining elektron versiyalari madaniyat va sanat muassasasining saytida elon qilinadi.

Vasiylik kengashi bir yilda kamida bir marta muassasa rahbarining qabul qilingan qarorlar ijrosi holati tugrisidagi hisobotini eshitadi. Jalb etilgan mablaglar va boshqa kumaklashish mablaglaridan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun moliyaviy nazoratning vakolatli organi – moliyaviy taftishchi yoki nazorat-taftish komissiyasi tashkil etadi.

Hujjat 17.08.2019 yildan kuchga kirdi.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …