Главная / Madaniyat / MUGANNIY (1949-2014)

MUGANNIY (1949-2014)

Qirgizistondagi istiklol davri uzbek shoirla- ri haqida suz ketganda, eng avvalo, gazalnavis shoir Muganniy nomini tilga olamiz. Chunki Muganniy – Ganijon Kholmatovni mustaqil yurtimizdagi zamonaviy uzbek sheriyatining nafaqat peshkadam vakili, balki sar- boni desak mubolaga bulmaydi. Muganniy sheriyat shay- dolariga gazalnavis shoir sifatida tanildi. Uning utli, serjilva gazallari qushiqlar qanotida nafaqat Ush, Ja- lolobod, balki boshqa hududlardagi uzbeklar khonadoniga ham kirib bordi, ularning kungil mulkiga aylandi.

Muganniy shoirShoir tuplamlaridan urin olgan sher va gazallar uziga, hayotga va odamlar taqdiriga befarq bulolmaydigan etadi. bezovta qalb sohibi qalamidan tukilgan dil izhorlari, kungil suvratlaridir.

Muganniy sheriyatining mazmun, tuygu va kechinmalar manzarasi doirasini faqat ishq-muhabbat iztiroblarigina emas, onaga mehr, Vatanga muhabbat, zamon uzgarishlaridan tashvish, foniy dunyo yolgonlaridan nolish ohanglari ham tashkil Ushlik gazalnavis shoir, istedodli aktyor hamda rejissyor Ganijon Khol ma­tov 1949 yil 5 fevralda Ush shakhrida tavallud topdi. 1966 yil Ush shahridagi Le­nin nomli 10-maktabning 10-sinfini tamomlaydi.

Shu Yili Tashkent shahridagi Ostrovskiy (hozirgi Mannon Uygur ) nomli teatr va rassomchilik institutining teatr bulimiga uqishga kiradi. 1970 yil oliygohni tamomlagach, Ushdagi Kirov (hozirgi Z.M. Bobur) nomidagi uzbek akademik musiqali drama teatrida aktyor si­fatida uz faoliyatini boshladi, teatrdan ajralmagan holda Ush shahridagi urta maktablarda musiqa fanidan dars berdi. 1979 yil teatrga rejissyor, 1991 yildan boshlab esa bosh rejissyor etib tayinlandi. 2007 yildan boshlab M.Gorkiy nomli 8-gimnaziya maktabida dramatik tugarak rahbari sifatida faoliyat kursatdi.

Istedodli aktyor sifatida ijro etgan rollari: Khlestakov (Gogolning “Revizor” asari), Yason (Evripidning “Medeya” tragediyasida), Akhmad Yassaviy (A.Oripovning “Sohibkiron” dramasida), Chingizkhon (Mukhtor Shakhanovning “Mustabid talvasasi” asarida), Ulugbek (M.Shaykhzodaning “Mirzo Ulugbek” tragediyasida).

Rejissyor sifatida sahnaga olib chiqqan asarlari: Sh.Sadulla “YOriltosh”, J.Sodiqov “Bobur haqida qushiq”, M. Shaykhzoda “Mirzo Ulugbek” tragediyasi, M.Gaparov “Ulmoqchiman, homiy kerak”, “Shur makon”.

Ammo ushlik shoir Ganijon Kholmatov (Muganniy) mukhlislar qalbidan eng avvalo uz qushiqlari bilan joy olgan. Shoirning yuzga yakin kushiklari el suygan taniqli hofizlar tomonidan kuylanib kelinmokda. Taniqli hofiz Sherali Juraev repertuaridan Muganniyning “Sen ketding asta-asta”, “Onani hurmat qiling”, “Munojotni tinglab”, ”Ush togidan”, “Sharshara” kabi unga yaqin qushiklari urin egallagan. Shuni takidlab utish joizki, Muganniyni elga tanitgan uning qushiqlari bulsa-da, zamonaviy sheriyatimizda shoir Muganniyning gazaliyoti uz salmogi va badiiy saviyasi bilan mumtozlikka davogardir. Shoir Muganniy mum- toz adabiyot ananalarini, aynan Navoiy yuqori chuqqiga kutarib quygan gazalchilik ananasini zamonaviy sheriyatda samarali davom ettirgan taniqli ijodkorlardan biri desak khato bulmas.

Shoir ijodi Moziy va khozirgi zamon sheriyati urtasidagi bir kuprik vazi- fasini utganligi shubhasizdir. Muganniy lirikasini besh yuzga yaqin gazallar, ikki yuzdan ortiq turtliklar, yuzga yaqin ijtimoiy-siyosiy sherlar, ikki yuzga yakin qushiqlar tashkil etadi. Shoirning “Suyanganim tor buldi” (1994), “Yuz pora dil” (2000 ) (3 kitobdan iborat), “Sen ketding asta-asta” (2005),”Qazo darslari” (2012) kabi sheriy tuplamlari mukhlislar kitob javonidan munosib urin olgan. Huvaydo, Mavlaviy Sirojiy, Samarbonu, Salohiddin Soqib, Makhjuriylar sarbon bulgan ijodiy davrani davom etgirib, boyitib kelgan betakror sanatkor, elimizning sevimli va ardoqli shoiri Muganniy 2014 yilning 9 iyunida uzoq davom etgan khas- talikdan sung vafot etdi.

BORODUR

Oh, yulduzim, bilmaysan – kunlar botib borodur,

Kukdan tushib kelmaysan – tonglar otib borodur.

Ortib oshiq armonin, topolmasdan sarbonin,

Sarson umrim karvoni, sensiz ketib borodur.

Qolgan umrim sazomu, suyganga shul jazomu,

Kundan-kunga hijroning jondan utib borodur.

Muhabbatga qul berdim, sitamlarga yul berdim,

Gamlar aldab ukhlatib, ham uygotib borodur.

Yuqlatsa, yor yuqlatsin, yiglatsa yor yiglatsin,

Ohu-zorim ganimat – diydam qotib borodur.

YOlgon dunyo bu dunyo, armon dunyo bu dunyo,

Dushmanlarim kharidor, dustlar sotib borodur.

Mahshar tuni porlagin, visol tomon chorlagin,

Jonin olib Muganniy, kukka etib borodur.

SEN KETDING ASTA-ASTA…

Orzularim ogulab, sen ketding asta-asta,

Bormoqdaman yohulab ortingdan khasta-khasta.

Men telba oshigingni qaylarga etkurursan,

Ikki qulimdan aylab, zulfingga basta-basta?

Gulga gul bergan oshiq, qayda jazoga loyiq,

Men senga gunohkorman gul tutib dasta-dasta.

Ham meni kiynayursan, ham uzing yiglayursan,

Bilmasmiding, nigoro, joningga jon payvasta?

Jonimni nishon aylab, gamzangni khavolatma,

Rahm aylagil bir bora – norastaman, norasta.

Poyingda ado bulsam, har kimga davo qilma,

Ul jodu kuzlaringdan jonimni ista-ista.

Navolanma, Muganniy, sen telbaga son qayda,

YOr yulida oshiqlar turganda rasta-rasta?

Savol va topshirikdar:

  1. “Boradur“ radifli gazal matlasidagi “yulduzim“ suzini asos qilgan kholda gazalni takhlil qiling.
  2. “Sarson umrim karvoni” jumlasiga qanday fikr bildira olasiz?
  3. Misralardagi tazod sheriy sanatiga alohida etibor qarating va izokhlang.
  4. “Dushmanlarim kharidor, dustlar sotib borodur“ misrasini talqin eting.
  5. “Sen ketding asta-asta“ gazalining matlasini tuliq tahlil qiling. “Orzularim ogulab” birikmasiga alokhida etibor qarating.
  6. “Zulfingga basta-basta” birikmasini lugat yordamida izokhlab bering.
  7. ‘Tulga gul bergan oshiq” misrasi khususida sizning fikringiz qanday?
  8. “Ul jodu kuzlaringdan jonimni ista-ista” misrasini talqin etishga kharakat qiling. Shu urinda yashiringan badiiy sanatni aniqlang?
  9. “Navolanma, Muganniy!” khitobi magzini chaqishgakharakatqiling. Suzlarninglugaviy manosini aniklang. “Maqta” suzining lugaviy manosini eslab kuring.
  10. Gazaldagi badiiy sanatlarni izokhlab adabiyot daftaringizga yozing.
  11. Gazal asosida kuyga solingan qushiqni tinglaganmisiz? Qushiq sizda qanday taassurot uygotdi?
  12. Gazallarni yod oling.

«Qazo darslari»dan darslar

MUNOJOT

Ulim Haq! U inkorsiz hakiqat!

Balki bu dunyoda barcha hakiqatlar inkor qilinar, lekin insonning ulimi inkorsizdir!

Ustoz shoir Muganniyning sunggi kitobi «Qazo darslari» deb nomla- nadi.

Kitob uz nomi bilan sizga allanechuk tuyguni olib kiradi.

Kitobni ochishni boshlaysiz, kitobning kaliti «Fotiha» turtligidir:

U KUNda upishar yuzimdan, Shirmoy non yopishar suzimdan. Ortingdan ketyapman, etolmay, Topishar borganlar izimdan!

Ha, bu bir tayyorgarlik yoki tayyorgarlikka chorlov!

Kitob turtliklardan iborat bulib, besh kismni uz ichiga oladi va barcha turtliklar «Robbim!» suzi bilan boshlanadi. Yani bularning barchasi Robbga ilti- jo, Yaratganga, Tarbiya qiluvchiga iltijo! Shoir iltijo natijasida goho «erkalik» qiladi, goho «shakkoklik» ham qilganday buladi, ammo barchasi Haq yulidagi kholis- likdan tugiladi.

Kitobning birinchi qismi – «Munojot»dir!

DARIChA

Mei Sening KUNingga sigmagan Suzing, Uzingga termilib tuymagan Kuzing. Zamonlar charkhida titragan Kuza, Men Sening Uzingdan Uzingga Uzing!

Mazkur turtlikda bir dunyo masala ikhota qilingan. Va qanchalab javobsiz savol- ga javob qilsa buladiganday…

Mei Sening «KUN»ingga sigmagan Suzing…

Mazkur misrada ilk yaralmish jarayoni va bunda insonning naqadar ulugligi u yuksak maqomda ekanligi haqida fikr yuritilmokda.

Bilamizki, «Kun fayakun» suzi Quroni Karimning kupgina oyatlarida uchraydi. «Bul – deydi, bas, buladi» manosini anglatuvchi bu muborak kalom uzbek mumtoz adabiyotining kham ildizlaridan khisoblanadi. Demak, shoir shunday demoqchi buladi nazarimda:

Alloh «Bul!» (yani «KUN») suzi bilan butun olamni, bashariyatni, borliqni yaratdi. Hatto erni olti kunda yaratib quydi va bu «Bul!» buyrugi natijasida yara- lish hanuzgacha davom etmokda. Bunda vaqt tezligi bilan birga mohirlik, hikmat va yuksak kamolot peshqadamlikdadir. Khush, bu kalomning ichida Odam yaraldimi?..

Yuq, yaralmadi. Odam Allohning «Bul!» degan suziga sigmadi. Allokh tomoni- dan Odamni yaratish uchun alohida «tayyorgarlik» kurildi. Sababi malum Allokh. Uzining halifasini yaratmoqchi edi. Uzining khalifasi esa boshqa oddiy mavjudot- lar qatorida yaratilishi mumkin emas edi. Mazkur satrda inson naqadar oliy dara- jali ekanligi yana bir karra eslanyapti.

Turtlik davomida yana shuni uqish mumkinki, insonda yaratuvchining Qudrati, Ilohiyyasi borligi, aytiladi, sunggi satrda esa bunday deyiladi:

Men Sening Uzingdan Uzingga Uzing!

Miera mazmuni, albatta, Quroni Karimga taqaladi. Baqara surasining 156- oyatidagi «Inna lillahi va inna ilayhi rojiun» kalimasi mazmuniga hamohang. «Albatta Allokhdanmiz va albatta Unga qaytamiz.»

«Munojot» bulimida Allohga iltijo qilinib undan madad surash va albatta biz Uningsiz hech kim ekanligimiz qalamga olingan.

Robbim!

Aqlimning kuzlari gumonim, Kunglimning kuzlari yomonim.

Kur bulay, kur bulay, qulimdan Etaklab yursa bas iymonim.

Iymonning etaklab yurishi bu-Hidoyat!

Iymon etaklab Haqqa eltadi.

Birok iy- monsiz ochiq kuzlarimiz bilan kham kupincha zulmatlarga garq bulamiz, Haqni topolmay qolamiz. Qani endi bu kuzlar «kur» bulsayu, iymon kuzi bilan yul topsak, uning kuzi bilan kursak dunyoni!

Kitob ajib bir simfoniyaga ukhshaydi. Bazan qalbingizni titratsa, bazan kho- tirjamlik beradi. Bazan qalbingizga qalbingizni tanitib, uzingizga uzingizni kursatadi ham. Kitobning okhang ohangrabosi sizni uziga jipslashtiradi, uzilgin- giz kelmay qoladi.

Endigi turtlikda shoir Ishk sarhadlariga kutarilib, alal oqibat oriflik maqomida suzlaydi.

Robbim!

Yuzingdan Bekhishtga qandoq burilsam? Naylaynn, ishqingga shundok berilsam? Sakkiz jannatingning zavqii tonarman, Kursamu, kuysamu, ulsam tirilsam…

Turtlik sungidagi nuqtalarga etiboringizni karating, yani shu khol takror- lanishi suralyapti Haqdan. Haqning jamolini kursayu kuysa, ulsa tirilsa va yana kursa va yana kuysa va yana ulsa va yana tirilsa…

Galati holatga tushib qoldingizmi? Insonning abadiy umri faqat shunday da- vom etishini uylab kurdingizmi? Ana hatto etingizni seskantirib ham yubordi.

Muganniy bir turtligida butun tuzilishi tuproqligini takidlab, turtlik sungida shunday savol tashlaydi:

Robbim!

Boshim tuproq, yuzim tuproq – kun qayda? Kun kurgani kuzim tuproq – tun qayda? Suzim mayda, izim qayda, nasim-ey, Jon seniki, jism tuproq – men qayda?

Shoirni bir qarashda tasavvuf akhlidan deb uylarsiz, lekin tasavvuf akhdining maylariga «chukib ulgan» shoir mayning ichidan izlaganini topolmaydi:

Robbim!

Aytdilar: «Dayr aro maydasan, Kosayu va paydar paydasan.» Qonmayin shungidim jomiga, Men chukib uldimay, qaydasan?

Bu balki sheriyatdagi bir burilishdir…

Ustoz turtliklarining ustunlari Quroni Karim va Hadisi Sharifdir. Turtliklar suyangan bu ustunlar yikilmas ustunlardir. Biz ham domla sherlari- ning yiqilmasligini, balki boqiy misralar bulib kolishini umid qilamiz.

«Munojot»ning yakuniy turtligi esa mana bunday:

Robbim!

Suyib, suymoqlikka kuchim etmaydi, Kalomingdan ortiq echim ketmaydi. Iblis ishvasidan iymonim asra, Mahshar maqomida uchim utmaydi.

Savod va topshiriqdar:

  1. Berilgan talqin yordamida Muganniy turtliklari haqida mulohaza yuriting.
  2. Turtliklar talqini sizga maqulmi? Siz qanday talqin qilgan bulardingiz?
  3. Muganniy turtliklaridan namunalar yod oling.

[1] Muganniy turtliklari talqiniga bagishlangan ushbu maqola ushlik yosh shoir Rakhimjon Alijonov qalamiga mansub.

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …