Главная / Jamiyat / Lehqon suv talashib mirobni pichoqlab uldirganlikda ayblanmoqda

Lehqon suv talashib mirobni pichoqlab uldirganlikda ayblanmoqda

Namangan viloyat, Kosonsoy tumanida piyoziga suv ololmagan dehqon hududning katta mirobi bilan janjallashib, uni 9 iyulga utar kechasi dalasi boshida “pichoqlab uldirgani” tugrisida Ozodlikka kelgan khabarni tasdiqlagan Kosonsoy tuman ichki ishlar bulimi mulozimi, qotillikda gumonlangan shakhs hibsga olingani va uning ustidan jinoyat ishi quzgatilganini bildirdi.

Dehqonlarning aytishicha, Kosonsoy tumanida sugorish uchun suv taqchil bulgani sabab, miroblar aholi tomorqasiga suvni kam berib, asosiy suvni pakhtaga bermoqda.

e3b8159d-fa8f-4ff6-bbca-7ace91fb75f5_w1023_r1_s

Kosonsoy tumanining Bomraha hududida piyoz etishtirayotgan dehqon Murod Qorakhonov 9 iyulga utar kechasi uning eriga suv bermagan tuman suvdan foydlanuvchilar uyushmasi raisi Ilhom Qirgizovni “pichoqlab uldirgani” tugrisida Ozodlikka khabar bergan voqea guvohlaridan birining aytishicha, janjal suv ustida chiqqan:

“Murod piyoz ekkan edi, lekin anchadan buyon piyoziga suv ololmay katta mirob Ilhom Qirgizov bilan janjallashib yurardi. Shu kunlarda havo juda isib, piyozlar qurib qolayozgandi. 8 iyul kechasi ham piyozini sugorgani chiqqan, lekin usha hududda bulgan Ilhom Qirgizov rukhsat bermagan. Urtada janjal chiqib, Murod mirobni pichoqlab quygan. Ilhom Qirgizov usha joyning uzida halok bulgan”, dedi voqea bulgan joyga borgan kosonsoylik dehqonlardan biri.

Kosonsoy tuman ichki ishlar bulimining uzini tanishtirmagan mulozimi shunday voqea bulganini tasdiqladi:

“Hozir Ilhom Qirgizovni uldirganlikda gumonlanib, Kosonsoy shahrida yashovchi Murod Qorakhonov hibsga olingan. Unga nisbatan Uzbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam uldirish) bilan jinoyat ishi quzgatilgan. Tergov tafsilotlari oshkor qilinmaydi”, dedi Ozodlik bilan 11 iyul kuni gaplashgan ichki ishlar bulimi mulozimi.

Kosonsoy tuman hokimligining ismi sir qolishini suragan mulozimlaridan birining aytishicha, suv tanqisligi shu kabi janjallarning kupayishiga sabab bulmoqda:

“Bizning hududlarni malovodniy deyishadi, yani yoz paytida suv taqchil buladi. Ekinlarni suv omborlaridan oladigan suv bilan sugoramiz. Ijaraga olgan erlariga ekin ekkan dehqonlarga, haqiqatan, qiyin buladi. Chunki, suvni birinchi navbatda pakhtaga beramiz. Undan ortib qolsagina, keyin dehqonlarga beriladi. Bu yil yoz juda issiq kelib, suvga talab kupaydi. Dehqonlarni ham tushunamiz, lekin pakhta bu – siyosat, birinchi urinda pakhta suv ichishi kerak”, dedi hokimlik mulozimi.

Uzbekistonda bu yil yozning rekord darajada issiq kelgani bois, suv taqchilligi Uzbekistonning boshqa viloyatlarida ham kuzatilmoqda.

Ozodlik olgan khabarlarga kura, Surkhondaryo, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida pakhta va boglarni sugorishga suv etmagan.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi fermerlar ham dalasiga suv etib bormagani uchun bugdoy rejasini bajara olmagani va buning oqibatida tuman IIB boshligi fermerlarni muntazam kaltaklagani haqida Ozodlik khabar bergan edi.

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …