Главная / Madaniyat / «Kuz oldimda vafot etgandim». Aktrisa Khosiyat Husanova mudhish avtohalokatga uchrab, tirik qolgani haqida gapirib berdi (video)

«Kuz oldimda vafot etgandim». Aktrisa Khosiyat Husanova mudhish avtohalokatga uchrab, tirik qolgani haqida gapirib berdi (video)

Taniqli kino va teatr aktrisasi, Uzbekistonda khizmat kursatgan artist Khosiyat Husanova UzReport telekanalining «Uylarim» kursatuviga bergan intervyusida 13 yil avval mudhish avtohalokatga uchrab, omon qolgani haqida suzlab berdi.

Foto: YouTube skrinshot

«2008 yil ayni gullab kelayotgan davrim, unvon olishga nomzodim quyilayotgan payt edi. May oyida uyimning oldida, Mevazorda avtohalokatga uchradim. Ushanda juda qattiq avariya bulib, uzimning kuz oldimda uzim uldim. Damas avtomashinasi Nexia‘ga urilib, undan qochib, darakhtzorga kirib ketdik va katta chinor darakhtiga aynan men utirgan joy tegganidan sung Damas yigilib qolgan. Men usha paytda yulidan tukhtab, bizga yordam bergan haydovchilarni haligacha duo qilaman. Ularni kurmaganman, tanimayman, ammo ovozini eshitganman.

…Urtada qorongilik, bitta kadr yuq. Shundan keyin menga kimningdir juda uzoqdan qattiq ingrayotgani eshitildi. Qorongilikda usha ingrayotgan odamga yordam berishga shoshilyapman, uni qidiryapman, qidiryapman, ammo hammayoq qorongi bulgani uchun topolmayapman. Keyin ovoz menga sekin-sekin yaqinlashdi. Okhiri ovoz uzimning ovozim ekanligini bildim. Kuzimni ochsam, haydovchilar menga qarab yugurib kelayotgan ekan. Nafas olaman desam, mashinaga qisilib qolgan ekanman. Nafas ololmasdan, usha erda ulib qoldim, rostdan uldim. Chunki odam bir, ikki daqiqa nafas olmasa, uladi-ku, tugrimi?!

Keyinroq aytib berishlaricha, usha payt Damas’ni kupchilik bulib sindirib, ochishgan. Kup erkaklaring kuchi kuch ekan-da. Belimdan tepasi qisilib qolgani uchun kupchilik bulib meni mashina ichidan tortib olishgan. Ularning yordami bilan nafas ola boshlaganman. Sungra meni qaysidir mashinaga solishib, zudlik bilan 16-gorbolnisa (Toshkent shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi – tahr.)ga etkazishgan. U erdagilar sanatkorligimni kurib, darhol yordam kursatishgan», deydi aktrisa.

 

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …