Главная / Jamiyat / Qushni davlatlardan uqishni kuchirishga oid eng kup suralayotgan savollarga javoblar – vazirlik vakili bilan suhbat

Qushni davlatlardan uqishni kuchirishga oid eng kup suralayotgan savollarga javoblar – vazirlik vakili bilan suhbat

Oliy va urta makhsus talim vazirligi Uzbekiston fuqarolarining uqishlarini qushni davlatlardan Uzbekistonga kuchirish masalalarida qushni respublikalar OTMlari tomonidan turli bahonalar bilan tusiqlar quyilishi notugriligini aytdi.

Shu yilning 7 fevralidan qushni respublikalarda uqiyotgan uzbekistonlik talabalar uqishini mahalliy OTMlarga kuchirish buyicha arizalar qabuli boshlangan edi.

Talabgorlar va ularning ota-onalaridan kelib tushgan kuplab murojaatlarni inobatga olgan holda, bu muddat 15 martgacha uzaytirildi.

Hukumat taqdim etgan bu imkoniyat qushni davlatlarda uqiyotgan kuplab uzbek talabalari tomonidan khursandchilik bilan qabul qilindi. Chunki fuqarolar uqishini uzi yashab turgan hududiga kuchirish orqali chet elda uqish qiyinchiliklari, yul kharajatlari va boshqa shunga ukhshash turli ovoragarchiliklardan khalos bulishadi. Ammo bugungi kunga kelib, uqishini Uzbekistonga kuchirish istagidagi talabalar ayrim muammolarga duch kelmoqdaki, vaziyat Oliy va urta makhsus talim hamda Tashqi ishlar vazirliklaridan jiddiy urganishlarni talab qilmoqda.

Gap shundaki, Qozogiston va Qirgiziston Respublikalaridagi ayrim OTMlar uzbekistonlik talabalarga uqishlarini kuchirish uchun zarur hujjatlarni bermayapti yoki buning uchun turli bahonalarni keltirgan holda yarim yillik kontrakt puli talab qilishmoqda.

Biz masala yuzasidan Oliy va urta makhsus talim vazirligi bosh mutakhassisi Abdusamat Mamanazarov bilan intervyu tashkil qildik.

– Eshitishimizcha, Qozogiston va Qirgizistondagi ayrim OAV Uzbekiston tomoni uz talabalari uqishini majburiy tarzda kuchirayotgani haqida yozmoqda. Shuningdek, Uzbekiston fuqarolarining ayrimlarida bu kabi fikrlar bor.

– Tugri aytdingiz, qushni davlat ommaviy akhborot vositalarida shunday fikrlar ham bildirilmoqda. Albatta, bu fikr notugri.

Bundan birinchi navbatda qushni davlatdagi OTM berayotgan talimdan qoniqmagan talabalarga uqishini Uzbekistonga kuchirishi uchun imkoniyat berish maqsadi kuzlangan.

Qushni davlatlarning nufuzli universitetlarida uqiyotgan va usha muassasa berayotgan bilimdan qoniqqan talabalar uqishlarini bemalol davom ettirishlari mumkin.

Qaytaraman, bu majburiyat emas, imkoniyat.

– Qozogiston va Qirgiziston Respublikalaridagi ayrim OTMlar uzbekistonlik talabalarga uqishlarini kuchirish uchun zarur hujjatlarni bermayotgani yoki buning uchun turli bahonalarni keltirgan holda yarim yillik kontrakt puli talab qilishayotgani aytilyapti.

Khush, huquqiy jihatdan bu kabi talablar qanchalik asosga ega va agar talab asosli bulmasa, fuqarolarimiz huquqlarini qanday himoya qilishi kerak?


Abdusamat Mamanazarov

– Siz aytayotgan holatlarni inobatga olganmiz. Fuqarolarimiz uqishini kuchirish buyicha hujjatlarni olish uchun qushni davlatlardagi elchikhonalarga murojaat qilishlari lozim. Hozir bu masala echimi buyicha harakatlar boshlangan. Masala tezda echimini topadi.

– Eshitishimizga qaraganda, talabalar ikki vazirlikka ham hujjat olishda yordam surab qungiroq qilgan, ammo javob ololmagan holatlar ham uchramoqda. Nega sizlar tomoningizdan bu kabi elementar masalalarda ham kamchiliklar kuzatilmoqda?

– Oliy va urta makhsus talim vazirligida aynan uqishni Uzbekistonga kuchirish masalalarida buladigan murojaatlar uchun makhsus ishonch telefoni tashkil qilingan. Unga kura, fuqarolar (+998 71) 246-38-57 telefon raqamiga qungiroq qilib, bizning shu soha buyicha makhsus mutakhassislarimizdan tegishli javoblarni olishlari mumkin. Bu aloqa raqami belgilangan vaqtda tukhtovsiz ishlab turibdi.

Agar boglanishda ayrim muammolar kuzatilayotgan bulsa, bu murojaatlarning usha vaqtda kupayib ketgani bilan bogliq bulishi mumkin.

Men imkoniyatdan foydalanib yana bir malumotni fuqarolarimizga etkazmoqchiman.

Talaba har doim tahsil olgan muddatigagina kontrakt tulovini tulaydi. Bu tartib boshqa davlatlardagi oliy talim muassasalari uchun ham amal qiladi. Hozirda talabalardan uqishimizni kuchirib kelsak, qancha muddatga kontrakt tulaymiz, mazmunidagi savollar kup bulmoqda.

Shuni alohida takidlamoqchi edimki, talabalar uqishni kuchirish uchun hech qanday ortiqcha tulovni amalga oshirmaydi. U uqishga kelgan paytdagi yangi semestr uchungina tulov qiladi.

Qushni davlatdagi fuqaromizdan hujjati uchun pul surash ayrim shakhslar tomonidan uyushtirilayotgan bulishi mumkin.

Oliy va urta makhsus talim vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi urtasida telefon orqali hamda khat almashinuvlari orqali muloqotlar bulib turibdi.

Vazirlik vakillari qushni davlatlardagi elchikhonalar bilan boglanishdi. Hozirda yuzaga kelgan vaziyat buyicha kelishuvlarni amalga oshirish buyicha ishlanmoqda.

– Kerakli hujjatlarni qushni davlatdagi OTMdan olgan talabalar Uzbekistondagi talim muassasalariga topshirmoqda. Ammo eshitishimizcha, ayrim paytlarda talabaning yashash hududidagi universitet qabul tulgani sababi bilan talabaning hujjatini qabul qilmayotgan ekan.

– Bu erda fuqaro avvalo qushni davlatda uqigan mutakhassisligiga mos yunalishga qabul qilinadi. Shuningdek, ularning uqishlarini asosan kechki va sirtqi talimga kuchirish belgilangan.

Agar fuqaroning uz hududidagi talim muassasasida usha mutakhassislik buyicha yunalishlar bulmasa, unda talaba boshqa turdosh yunalishlarga tavsiya etiladi.

Agar usha hududda turdosh yunalishlar ham topilmasa, unda talabaga qushni hududlarga hujjatlarini topshirish tavsiya etiladi. Bunda fuqaroga yaqin bulgan boshqa hududlar tanlanadi.

– Uqishini kuchirayotgan talabalar nega Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi universitetlarga qabul qilinmayapti? Akhir respublikadagi eng kup OTMlar Toshkent shahrida joylashgan-ku.

– Tugri aytdingiz, Toshkentda OTMlar juda kup. Bu tizimning hududlar kesimida olingani esa fuqarolardan arizalar qabul qilish jarayonidagi navbatlarni keskin oshib ketishini oldini olish bilan bogliq. Bunda taqsimotni tugri qilib, navbat yukini boshqa hududlarga ham bulish reja qilingan.

Biz hujjat qabuli buyicha kunlik malumotlarni tahlil qilib boryapmiz. Bu jarayonda kutganimizdek, eng kup navbat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kuzatilmoqda.

Agar biz hujjat qabul qilishni hududlarga ham teng bulish tizimini qilmaganimizda edi, bu navbatlar bir necha un barobar oshib, qilgan ishimiz uzining salbiy natijasini berishi mumkin edi.

– Qushni davlatlardan uqishini kuchirayotgan fuqarolarning kupchiligi qushni davlat talim muassasasida birinchi kurs talabalari ekan. Ular uqishini kuchirish masalasi qanday hal qilinadi, chunki ularning kupchiligi hali birinchi semestrni yopishga ham ulgurmagan.

Khush, ular birinchi semestrni yopmasdan ham uqishlarini kuchirishi mumkinmi?

– Talabalarning uqishini kuchirish masalalari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-sonli Qaroriga asosan amalga oshiriladi. Shu qaror asosida “Oliy talim muassasalari talabalarining uqishlarini kuchirish va qayta tiklash tartibini belgilash tugrisida”gi nizom tasdiqlangan.

Mazkur nizomda birinchi kursning birinchi semestri tuliq yakunlanmagan holatda talabalarning uqishini kuchirishga yul quyilmasligi belgilangan.

Shu nuqtayi nazardan talabalardan talab qilinadigan jihat – birinchi kursning birinchi semestrini muvaffaqiyatli tamomlash hisoblanadi.

Bizga shuningdek, qaysi hujjatlarni topshirish borasida ham kuplab murojaatlar bulmoqda.

Biz bu savolga uz javobimizni berdik va yana qaytaramanki, qushni davlat OTMdan 3ta asosiy hujjatlarni olish kerak.

Bular – belgilangan shakldagi malumotnoma, reyting daftarchasidan nuskha va transkript. Biz endilikda qulaylik uchun elon qilingan uchta hujjatdan bittasi bulsa ham talabalarni qabul qilyapmiz.

Яна маълумот

KgnbIrJHVQVn3UM-bvT09b_d6I0v9LRi

Inglizchani biladigan malimlar chiqyapti, lekin dars berishni bilmaydi” – IELTS’dan 12 yildan beri dars berayotgan pedagog bilan suhbat

“Ingliz tilini urganish men uchun emas ekan”. “Har doim yangidan boshlayman va yana tashlab quyaman”. …