Главная / Madaniyat / Quron tilovatiga quloq solish

Quron tilovatiga quloq solish

kuronQuroni karim tilovat qilinganda har bir mumin banda unga quloq solib, jim turishi lozim. Chunki, Alloh taolo bizlarga shunday amr qilgan:

“Qachon Quron tilovat qilinsa, unga quloq tutingiz va jim turingiz. Shoyad (Alloh tarafdan) rahmatga sazovor bulsangiz” (Arof, 204).

Ushbu oyatga kura, Quron uqilganda, har bir mumin-musulmon banda jim turib Quronga quloq solishi, uni tinglashi lozim. Quron uqilayotganda turib ketish, yurish yoki biron ish bilan mashgul bulish mumkin emas. Quron tinglashdan murod uni tushunish. Ish bilan band odam khayoli ishda bulib, uqilayotgan oyatlarni fahmlamaydi. Bu Quronga bulgan hurmatsizlikdir. Quron uqish va eshitish uchun alohida tayyorgarlik va etibor talab qilinadi. Zero bu oddiy kalom emas, olamlar Parvardigorining suzidir. Ushbu oyatdan kelib chiqib hanafiy ulamolar namozkhon imom ortida turganda uning qiroatiga quloq soladi, tilovat qilmaydi, deb aytishgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “ – Qachon Quron tilovat qilinsa, unga quloq tutingiz va jim turingiz – oyati namozda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ortlarida turib ovoz chiqarish haqida nozil bulgan” (Ibn Jarir, Ibn Abu Hotim, Abu Shaykh va Ibn Mardavayh rivoyati). Mujohid aytadi: “Ikki holatda: namozda imom qiroat qilayotganida va juma kuni imom khutba uqiyotganida jim turish vojib” (Ibn Jarir, Abdurazzoq va Abd ibn Humayd rivoyati). Kunlarning birida bir guruh jinlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan Quron tilovatini eshitdilar. Bu haqda oyatda khabar berilgan. Alloh taolo aytadi:

“(Ey Muhammad,) eslang, Biz Sizning oldingizga bir guruh jinlarni Quron tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas, qachonki ular (Quron tilovatiga) hozir bulishgach, (bir-birlariga): “Jim turinglar”, dedilar. Endi qachonki (tilovat) tugatilgach, ular uz qavmlariga ogohlantiruvchi bulgan hollarida qaytib ketdilar. Ular: “Ey qavmimiz, darhaqiqat, bizlar Musodan keyin nozil qilingan, uzidan oldingi (Ilohiy Kitob)larni tasdiq qiluvchi, Haq (Din)ga va tugri yulga hidoyat qiladigan bir Kitob – Quronni tingladik. Ey qavmimiz, Allohga davat qiluvchi Muhammad (davati)ni qabul qilinglar va unga imon keltiringlar. (Shunda Alloh) gunohlaringizni magfirat qiladi va sizlarga alamli azobdan panoh beradi”, dedilar” (Ahqof, 29-31).

Ushbu oyatlarda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Quron uqiyotganlarida Alloh taolo bir guruh jinlarni u zot huzurlariga yuborgani, ular Quron eshitishganidan sung uz qavmlarini kufr, shirk va boshqa gunohlardan qaytarish uchun junab ketganlari hikoya qilinmoqda.
Ibn Abbos roziyallohu anhu bu oyatlar haqida shunday degan: “Ular nasiybinlik un tuqqiz nafar jin edi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularni uz qavmiga elchi qilganlar” (Ibn Jarir, Tabaroniy va Ibn Mardavayh rivoyati). Yana Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: “Jinlar Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlariga ikki marta junatilgan. Jinlarning eng sharaflilari nasiybinlik edi” (Tabaroniy va Ibn Mardavayh rivoyati).
Shu manoda Jin surasida ham oyatlar bor:

“(Ey Muhammad,) ayting: “Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir guruhi (mening Quron tilovat qilganimni) eshitib, (uz qavmlariga qaytib borishgach,) “albatta biz haq yulga hidoyat qiladigan bir ajib Quronni eshitdik va darhol unga imon keltirdik.Biz (endi) Parvardigorimizga biron narsani hargiz sherik qilmaymiz!” dedilar” (Jin, 1-2).

Aksar mufassirlar takidlashicha, ushanda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jinlarni kurmasalar-da, vahiy orqali ular Quron eshitayotganlarini bilganlar. Alloh taolo muminlar sifatlarini quyidagicha keltiradi:

“Haqiqiy muminlar faqat Alloh (nomi) zikr qilingan vaqtda qalblariga qurqinch tushadigan, Uning oyatlari tilovat qilinganda imonlari ziyoda buladigan va yolgiz Parvardigorlarigagina suyanadigan kishilardir” (Anfol, 2).

Ushbu oyatda haqiqiy imon belgilari zikr qilinmoqda. Haqiqiy muminlar Alloh nomi, U Zotning amr va qaytariqlari eslatilganida qalblariga qurquv tushadi, sergak tortadilar, gaflat botqogidan chiqib, toat sari yuradilar. Allohning oyatlari zikr qilinganida ularning imonlari ziyoda buladi, qalblari khotirjam buladi. Bunday zotlar faqat Allohga tavakkul qiladilar, Undan panoh suraydilar, U Zotdan uzgasidan umid qilmaydilar. Boshqa oyati karimada Rahmonning suyukli bandalari quyidagicha vasf qilinadi:

“Ularga Parvardigorlarining oyatlari eslatilgan vaqtida u (oyatlarga) kur va kar hollarida tashlanmaydilar, (balki ularni anglab-bilib amal qiladigan) kishilardir” (Furqon, 73).

Haqiqiy muminlar mushriklarga ukhshab uzlari anglamagan, sokhta narsalarga yopishib olmaydilar, balki ularga Alloh taoloning oyatlari eslatilganida, uni yakhshilab eshitadilar, anglab-tushunadilar va sungra amal qiladilar. Quoni karimni tilovat qilish ham, unga quloq tutish ham ibodatdir. Bu haqida rivoyatlar kelgan.

عَنْ زَيْدِ بن أَرْقَمَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ اللهَ عَزَّ وَجَلَّ يُحِبُّ الصَّمْتَ عِنْدَ ثَلاَثٍ: عِنْدَ تِلاوَةِ الْقُرْآنِ وَعِنْدَ الزَّحْفِ وَعِنْدَ الْجِنَازَةِ. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ فِي الْكَبِيرِ وَسَنَدُهُ ضَعِيفٌ.

       Zayd ibn Arqam roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Alloh azza va jalla uch (holat)da – Quron tilovatida, urushda va janozada jim turishni yakhshi kuradi” (Tabaroniy “Kabiyr”da rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi zaif[1]). Ushbu rivoyatda Alloh bandalar jim turishlarini yakhshi kuradigan uch khil holat haqida suz ketmoqda. Tilni behuda suzlardan tiyish har bir mumin-musulmondan talab qilinadi. Ammo uch khil vaziyatda gapirmasdan jim turish Allohga khush keladigan ishlardandir:

1. Quron uqilganda jim turish. Bu holatda jim turishdan murod quyidigilar:

  • Quron Allohning Kalomi. Allohning Kalomiga alohida etibor bilan qarash lozim;
  • Jim turib eshitish orqali Quron oyatlarini tushunish, ularni tadabbur qilish mumkin;
  • Quronni etibor bilan tinglash orqali banda ulug ajr-savobga erishadi.

2. Dushman bilan yuzma-yuz kelganda jim turish. Jangda sukut saqlash orqali raqiblar qalbiga qurquv va vahima solinadi. Jim turish kishini viqorli, salobatli qiladi. Shu sabab Nabiy sollallohu alayhi va sallam janglarda ovoz chiqarishni yoqtirmas edilar.

3. Janozada jim turish. Janozani yuvayotganda, uni kutarganda va dafn qilayotganda sukut saqlash maqul ishlardandir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam janozada eng kup sukut saqlaydigan, uz nafslariga eng kup khitob qiladigan zot edilar.

Bu erda dunyoga taalluqli yoki behuda gaplar khususida suz bormoqda. Ammo janozada Allohni zikr qilish va mayyit haqiga duo qilish afzal.

وَعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ اسْتَمَعَ إِلَى آيَةٍ مِنْ كِتَابِ اللهِ تَعَالَى كُتِبَ لَهُ حَسَنَةٌ مُضَاعَفَةٌ وَمَنْ تَلاَهَا كَانَتْ لَهُ نُورًا يَوْمَ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ أَحْمَدُ فِي الْمُسْنَدِ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي شُعَبِ الإِيْمَانِ وَسَنَدُهُ ضَعِيفٌ.

      Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kim Alloh taoloning Kitobidan bir oyatga quloq tutsa, unga ikki barobar hasana (yakhshilik, savob) buladi. Kimki uni tilovat qilsa, qiyomat kuni uning uchun (yulini yoritguvchi) nur buladi” (Ahmad “Musnad”da va Bayhaqiy “Shuabul iymon”da rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi zaif[2]).
Ushbu rivoyatda Quronni uqish va tinglash fazilati haqida suz bormoqda.
Kim Quronning bir oyatini eshitsa, uni tushunishga harakat qilsa, u bandaga ajr-savob kupaytirib yoziladi. Kim Quronni uqisa, okhirat kuni nurga ega buladi. Usha nur yordamida u zulmatlardan salomat buladi, qorongida adashib, sarson-sargardon bulmaydi. “Fayzul-qodiyr” kitobida aytilishicha, ushbu hadisda riyodan uzoq bulish sharti bilan Quronni ovoz chiqarib uqish afzalligiga ishora bor.

وَعَنْ خَالِدِ بْنِ مَعْدَانَ قَالَ: إِنَّ الَّذِى يَقْرَأُ الْقُرْآنَ لَهُ أَجْرٌ وَإِنَّ الَّذِى يَسْتَمِعُ لَهُ أَجْرَانِ. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ.

Kholid ibn Madondan rivoyat qilinadi: “Quronni uquvchiga bitta ajr, uni eshituvchiga ikkita ajr buladi” (Dorimiy rivoyati).
Demak, Quron uqish bilan birga uni eshitishga ham ragbat qilish kerak. Zero Quronni ovoz chiqarib uqish yoki uzgalardan eshitish orqali uning qalbimizga tasiri ortadi. Bu bilan Quronni tushunishga harakat qilamiz va qiroatimizda bazi kamchiliklar bulsa, tugrilab olishga muvaffaq bulamiz. Bejizga Quron uquvchiga bitta, eshituvchiga ikkita savob berilmaydi. Buning tagida hikmat kup.

“Quron qalblar shifosi” kitobidan

[1] Ahmad: “Bu rivoyat sanadi sahih emas”, degan. Ibn Hajar: “Bu rivoyat sanadida ismi aytilmagan roviy bor, boshqasi majhul”, deb aytgan.
Ushbu rivoyatni Zayd ibn Arqamdan bir kishi rivoyat qilgan. Ismi aytilmagan roviy deyilganda usha “bir kishi” nazarda tutilmoqda.
[2]
Hadis sanadida zaiflik va uzilish bor. Bu rivoyat sanadida Ubod ibn Maysara bor. Ahmad va boshqalar uning zaifligini aytishgan. Ibn Maiyn bir joyda uni ishonchli, degan, boshqa joyda zaif ekanini aytgan. Ibn Hibbon Ubod ibn Maysarani ishonchli, deb hisoblagan.

 

Яна маълумот

pogudx662lujp78dq

Tugilgan kun tabrikotlari 2023

Qisqa, uzoq, ikhcham, rasmli tugilgan kun khabari va eng yakhshi tabrik suzlari Tugilgan kun muhim …