Главная / Siyosat / Kunduzi chiroq yoqib: nega yul harakati qoidalari buyicha bunday qarorga kelindi?
<

Kunduzi chiroq yoqib: nega yul harakati qoidalari buyicha bunday qarorga kelindi?

Kun.uz mukhbiri Ichki ishlar vazirligi IIV Yul harakati khavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot khizmati boshligi Akmal Yunusov va bosh boshqarma qoshidagi Jamoatchilik kengashi kotibi Mansur Rikhsiev bilan yul harakati qoidalariga kiritilgan uzgarishlar, yul chetidagi radar, mulyajlarning nechogli samaradorligi va jarima yozishdagi khatoliklar tugrisida suhbatlashdi.

IIV YHKh BB vakillari kunduzgi vaqtda avtomobil chiroqlarini yoqib yurish qoidasi tugrisida izoh berishdi.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

«Bu borada, avvalo, ilgor khorijiy davlatlar tajribasi urganildi. 2016 yil 1 martdan kuchga kirgan yul harakati qoidalarida avtobus va mikroavtobuslar, yulovchi tashish faoliyati bilan shugullanuvchi transport vositalariga kunduzgi vaqtda ham yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurish majburiy qilib belgilangandi.

Keyinchalik, tahlillar va uzgarishlarga asoslangan holda barcha transport vositalari kunduzi yaqinni yorituvchi va kunduzgi signal chiroqlarini yoqib yurishi zarurligi tugrisidagi qarorga kelindi.
Jahon tajribasida chiroqlarni yoqib yurish yul-transport hodisalarining oldini olishda ijobiy tasirini kursatishi isbotlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan iqlim masalasiga tukhtaladigan bulsak, bu holatda iqlimiy sharoitlarning hech qanday ahamiyati yuq.

Chiroqni yoqib kelayotgan transport vositasini piyoda buladimi, boshqa haydovchilar buladimi, uzoq masofadan ilgaydi, hushyor buladi. Shu maqsadda ham bu qoida joriy etilyapti. Uylaymizki, bu uz natijasini beradi va yul-transport hodisalarining oldini olishga khizmat qiladi», deydi IIV YHKh BB matbuot khizmati boshligi Akmal Yunusov.

IIV YHKh BB qoshidagi Jamoatchilik kengashi kotibi Mansur Rikhsiev esa ushbu qoida yuzasidan shunday fikr bildirdi:

«Yul harakati qoidalariga uzgartirish kiritish tugrisida»gi 292-sonli qaror chiqqach, kunduz payti avtomobil old chirogini yoqib yurish masalasida kuplab murojaatlar bulyapti. Quyoshli yoz kunlarida bu motorning qizib ketishiga sabab bulishidan khavotirlanayotganlarga aytishim mumkinki, hozirgi avtomobillarda buning barcha jihatlari hisobga olingan.

Masalan, mamlakatimizdan ham issiqroq iqlim sharoitiga ega davlatlarda transport vositalari kunduz payti chiroq yoqib yuradi. Old tomonga qarab harakatlanayotgan avtomobil haydovchisi yon tomondan chirogini yoqib kelayotgan transport vositasini kuz qiri bilan ham ilgay oladi.

Bularning barchasi khavfsizlik uchun. Jahon tajribasida ushbu amaliyot orqali yul-transport hodisalari 15%gacha kamayishiga erishilgan. Uzbekiston hududida yiliga 9 mingga yaqin yul-transport hodisasi qayd etilgan bulsa, uning 15%gacha kamayishi sezilarli raqamni keltirib chiqaradi. Raqamlar ortida esa insonlar hayoti turadi».

Yul harakati qoidalari borasidagi uzgarishlar tugrisida Uzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yul harakati khavfsizligi bosh boshqarmasi vakillari bilan suhbatning tuliq shaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

О нас

Яна маълумот

VkJrM3E1SSWRTvMBydDG4D9SFsS5zO5W

«Hududingda kimdir vafot etsa, tobutini kutar, shunda hurmat qilishadi» – Almatov ichki ishlar organi khodimlarining urni haqida gapirdi

Kun.uz sizni qiziqtirgan mavzularda suhbatlar uyushtirishda davom etadi. Bu galgi suhbatdoshimiz Uzbekistonning eng taniqli insonlaridan …